O’qitish (ta’lim) metodi ko’pincha o’qituvchining o’quvchilar bilimlarni chuqur, ongli va mustaqil egallab olishlariga qaratilgan va o’quvchilar bilish faoliyatini boshqarishni ta’minlaydigan faoliyat usullari sifatida ta’riflanadi. METOD-yunoncha atama bo’lib, u maqsadga erishish yo’lini bildiradigan muayyan ma’noda tartibga solingan faoliyat.O’qitish metodlari o’quv jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ta’lim metodi, bu o’qituvchi va o’quvchining tartibga solingan o’zaro aloqadagi faoliyati, o’qitish jarayonida ta’lim va rivojlanish masalalarini hal qilishga qaratilgan faoliyatdir.
Ta’lim metodlari hozirgi vaqtda quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
a) bilim olishning asosiy manbai bo’yicha (og’zaki, ko’rgazmali va amaliy);
b) o’qituvchi faoliyati shakllari bo’yicha (o’qitish metodlari) va o’quvchilar faoliyatining shakllari bo’yicha (ta’lim(olish)metodlari;
c) fikrlash, eslab qolish va bilim olish faolligining xarakteri bo’yicha (reproduktiv, izohli-ko’rgazmali, muammoli-izlanishli, tadqiqotli);
d) xulosa chiqarish turlari bo’yicha (induktiv-deduktiv).
O’qitishning og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlari. Agar o’quvchilar asosiy o’quv axborotini o’qituvchining og’zaki mulohazalari va isbotlari jarayonida yoki darslik matnlari asosida olsalar, bunday metodlar og’zaki: tushuntirish, hikoya, suhbat, bayon, izoh va hokazo metodlar jumlasiga kiradi. Og’zaki metodlardan foydalanish jarayonida ko’rgazmali qurollardan foydalanish mumkin (ammo, ular yordamchi vosita sanaladi).
Ko’rgazmali metodlar deganda ta’lim jarayonida qo’llaniladigan ko’rgazmali qurollar va texnika vositalari deganda ko’p darajada bog’liq o’quv materialini o’zlashtirish shakllari tushuniladi.
Mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va laboratoriya ishlari asosida o’quv materialini egallash shakllari ta’limning amaliy metodlarijumlasiga kiradi.
Ta’lim jarayonida asosan xotiraning eslash funksiyasiga asoslangan metodlar reproduktiv metodlar deyiladi.
Izohli-ko’rgazmali metodlardanyangi mazmunni o’rganishning turli shakllarida foydalaniladi. Izohli-ko’rgazmali metodlar ikki qismga bo’linadi: birinchi qismda nazariy ma’lumotlar berilsa, ikkinchi qismda og’zaki tarzda ham, ko’rgazmali qurollar yordamida ham ma’lumotlar beriladi.
Muammoli-izlanishli metodlar. O’quvchilar ongida muammoli vaziyat yoki ilmiy izlanishlarni tashkil etuvchi metodlar muammoli-izlanishli metodlar deyiladi.
O’qituvchi rahbarligida ayrim tadqiqot vazifalari va ishlarni bajarishi, mustaqil kuzatishlar, ularni yozish va natijalarni tahlil qilishi kabi metodlar tadqiqotmetodlari deyiladi.
Hozirgi vaqtda ta’lim muassasalarida o’qitishning ikki xil turi ta’ni, an’anaviy va noan’anaviy metodlarqo’llanilmoqda. Zamonaviy metodlarni qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. An’anaviy o’qitish jarayonida asosan o’qituvchi avtoritarlik darsni olib borsa (sub’yekt-ob’yekt), noan’anaviyo’qitishda dars jarayoni o’quvchi shaxsiga erkinlik berish, munosabatlarni demokratlashtirish (sub’yekt-ob’yekt) asosida tashkil etiladi.
Yuqori samaradorlikka erishish uchun quyidagi faol o’qitish metod (usul)laridan foydalanish mumkin.
1. Aqliy hujum. Bu usulda o’qituvchi tomonidan muammoli topshiriq (savol) beriladi va barcha o’qituvchilarning fikr-mulohazalari to’planadi. Darsda qatnashayotgan o’quvchilar birlashgan holda qiyin muammoni yechishga harakat qiladilar; uni yechish uchun shaxsiy g’oyalarini ilgari suradilar.
2. Guruh (juft) bo’lib ishlash. Dars qatnashchilari kichik guruhlarga (4-5 o’quvchi) bo’lingan holda yoki juft bo’lib o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarishadi.
3. Bahslar. Dars o’quv guruhini ikki guruhga bo’lgan holda biror mavzu bo’yicha o’zaro baxs, fikr almashinuv tarzida o’tkaziladi.
4. Mehmon mashqlari (ularni kutib olish). Dars jarayonida biror mavzuni ta’lim muassasalariga tegishli bo’lmagan mutaxassis ishtirokida o’tkazish. Mutaxassisni chaqirish, uni kutib olish, dars jarayonini tashkil etish, kuzatib qo’yish kabi barcha tashkiliy ishlar o’quvchilar tomonidan bajariladi.
5. Anketa o’tkazish. Kasbiy fanlarni o’qitish davomida har bir bo’lim, bob yakunlangandan so’ng, o’qituvchi anketa so’rovlari o’tkazadi.
