Bilaman-bilishnihohlayman-bilib oldim. Metoddan foydalanish uch bosqich asosida amalga oshiriladi, ya’ni:
1. O’quvchilarning o’rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo’yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi.
2. O’quvchilarning mavzu bo’yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo’lgan ehtiyojlari o’rganiladi.
3. O’quvchilar mavzuga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar.
Bosqichlar bo’yicha amalga oshirilgan harakatlarning to’liq tafsiloti quyidagich;.
- sinf o’quvchilari guruhlarga biriktiriladilar;
- o’quvchilarning yangi mavzu bo’yicha tushunchalarga egalik darajasi o’rganiladi;
- o’quvchilar tomonidan qayd etilgan tushunchalar loyihaning bir bandiga yozib boriladi;
- o’quvchilarning yangi mavzu bo’yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo’lgan ehtiyojlari o’rganiladi;
- o’quvchilarning ehtiyoji sifatida bayon etilgan tushunchalar loyihaning ikki bandiga yozib qo’yiladi;
- o’qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma’lumotlar bilan o’quvchilarni xabardor qiladi;
- o’quvchilar o’zlashtirgan yangi tushunchalari aniqlanadi;
- bayon etilgan yangi tushunchalar loyihaning uchinchi bandiga yozib qo’yiladi;
- mashg’ulot yakunida yagona loyiha yaratiladi:
“Zig-zag” strategiyasi (metodi). Metod o’quvchilar bilan guruh asosida ishlash, mavzuni tezkor va puxta o’zlashtirishga hizmat qiladi. Metodning afzalligi quyidagi jihatlar bilan belgilanadi.
1. o’quvchilarda jamoa yoki guruh bo’lib ishlash ko’nikmasi shakllanadi;
2. mavzuni o’zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi.
“Zig-zag” metodini qo’llash jarayonida quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi.Ya’ni guruhlarda to’plangan javoblar bir kishi tomonidan aytib o’tiladi. “Qora quti” metodi. Ta’lim jarayonida mazkur metodni qo’llashdan maqsad o’quvchilar tomonidan mavzuni puxta o’zlashtirishga erishish bilan birga ularni faollikka undash ularda hamkorlikda ishlash, ma’lum vazifalarni boshqarish hamda mantiqiy tafakkur yuritish ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat. Metoddan foydalanishga quyida harakatlar tashkil etadi:
- o’quvchilar juftlikka biriktiriladi;
- juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi asosiy tushunchalar (tayanch so’zlar, sanalar, raqamlar belgilar v.h.) ni kartochkalarga qayd etish vazifasi yuklanadi;
- o’qituvchi o’quvchilar bilan hamkorlikda guruhlar tomonidan topshiriqning bajarilishini tekshiradilar;
- topshiriqni to’g’ri bajargan guruhning bir a’zosi o’qituvchi rolini bajaradi va topshiriqning yechimini yozuv taxtasiga yozadi;
- sinf o’quvchilari yozuv taxtasiga qayd etilgan fikrni sharhlaydilar.
- to’g’ri javob bergan o’quvchi o’qituvchi rolini bajarib, juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi sxema jadval yoki tasvir yaratishni topshiradi va o’qituvchi yordamida topshiriqning bajarilishini tekshiradi.
“Beshinchisi (oltinchi, yettinchisi…) ortiqcha” metodi.O’quvchilarning mantiqiy tafakkur yuritish ko’nikmalariga ega bo’lishlariga ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo’llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
- o’rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berish uchun xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish;
- hosil bo’lgan tizimdan mavzuga taaluqli bo’lgan to’rtta, beshta va taaluqli bo’lmagan bitta tushunchaning o’rin olishiga erishish;
- o’quvchilar mavzuga taalluqli bo’lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;
- o’quvchilar o’z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash(mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga izoh berib o’tishlari hamda ular o’rtasidagi matiqiy bog’liqlikni asoslab berishlarini talab etish lozim).
Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o’rtasida mantiqiy bog’liqlikni ko’rsatib va asoslay olishi o’quvchilarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarni asoslay olish, shuningdek tengdoshlarining fikrlari bilan shaxsiy mulohazalarini o’zaro taqqoslash ko’nikmalarini ham shakllantiradi.
“3/3” (“4/4”, “5/5”) metodi. Mazkur metod ham yuqorida qayd etilgan metodlarning muqobili hisoblanib, o’quvchilardan o’rganilayotgan mavzular yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarini ifodalay olishni talab etadi. Unga ko’ra o’qituvchi mavzu yuzasidan uchta, to’rtta to’g’ri va unga teng nisbatda bo’lgan va noo’rin qo’llanilgan tushunchalardan iborat tizimni shakllantiradi. O’quvchilar ushbu tizimda mavzuga taalluqli bo’lmagan tushunchalarni ajratadi va harakatlarni mohiyatini izohlaydilar.
Metodni qo’llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
- o’qituvchi o’zaro teng nisbatda mavzuga oid va oid bo’lmagan asosiy tushunchalar yaratadi;
- o’quvchilar mavzuga oid va oid bo’lmagan asosiy tushunchalarni aniqlaydilar va daxldor bo’lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;
- o’quvchilar o’z harakatlarini mohiyatini izohlaydilar;
Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o’quvchilar tomonidan mavzuni puxta o’zlashtirilishini ta’minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin.
“Rasmlarni to’g’ri joylashtirish” metodi.
Kichik guruhlarda ishlashda ushbu metoddan foydalanish ham ijobiy natijalarni kafolatlaydi. Metodni qo’llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
- o’qituvchi tomonidan o’rganilayotgan mavzuning mohiyatini mantiqiy ketma-ketlikda yoritishga xizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etgan maxsus kartochkalar majmui tayyorlanadi;
- har bir guruhga kartochkalarning alohida majmuasi topshiriladi va kartochkalarni ulardagi tushunchalarga asosan mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish vazifasi yuklanadi;
- guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib bo’lgach, kartochkalarning orqa tomoni o’chiriladi va maxsus qoplama ochilib, topshiriqning qay darajada to’g’ri bajarilganligi aniqlanadi. Agar topshiriqning guruhlar tomonidan to’g’ri bajarilgan bo’lsa yakuniy jarayonda kartochkalar orqa tomoni uchirilganda mavzuning mohiyatini yorituvchi “yadro” tushuncha hosil bo’ladi.
Metoddan foydalanishning afzalligi shundaki bu jarayonda o’quvchilarda mavzuni muayyan qismlarga bo’lib o’rganish va qismlar o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlik hamda aloqadorlikni analiz va sentiz asosida aniqlash ko’nikmalari hosil qilinadi.
“Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash” metodi. O’quvchilar bilan ommaviy va guruh shaklda ishlashda ushbu metodni qo’llash nihoyatda qulay. Metoddan mashg’ulotlar so’ngida mavzuni mustahkamlashga oid tezkor savol-javoblar tashkil etishda foydalanish mumkin. Metod quyidagi harakatlarni tashkil etish asosida qo’llaniladi:
- o’qituvchi tomonidan o’rganilayotgan mavzuning mohiyatini mantiqiqy ketma-ketlikda yoritishda xizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etgan maxsus kartochkalar majmui tayyorlanadi.
- har bir guruhga maxsus kartochkaning alohida majmuasi topshiriladi va u kartochkani ulardagi tushunchalarga asosan mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish vazifasi yuklanadi;
- guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib bo’lgach kartochkaning orqa tomoni o’chiriladi va maxsus qoplama ochilib, topshiriqning qay darajada to’g’ri bajarilganligi aniqlanadi.
“Video topishmoq” metodi. So’nggi yillarda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari yordamida ta’lim jarayoni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda, o’qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli axborot vositalarida o’rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. Videotopishmoq metodidan foydalanish quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
- o’quvchi e’tiboriga o’rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz birnechta vedioloyiha namoyish etadi;
- o’quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganligini qayd etadilar; o’qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytaradilar.
“Yumaloqlangan qor o’yini” metodi. Ushbu metod ham mavzuni muayyan qismlarga bo’lgan holda o’zlashtirish imkonini beradi, hamda o’quvchilarda guruh va juftlikda ishlash ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Metodni qo’llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
Tasvirli kartochkalar tayyorlanadi, ularning orqa tomoniga mavzuni o’zlashtirishga oid o’n, o’n besh variantdan iborat topshiriqlar yoziladi sinf o’quvchilari ikki yoki uch guruhga bo’linadi;
-har-bir guruh a’zolari bir nechta guruhlarga biriktiriladi; har bir juftlik bir variantdagi topshiriqni bajaradi; jarayon yakunida umumiy xulasalar chiqariladi. “Yumaloqlangan qor o’yini” metodidan muayyan bo’lib yoki boblar bo’yicha o’zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash yo’lida foydalanish nihoyatda qulay.
“Zakovatli zukko” metodi.Mavjud bilimlarni puxta o’zlashtirishda o’quvchilarning fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga ega ekanliklari muhim ahamiyatga ega.“Zakovatli zukko” metodi o’quvchilarda teskor fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish ularning tafakkur tezliklarni aniqlashga yordam beradi.Metod o’z xohishlariga ko’ra shaxsiy imkoniyatlarini sinab ko’rish istagida bo’lgan o’quvchilar uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ular o’qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatda to’g’ri va aniq javob qaytara olishi kerak. Savollarning murakkablik darajasiga ko’ra har bir savolga qaytarilgan to’g’ri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning o’rtacha arifmetik qiymatini topish asosida o’quvchilarning tafakkur tezligi aniqlanadi. Ballarning belgilanishi o’quvchilarning shaxsiy imkoniyatlari to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. Metod o’quvchilar bilan yakka tartibda guruhli va ommaviy ishlashga birdek qo’llanilishi mumkin.
“Qarama-qarshi munosabat” metodi. Metod o’z mohiyatiga ko’ra o’zlashtirilgan bilimlarni taxlil va sentiz qilish asosida asosiy hamda ikkinchi darajali ma’lumotlar sifatida guruhlarga ajratish imkonini beradi. Metodni qo’llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
-mavzuning umumiy mazmuni yodga olinib, uning ahamiyatini yorituvchi tayanch tushunchalar aniqlanadi;
-ular muayyan ketma-ketlikda qayd etiladi;
-tushunchalar shaxsiy yondashuv asosida muhim va u qadar muhim bo’lmagan tushunchalar tarzida guruhlanadi;
-jadval yaratilib, uning 1 ustuniga muhim bo’lgan 2 ustuniga muhim bo’lmagan tushunchalar yoziladi;
-kichik guruhlar asosida shaxsiy yondashuvlar muhokama qilinadi; jamoaning umumiy fikriga ko’ra yakuniy xulosani ifoda etuvchi jadval yaratiladi.
