Tasdiqlayman” Termiz davlat universiteti o`quv ishlari bo`yicha prorektor R. To‘rayev “ ” 2022 yil


O’quvchilar inshosini tahlil qilish



Download 223.36 Kb.
Page29/50
Date17.10.2023
Size223.36 Kb.
#62335
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
“Tasdiqlayman” Termiz davlat universiteti o`quv ishlari bo`yicha-fayllar.org
126. O’quvchilar inshosini tahlil qilish.
Tayanch so’z va iboralar: mavzuni yozish, reja, kompozitsiya, izchillik, janri, uslubi, insho hajmi, leksika, sintaksis, imloviy va punktuatsion savodxonlik, husnixat.
O’quvchilar inshosini tahlil qilish
Nutq o’stirish metodikasida o’quvchilar inshosi uchun baho me’yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi.

O’quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:


1. Insho mavzusining yoritilishi (Mazmun mavzuga mosmi, ya’ni yetarli yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?).
2. Reja, kompozitsiya, izchillik (reja to’g’ri tuzilganmi, materialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo’qmi, zarur o’rinlar tushib qolmaganmi, izchillik buzilmaganmi, asosiy fikr aniqmi, xulosa chiqarilganmi?).
3. Janri, uslubi (hikoya tarzidagi matnda tasviriy va muhokama elementlari bormi, uslubda xatoga yo’l qo’yilmaganmi, insho mavzusi va vaziyatni yoritish vazifasini janr va uslub oqlay oladimi, badiiylik elementlari bormi?).
4. Insho hajmi (so’z, gap soni; lakonizm yoki ko’p so’zlilik).
O’quvchilar inshosiga qo’yilgan bunday talablar uni baholashda real yondashishga imkon beradi.


127. Ijodiy qayta hikoya qilish va bayon.
Tayanch so’z va iboralar: shaxsni o’zgartirish, boshqa personaj tilidan qayta hikoya qilish, ijodiy to’ldirib qayta hikoya qilish, so’z bilan tasvirlash yoki, sahnalashtirish.
Metodikada ijodiy qayta hikoyalashning bir necha turi ajratiladi. Boshlang’ich sinflarda ijodiy qayta hikoyalashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. SHaxsini o’zgartirib qayta hikoyalash va bayon. Boshlang’ich sinflarda I shaxs tilidan berilgan hikoyani III shaxs tilidan qayta hikoya qilishdan ko’proq foydalaniladi, ijodiy qayta hikoyalashning bu turida o’quvchilar hikoyadagi gaplarni qayta tuzadilar. Masalan, I shaxs tilidan berilgan matnni o’quvchilar III shaxs tilidan qayta hikoya qilishlari uchun o’qituvchi rahbarligida gapning kesimini o’zgartiradilar, unga mos ravishda gapning o’zini qayta tuzadilar; hikoya qiluvchi shaxsning nomini va u yoki ular so’zini ishlatadilar. Shaxsini o’zgartirib qayta hikoyalash va bayon yozish o’qish darslarida olib borilgan bunday og’zaki tayyorgarlikning davomi sifatida o’tkaziladi.

Download 223.36 Kb.

Share with your friends:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page