O’QITISH JARAYONIDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA METODLAR.
Pedagogik texnologiyaning yana bir o’zgacha xususiyati yaxshi loyihalashtirilgan pedagogik texnologiya bo’yicha har qanday o’qituvchi ham bilimli bo’lmasada, yaxshi dars o’tishi mumkin.Chunki pedagogik tenologiyani pedagog olimlar tuzib, ularning mahorati texnologik jarayon loyihasida o’z ifodasini topadi. Avvalgidek “darsdan ko’zlangan maqsadga ob’yektiv sabablarga binoan yetib bo’lmadi” yoki “kutilmagan omillarga binoan dars tuzildi” va shunga o’xshash gaplarga pedagogik texnologiyada o’rin yo’q.
Pedagogik texnologiyalarning yuqorida aytib o’tilgan hususiyatlaridan kelib chiqib, unga quyidagicha izoh berish mumkin bo’ladi: Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiyajarayoniga yangicha yondashuv bo’lib, pedagogika ijtimoiy muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida darsning maqbul loyihasini tuzib chiqish bilan bog’liq ijtimoiy hodisadir. Demak ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitishda pedagogik texnologiyalarning roli kattadir.Ularsiz ko’zlangan maqsadga yetib bo’lmaydi.
Texnologiya atamasi ishlab chiqarishdan olingan bo’lib, unda minglab texnologik jarayonlar loyihalashtirilgan.Ular kerakli natijalarga erishish garovi hisoblanadilar. Bu texnologiyalarni qo’llash vaqtida xudud va ularning ijrochilari o’zgarsa ham, baribir kerakli mahsulot chiqaraveradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida ham shunga erishish uchun pedagogik texnologiya ishlab chiqiladi.
Pedagogik texnologiyada maxsus usul qatorida ishlanuvchanlik, tadqiqotchilik usuli ham ishlatiladi.Mustaqil erkin fuqarolarni shakllantirishda xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan ma’lum bilim hajmiga ega mutaxassis hamda turli muammolarni izlab hal qiladigan tadbirkor kishilarni tarbiyalash kerak bo’ladi. Bunday kishilarni tarbiyalashda tipik harakatlarga o’rgatuvchi mahsuli va nostandart vaziyatlardan yo’l topib chiqib ketishni o’rganuvchi izlanuvchilik –tadqiqotchilik usullari mos tushadi. Bizga kerak bo’lgan bu usullar omiqtasidan pedagogik texnologiya unumli foydalanadi:
Pedagogik texnologiyaning an’anaviy usullaridan, uslublaridan asosiy farqi, uni majmualar nazariyasidan kelib chiqqanligi bo’lib, u ushbu nazariyani barcha qonuniyatlariga bo’ysinganligidadir.
Bugungi kunda oliy o’quv yurtlarida ya’ni boshqa o’quv masalalarida talabalarga chet tillarni zamonaviy pedagogik texnologiyar ya’ni zamonaviy interfaol metodlar asosida o’qitish dolzarb masalaga aylanmoqda. Buning asosiy masalalaridan biri chet tillarni o’rgatish jarayonida ta’lim berish mahoratini ishga solish, dars jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim standartlariga moslashtirish, jahon andozalari darajalariga ko’tarish, talabalarga chet tillarni o’rgatish bilim va malakalarini mukammal shakllantirish bugungi ta’lim jarayonining muhim omillaridan biri ekanligidadir. Hozirgi kunda chet tillarini interfaol usullarni o’qitishning zamonaviy texnologiyalari yaratilmoqda va ulardan dars jarayonida samarali foydalanilmoqda. Zamonaviy interfaol metodlarning an’anaviy metodlaridan asosiy farqi shundaki bunda talabalar chet tillarini o’rganish jarayonida o’zlarini erkin tutadi, mustaqil fikr yuritadi, o’z fikrini bayon etish imkoniga ega bo’ladi, munozaralarga kirishishada, o’qituvchi bilan erkin muloqot qiladi.