Darsning qiziq va maroqli bo’lishi darsning tuzilgan texnologik xaritasiga bog’liq. Yuqorida aytib o’tilgan metodlardan birini misolda ko’rib chiqamiz.Masalan, “3x4” metodi.Bu metod o’quvchi-talabalarni erkin fikrlashga, doirada turli g’oyalarni bera olishi, ta’rif bera olishiga qaratilgan.3x4 metodni quyidagi misolda ko’rib chiqish mumkin.Bunda o’tilgan biror bir mavzu tanlanadi. Masalan fransuz xalqining bayramlari, fe’lzamonlari va h.k. Dars mavzusini o’qituvchi doskaga yozib qo’yadi. Guruhni 3-ga bo’lib tarqatma material beradi va vaqt belgilaydi. Bu materialda bayram nomlari yozilgan bo’ladi, masalan “Noel”, “fete des meres”. Bu guruhlar o’zlariga tushgan mavzu bo’yicha ma’lumot tayyorlashadi.O’qituvchi berilgan vaqt davomida guruhlarning ishlashini kuzatib boradi.Vaqt tugashi bilan o’qituvchi guruhlarni tinchlantirib ulardan tayyor bo’lgan ma’lumotlarni guruhdan tanlangan vakil orqali navbatma-navbat doskaga chaqirib eshitadi. Ma’lumotni eshitgach, bir-biridan farqlarini aytib baholaydi va so’ngra qolib ketgan kamchiliklarni to’ldirib ko’proq ma’lumot berib o’tadi. Bu metodning maqsadi o’tilgan mavzuni mustahkamlash, tarqatilgan materiallar orqali tarqatma materialdan matn qay darajada o’zlashtirilganini nazorat qilish, o’quvchilarning bilimini baholash.Dars jarayonida turli xil metodlarni qo’llash o’qituvchi uchun ham, o’quvchi-talaba uchun ham katta ahamiyatga ega.Bunda o’qituvchi o’tilgan mavzuni qisqa vaqt ichida barcha talabalar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi.Talabalar faoliyatini oshiradi, ularda darsga nisbatan qiziqish uyg’otadi, bir vaqtda ko’pchilik talabalarni baholaydi, o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi. Talaba esa yangi bilimlarni egallaydi, yakka va guruh bilan ishlashga o’rganadi, nutqi rivojlanadi, eslab qolish qobiliyati kuchayadi, o’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi, qisqa vaqt ichida bir qancha ma’lumotlarga ega bo’ladi.
Shuni xulosa qilib aytish kerakki, til o’rgatishda hozirgi zamon texnologiyalarini qo’llash juda katta ahamiyatga ega va bu pedagogdan katta mahorat, o’zi ustida ko’proq ishlash yetarlicha bilimli, ko’nikma va malaka bo’lishi talab qiladi.
Ma’lumki, o’qituvchilik kasbi boshqa kasblardan farqli ravishda ko’p tomonlama ma’suliyatni o’zida mujassamlantiradi, birinchidan, u shaxsni shakllantirish, ya’ni inson ruhiyatini chuqur bilishi, ikkinchidan, ta’lim-tarbiyaning barcha vositasi, uslubi va yo’llaridan samarali foydalanib, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishi ya’ni o’qitishning samaradorligiga erishmog’i lozim, uchinchidan, o’zining fazilatlarini ham jamiyat va tabiat taraqqiyoti jarayonida shakllantirib borishi lozim. O’qituvchi yosh avlod shaxsini jamiyat talablariga binoan har tomonlama shakllantirishi lozim.
XULOSA O’zbekistonda mustaqillik tantanasi tufayli ta’lim-tarbiya tizimida tub o’zgarishlar yuz berdi. Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar tizimida ta’lim olayotgan yoshlarning dunyosini boyitish ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash ta’lim va tarbiya jarayonida takomillashtirish, shu kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Inson o’z milliy urf-odatlari, ma’daniyatini o’rganishi lozim, chunki aqliy faoliyat inson ma’daniyati kamolotining yetakchi komponentlaridan hisoblanadi.
Milliy urf-odatlar har qanday xalq ma’naviyati, ma’naviy hayotining muhimini tashkil etuvchi qismidir2.