6. Og’zaki va yozma mashqlar.Og’zaki mashqlar ta’lim oluvchilarning nutq madaniyati va mantiqiy tafakkurini taraqqiy ettirish, ularning bilish imkoniyatlari bilan bog’liq.
Yozma mashqlarning asosiy vazifasikerakli ko’nikma va malakalarini shakllantirish, chuqurlashtirish va mustahkamlashdan iborat. Bu mashqlar orqali ta’lim oluvchilarning husnixatlari, xatosiz yozish kabi ko’nikmalari shakllantiriladi.
7. Tez o’qish. Ta’lim oluvchilarning nutqiy, har xil so’zlarni atamalarni, terminlarni to’g’ri talaffuz qilish ko’nikmalarini shakllantiruvchi usuldir.
8. O’z-o’zini attestatsiya qilish. Har bir ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’z faoliyatini nazorat qilishga qaratilgan usul.
9. Natijalarni tahlil qilish. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga qo’ygan baholar, dars mashg’uloti oldiga qo’yilgan maqsadga qay darajada erishganlik tahlil etiladi.
10. Audiokassetalar eshitib, hikoya qilish.Kasbiy fanlar o’quv materialini audiokassetalarga yozib, uni ta’lim oluvchilarga eshittirish va ularning hikoyalarini tinglash.
11. Video materiallardan foydalanish.Dars jarayonida multimedia tizimidan, videoyozuvlardan, kodoskop, prektor, o’quv televideniyasi, axborotni displeyda aks ettiruvchi kompyuterlardan foydalanish.
12. Tadqiqot. Ayrim tadqiqot ishlarini ya’ni diploma va kurs loyihalari, bitiruv ishlarini ilmiy asoslangan holda mustaqil bajarish, qo’yilgan maqsad va natijalarni tahlil qilishga qaratilgan.
13. Pantomima. Ta’lim oluvchilar o’quv axborotlarini so’zsiz, faqat xarakatlar orqali bir-birlariga yetkazishadi.
14. Improvizatsiya. Dars mashg’ulotlarida nostandart vaziyatlarni mustaqil hal etish.
15. Kuzatish va ma’lumotlarni yetkazish. Ta’lim oluvchilar bir-birlarini kuzatadilar va qo’yilgan muammo bo’yicha ma’lumotlarni yetkazadilar.
16. Muzyorar.Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasidagi “to’siqni” yo’qotishga qaratilgan usul.
17. O’yinlar. Ishbilarmonlik yoki rolli (vaziyatli) o’yinlar – muammoli vazifaning bir turidir.Faqat bu o’rinda, matnli material o’rniga o’quvchilar tomonidan rolli o’ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi.
18. Loyihalash ishlari. Bu usul bilim va malakalarni, tahlil qilish va baholashni nazarda tutuvchi ta’limning majmuaviy usulini amalgam oshiradi. Loyiha usulida o’quvchilar rejalashtirishda, tashkil qilishda, tekshirishda, tahlil qilishda va bajarilgan ishning natijalarini baholashda ko’proq ishtirok etadilar.
19. Kitob bilan ishlash.Ushbu usul ta’lim oluvchilarning o’quv materialini mustaqil o’zlashtirishi, o’z-o’zini tekshiruv malakalarini, berilgan matnning mazmunini to’liq va ongli ravishda bayon eta bilishiga qaratilgan usuldir.
20. Individual (amaliy) usul. Ta’lim oluvchilar olgan bilimlarini amaliy vazifani yechishga qaratadilar.Nazariy olingan bilimlarni amaliyotga tadbiq qiladilar.
21. Ko’rgazmali materiallar (setka, diagramma, karta, fotografiya san’at asarlari, plakatlar) bilan ishlash. Ta’lim oluvchilarning mustaqil ravishda ko’rgazmali materiallar bilan ishlashlari va ularni tayyorlashlari.
22. Suhbatlashishlar. Bu o’qitish va o’qishning dialogik, savol-javob usulidir. Suhbat individual va guruh shaklida o’tkazilishi mumkin.
23. Vaziyatlarni o’rganish. Ta’lim muassasalarida vujudga keladigan standart vaziyatlarni o’rganish va uni hal etish yo’llarini ishlab chiqish.
24. Pinbord. Bu usulning mohiyati shunday iboratki, unda munozara yoki o’quv suhbati amaliy usul bilan bog’lanib ketadi. Ta’lim oluvchilar axborotlari, ma’lumotlari doskada tartib bilan joylashtiriladi.
25. Boshqalarni o’qitish. Bu usulda ta’lim oluvchilar qo’yilgan muammo bo’yicha bir-birlariga axborot va ma’lumot beradilar.
26. Davra suhbati. Ta’lim oluvchilar davra stolida o’tirib, bir-birlarining savollariga konvert orqali javob yozishadi.
27. Baholash. Qo’yilgan maqsadga erishilganlikni aniqlash maqsadida ta’lim oluvchilar ta’lim beruvchi yoki bir-birlari tomonidan baholanadilar.
Har bir pedagog mutaxassis ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil etsa, o‘quvchi yoshlarda o’zlashtirish darajasining samaradorligi yanada yuqori bo’ladi.