Zamonaviy interfaol usullari asosida chet tillarni o’qitish jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi:
- talabalar o’zlari o’quv mashg’ulotini rejalashtirishadi va unda faol ishtirok etadi;
Talabalarning o’zlari belgilangan o’quv rejasi asosida mustaqil shug’ullanishadi va bilimini mustahkamlaydi.
- talabalar dars jarayonida mavzu yuzasidan munozaraga kirishishadi va unda barcha faol ishtirok etadi;
- o’qitish metodlarini tanlash va uni amalga oshirishda talabalar hamkor sifatida ishtirok etishadi, o’z fikrlarini bayon qilishadi;
- talabalar egallagan bilimlarini bayon qilish, tushuntira olish, ya’ni boshqalarga ham yetkaza olish masalasi bilan ta’minlanadi;
Albatta, yuqorida keltirilganlarning hammasiga o’quvchilar chet tillarini interfaol metodlari orqaliasta-sekinlik bilan bosqichma-bosqich o’rganish jarayoniga erishishlari mukin.
Bugungi kunda chet tillarni o’rganish jarayonida interfaol usullarining quyidagi texnologiyalaridankeng foydalanilmoqda:
1. Interaktiv o’yin usuli.
2. Talabalarni juft holda va guruh ichida faol ishtirok usullari.
3. Aqliy mushohada usuli.
4. Frontal mashg’ulot turi.
5. Akvarium usuli.
6. Broun harakati usuli.
7. Tugallanmagan gap usuli.
8. O’z o’rningni egalla usuli.
9. Munozara va shu kabi boshqa usullar.
Chet tillarni o’rgatishning interfaol metodi yuqorida qayd etilgan zamonaviy texnologiyalar asosida olib borilgan mashg’ulotlar natijasida talabaning mustaqil fikrlash va nutq yuritish bilim va malakalari mukammal shakllanadi. Mashg’ulot paytida ularning erkinligi yaratiladi, ya’ni talabalar dars maqsadi va vazifalarini o’zlari belgilashadi, tanlangan mavzu bo’yicha bahslashadi, munozara qilishadi va nihoyat o’rganilayotgan mavzu yuzasidan xulosalar chiqarishadi.
Umuman interfaol metodda olib borilgan dars jarayonida talabalar yetakchi vazifani bajarishadi.Bu esa ularning chet tilni mukammal puxta egallashi, mustaqil fikrini bayon qilishi, ya’ni erkin nutq yurita olishi bilan belgilanadi.
XX asr boshlarida amerikalik faylasuf, va psixologik va pedagog Djon Dyui darsda o’qituvchi emas, o’quvchi faol bo’lmog’i lozim deb chiqdi. U kitobdagi bilimlarni quruq yod olish hech narsaga olib bormaydi, aksincha, o’quvchilarni o’qishdan sovutib, tafakkurini zanglatadi deb ta’kidlagan.Dyuining ta’lim tarbiyaga qo’shgan asosiy hissasi bu “aql yuritishning to’liq jarayonidir”.
Hozirgi kunda O’zbekistonda o’rta maktablarida to’g’ri metodning zamonaviy ko’rinishlaridan audiolingual va audiovisual metodlari ko’p tarqalgan Audiolingual metodning asoschilari amerikalik metodist Ch.K.Fris va R.Lododir. Audiolingual lotincha “audio” eshitaman, tinglayman, “lingua” til ya’ni tilni eshitaman, tinglayman degan ma’nolarni bildiradi.
Audiovisual metod namoyondalari P.Guberena, P.Rivanlar bo’lib, leksik materialni tanlashga alohida e’tibor bergan. Audiovisual lotincha audio, video eshitish hamda ko’rishga oid vosita ta’limda eshitish va ko’rishga mo’ljallangan jihozlar metodi. Audiovisual metodda og’zaki nutq, yozuv va oxirgi navbatda o’qish o’rgatiladi. Hozirda yana o’zbek maktablarida tarixan yaratilgan “tarjima”, “to’g’ri”, “qiyosiy” va “aralash” metodlarining ko’rinishlari mavjud. Ulardan foydalanish bilan birga hozirda yangi metodlardan ham foydalanildi.Masalan “Mind map” metodi. “mind map” bu inglizcha so’z bo’lib, “mind”-es, yod, “map”- reja, rejalashtirmoq(esda olib qolishni rejalashtirish) ya’ni, umumlashtirgan holda esga olib qolish ma’nosini anglatadi.