Shunday qilib, o’z milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz va madaniyatimiz tilimizni qadrlagan holda inson bosh
qa chet tillarni o’rganishga harakat qiladi, chunki til o’rganish orqali imkoniyatlarimiz kengayadi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik texnologiyalarni qo’llashga bo’lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda, bunday bo’lishiga sabablardan biri shu kungacha ta’limda o’quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalarni o’rgatish esa, ularni mustaqil tanqidiy fikrlashga, kerakli narsalarni izlab topishga, tahlil va xulosa qilishga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi, ta’lim o’quvchi-talabalarga yo’naltiriladi.Innovatsiya – inglizcha innovation yangilik kiritish, yangilik ma’nosini bildiradi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’quvchi va talaba faoliyatiga yangilik kiritish bo’lib, uni amalga, oshirishga asosiy interaktiv metodlardan to’liq foydalanish imkoniyati mavjud. Interaktiv metodlar bu talaba bilan talaba, talaba va internet, talaba va o’quvchi o’rtasidagi fikrlash demakdir, ya’ni pedagogik tasir etish usullaridir va ta’lim tizimining asosiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarni qo’llashda pedagogikva o’quvchi-talabalar birgalikda faoliyat ko’rsatishlari kerak bo’ladi. Oliy o’quv yurtlarida zamon talabiga mos malakali kasb egalarini yetishtirishda zamonaviy o’qitish metodlari, ya’ni pedagogik texnologiyalar, inovatsion texnologiyalar muhim va pedagogning mahorati o’quvchi-talabalarni jahon standartlari darajasidagi malakali kasb egalari bo’lib yetishishini ta’minlaydi. Chet tillarni o’rgatishda hozirgi zamon axborot va pedagogik texnologyalarni ahamiyati katta. Til o’rgatish jarayonida mavjud bir qancha texnologiyalarni qo’llash mumkin. Bular “Tarmoqlar” metodi. (klastr), “Bumerang”, “Loyiha”, “3x4”, “Blis-o’yin”, “Aqliy hujum”, “Axborot uzatish” shular jumlasidandir. Bu texnologiyalardan birini qo’llash o’qituvchi ixtiyorida, chunki, maqsad aniq ya’ni bu o’quvchi-talabalar bilim saviyasini oshirishda, yaxshi natijaga erishishdir.O’qitish jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llash jarayoni oldindan loyihalashtiriladi, bunda o’qituvchi o’quv predmetning o’ziga xos tomonini joy sharoitini, o’quvchining imkoniyati hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, chunki, bular yaxshi natijaga erishishga yordam beradi. Dars jarayonida o’tilayotgan mavzuni yangi texnologiya asosida o’tishdan oldin o’qituvchi tanlangan texnologiyaning texnologik xaritasini tuzib olishi katta texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o’qitilayotgan predmet, o’quvchi talabalarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday xaritani tuzuvchi o’qituvchi pedagogika, psixologiya, metodika, pedagogikva axborot texnologiyalardan xabardor bo’lishi kerak.
Darsning qiziq va maroqli bo’lishi darsning tuzilgan texnologik xaritasiga bog’liq. Dars jarayonida turli xil metodlarni qo’llash o’qituvchi uchun ham, o’quvchi uchun ham katta ahamiyatga ega.Bunda o’qituvchi o’tilgan mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishiga erishadi.Talabalar faoliyatini oshiradi, ularda darsga nisbatan qiziqish uyg’otadi, bir vaqtda ko’pchilik talabalarni baholaydi, o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi. Talaba esa yangi bilimlarni egallaydi, yakka va guruh bilan ishlashga o’rganadi, nutqi rivojlanadi, eslab qolish qobiliyati kuchayadi, o’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi, qisqa vaqt ichida bir qancha ma’lumotlarga ega bo’ladi.
Shuni xulosa qilib aytish kerakki, til o’rgatishda hozirgi zamon texnologiyalarini qo’llash juda katta ahamiyatga ega va bu pedagogdan katta mahorat, o’zi ustida ko’proq ishlash, yetarlicha bilimli, ko’nikma va malakali bo’lishi talab qilinadi.
Ma’lumki o’qituvchilik kasbi boshqa kasblardan farqli ravishda ko’p tomonlama ma’suliyatni o’zida mujassamlantiradi, birinchidan, u shaxsni shakllantirish, ya’ni, inson ruhiyatini chuqur bilishi, ikkinchidan, ta’lim-tarbiyaning barcha vositasi, uslubi va yo’llaridan samarali foydalanib, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishi, bir so’z bilan aytganda, o’qitishning samaradorligini erishmog’i lozim, uchinchidan, o’zining fazilatlarini ham jamiyat va tabiat taraqqiyoti jarayonida shakllantirib borishi lozim. O’qituvchi yosh avlod shaxsini jamiyat talablariga binoan har tomonlama shakllantirishi lozim.