Gen muhandisligi tadqiqot obyektlari. Gen muhandisligining tadqiqot obyektlari viruslar, bakteriyalar, zamburug'lar, hayvon va o'simliklarning hujayralaridir. Tadqiqot obyektlariga qarab genetik injeneriya: gen muhandisligi, xromosoma muhandisligi, hujayra muhandisligi kabi yo'nalishlarni o'z ichiga oladi. Tirik tuzilmalarning DNK molekulalari hujayraning boshqa moddalaridan tozalab olingach, ular orasidagi moddiy farq yo'qoladi. Har qanday manbadan ajratilib, tozalangan DNK molekulasi enzimlar vositasida spetsifik bo'laklarga parchalanishi va qaytadan bu bo'laklar ulovchi enzim vositasida ehtiyojga mos ravishda ulanishi mumkin. Hozirgi zamon genetik injeneriyasi usullari vositasida probirkada har qanday DNK molekulasi bo'lagini aynan ko'paytirish yoki DNK zanjiridagi xohlagan nukleotidni boshqasi bilan almashtirish mumkin. Albatta, bu qadar yuksak yutuqlarga irsiyat qonuniyatlarini izchillik bilan tadqiq etish natijasida erishildi.Yuksak darajadagi bu texnologiya hozirgi zamon biologiya fanining istiqbolli sohalaridan biridir.
Irsiyatning moddiy asoslarini o'rganish tarixi. Buyuk fransuz olimi Lui Paster bakteriyalarning xilma-xilligini, ularda irsiyat mavjudligini va xususiyatlarining irsiyatga to'la bog'liqligini bakteriyalarni klonlash usuli bilan ilk bor ko'rsatib berdi.
1952-yil Joshua va Ester Lederberglar bakteriyalarda genlar mutatsiyasining o'z-o'zidan sodir bo'lishini bakteriya koloniyalaridan nusxa (replika) ko'chirish usulini qo'llash vositasida isbot qilib berdi. Bu olimlar mutant hujayralarni replika ko'chirish usuli bilan ajratib olishni ishlab chiqdilar.
Bir turga mansub bo'lgan, lekin ayrim genlari bilan bir-biridan farqlanuvchi bakteriya hujayralari alohida shtamm deb ataladi. Genetik xususiyatlarini hisobga olib shtammlarga nom beriladi. Masalan, «lac» (lak, minus) shtammda laktozani parchalovchi genning faoliyati u mazkur fermentning noaktiv, ya'ni mutant formasini sintez qiladi. Har qanday shtammga oid mutatsiya oqibatida o'zgarib, bir dona bakteriya bo'linib ko'payishi natijasida hosil bo'lgan hujayralar to'plami mazkur shtammning kloni deb ataladi. Bir klon tarkibiga kiruvchi bakteriya hujayralarning irsiyati bir xildir.
1915-yilda Tuort va D'Errel faglarning zararlangan bakteriyalar ichida o'z-o'zidan ko'payib, ularni oldirishi mumkinligini isbotladilar. Mikrobio- loglar faglardan xavfli infeksion kasallik qo'zg'atuvchi mikroblarga qarshifoydalanishni umid qilgan edilar. Lekin biz yuqorida ko'rganimizdek bakteriyalar o'z-o'zidan spontan ravishda hosil bo'ladigan mutatsiyalar tufayli faglarga chidamlilik xossasiga ega bo'ladilar. Bu mutatsiyaning naslga berilishi bakteriyani fag tomonidan batamom qirilib ketishidan saqlaydi.
1950-1970-yillarda DNKning qo'sh zanjir ekanligi, DNKning ma'lum qismini kesuvchi restriktaza fermenti, genetik kod va uning oqsilni sintez qilishdagi ahamiyati o'rganilgan, laboratoriya sharoitida gen sintez qilingan. 1970-1990-yillarda DNKni klonlash texnologiyasi, somatik hujayralarni gibridlash yo'li bilan monoklonal antitanani ishlab chiqaruvchi gibridoma yaratilgan, rekombinant bakteriyalar yordamida birinchi marotaba somatostatin gormoni olingan, transgen o'simlik yaratilgan. Rekombinant DNKdan foyda- lanish istiqboli fanda yangi yo'nalish - gen muhandisligining paydo bo'lishiga zamin yaratdi.
Gen muhandisligi fanining maqsadi - bir organizmdagi qimmatbaho xu- susiyatga ega genlarni ikkinchi organizmga ko'chirib o'tkazish yoki shu genlar faoliyatini kuchaytirish orqali ikkinchi organizmda yo'naltirilgan o'zgarishlar (transformatsiya) keltirib chiqarish va bu o'zgarishlardan inson manfaatlari yo'lida foydalanishdir.