Bu metodga ko’ra bir misol keltiraylik. Masalan: Tili o’rganilayotgan mamlakat haqida o’quvchilarga tushuncha berish kerak. Darslar o’tish jarayonida o’quvchilarga avval Fransiyaning chegaradosh o’lkalari tushuntiriladi. Keyin mazkur mamlakatning an’ana va udumlari, urf-odatlari, mashhur kishilari kabi mavzulari tushuntiriladi. Ular umumlashtirilib, o’quvchining esda olib qolishini hisobga olgan holda sxema tuzish mumkin .Sxema bo’yicha o’rtada Fransiya ya’ni “La France” doiraga olingan holda yoziladi. Doiraning chetlaridan chiziqlar tortilib Fransiyaning o’lkalari, an’ana va udumlari, mashhur kishilari kabi yozuvlar yoziladi va har biriga alohida to’xtalib o’tiladi.
Bu metod orqali Fransiya deganda o’quvchi ko’z o’ldida bir butun mamlakat o’zining har taraflama tomonlari bilan namoyon bo’ladi, gavdalanadi.Bundan tashqari Fransuz tili darslarini o’tishda turli o’yinlardan foydalanish ham til o’rganishda yaxshi samara beradi.Ilk o’rganuvchilar uchun yaratilgan fransuz tili darsliklari bunga yaqqol misol bo’la oladi.Darslikda turli boshqotirmalar, o’yinlar, o’quvchini o’qishga, o’ylashga, fikrlashga undovchi rebuslar o’rin olgan.Darslikdagi boshqotirmalarning javoblarini biz o’qituvchilar uchun yaratilgan uslubiy qo’llanmalardan topamiz.Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, chet tillarni o’qitishda turli uslublardan foydalanish katta samara beradi. Darslarni qay darajada qiziqarli o’tkazish, o’quvchilarni tilga qiziqtirish o’qituvchining pedagogik mahoratiga bog’liq zamonaviy pedagogik yondashuvlar ta’lim jarayonining markazida o’quvchining o’quv faoliyatining qo’yilganligi, ta’lim jarayoni taxminiy loyihalanganligi, diagnostikaligi maqsadning aniqligi va natijaning ob’yektiv nazorati, ta’lim jarayoning yaxlitligi kabilarga qaratilgandir. O’quvchi faoliyatining yuqori darajadagi ko’rsatkichi uni o’quv faoliyatini o’zi tashkil etishi, iroda va faoliyatning o’quvchi ongining predmetiga aylanishidir. Bu maqsadni mustaqil qo’ya bilish faoliyat usullarini tanlay olish, o’z ta’sirlari va munosabatlari doirasida boshqalar bilan kelisha bilish va ishlarni kordinatsiyalash, o’z-o’zini nazorat qila bilishlarda ko’rinadi. Bunday faoliyat ta’limning ilg’or texnologiyalari orqali amalga oshirilishi mumkin. Masalan: “Bilaman. Bilishni xoxlayman.Bilib oldim” metodi.Ushbu metod o’quvchilarga muayyan mavzular bo’yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi.Metodni qo’llash jarayonida o’quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash mumkin.Guruh shaklida ishlashda mashg’ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi.
Guruhlarning faoliyatlari quyidagi ko’rinishda tashkil etilishi mumkin:B,
1. har bir guruh umumiy sxema asosida o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi va mashg’ulot yakunida guruhlarning munosabatlari loyiha bandlari bo’yicha umumlashtiriladi.
2. guruhlar umumiy sxemaning alohida bandlari bo’yicha o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.
O’quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog’ozida o’z aksini topgan quyidagi sxema asosida tashkil etiladi: