Energetik almashinuv - dissimilatsiya. ATF barcha hujayralarning universal energiya zaxirasi bo'lib hisoblanadi. ATF hujayrada fosforlanish reaksiyasi natijasida hosil bo'ladi.
ADF + H2PO4+ 40 kJ = ATF + ^O
ATFning sintezi uchun kerak bo'ladigan energiya hujayrada organik moddalarning parchalanishidan hosil bo'ladi. Bu energiya ATFning kimyoviy bog'larida saqlanadi.
Energetik almashinuv bosqichlari. Hujayrada kechadigan energetik almashinuv jarayoni hujayraning nafas olishi deb ham ataladi. Nafas olish jarayonida kisloroddan foydalanadigan organizmlar aeroborganizmlar, nafas olish jarayoni kislorodsiz muhitda kechadigan organizmlar anaerob organizmlar deyiladi. Aerob organizmlarda energetik almashinuv 3 bosqichda o'tadi :
1.Tayyorgarlik bosqichi. 2.Kislorodsiz bosqich — glikoliz 3. Kislorodli bosqich — hujayraning nafas olishi Tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqich tirik organizmlarning ovqat hazm qilish organlarida va hujayra lizosomasi fermentlari ishtirokida o'tadi. Bu bosqichda ovqat hazm qilish organlarida ishlab chiqiladigan fermentlar ta'sirida yuqori molekulali organik birikmalar kichik molekulalar-ga, ya'ni oqsillar aminokislotalarga, lipidlar glitserin va yog' kislotalariga, polisaxaridlar esa monosaxaridlarga parchalanadi. Tayyorgarlik bosqichida hosil bo'lgan energiya issiqlik sifatida to'- liq tarqalib ketadi. Bu bosqichda hosil bo'lgan moddalarning bir qismi hujayraning hayotiy jarayonlari uchun zarur bo'ladigan organik moddalarining sintezlanishiga sarflanadi, bir qismi esa parchalanadi. Kislorodsiz bosqich.Kislorodsiz bosqich (glikoliz)da tayyorgarlik bosqichida hosil bo'lgan kichik molekulali organik moddalar, masalan glukoza kislorod ishtirokisiz fermentlar ta'sirida parchalanadi. Glikoliz - glukozaning ko'p bosqichli kislorodsiz parchalanishidir. Glikoliz natijasida bir molekula glukozadan 2 molekula sut kislotasi (C3H6O3), 2 molekula ATF hosil bo'ladi, hamda 2 molekula suv ajralib chiqadi. Bir molekula glukozaning kislorodsiz parchalanishi natijasida jami 200 kJ energiya ajraladi. Bu energiyaning 40% I ATFning fosfat bog'lariga to'planadi. Qolgan 60% energiya esa issiqlik sifatida tarqalib ketadi.
C6H12O6+ 2H3PO4+ 2ADF = 2C3H6O3 +2ATF + 2H2O
6 12 634 363 2 Anaerob parchalanish jarayoni o'simlik, hayvon, zamburug', bakteriya hujayralarida sodir bo'ladi. Odam kuchli jismoniy mehnat qilishi natijasida muskul to'qimalarida kislorod yetishmay qoladi va glukozadan ko'p miqdorda sut kislotasi hosil bo'ladi. Natijada muskullarda charchash holatlari yuz beradi.