Muammoning o’rganilganlik darajasi.Chet tillarida pedagogik texnologiyalarni qo’llash bo’yicha ko’pgina ilmiy izlanishlar tadqiqotlar olib borilgan. Chet tilini o’qitishda yangi tadqiqot metodlarini qo’llashda bevosita ishtirokchi mavzuni tahlili va yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda misollar orqali mavzuni yoritishi uchun shart-sharoitlar yaratilgan.
Palmer o’zining boy tajribalariga asoslanib almashtiriladigan tabletsalar sestemasini ishlab chiqdi va u F.G.French tomonidan tasdiqlandi. Ch.Fris til tuzilishi asosida nutq birligini M.I.Byatgutnev gaplarida ba’zi modellarini aniqlagan I.I.Bim keltirilgan mezonlar asosida 23 ta nutq namunasini ajratadi. F.F.Furtunov bunda umumiy ta’lim berish maqsadini ham ko’zda tutdi, bu predmetni har birini o’qitishda mahorat va malakalar ustunligi haqida gapirishlarini unutmaslik kerak.
BMI ning ilmiy yangiligi.O’quvchilarga o’g’zaki nutqni o’rgatish, ularning madaniyatini o’stirish.O’quvchilar birinchi maktabga kelganida salomlashish odobini o’rgatish. O’qituvchi bolalarga o’z nutqini, fikrini yetkaza olishi va shu bilan bir qatorda o’quvchini salohiyatli, mustaqil fikrli, bilimli bo’lishi yo’lida olib borilgan ishlar tadqiqotning ilmiy yangiligi hisoblanadi.
Metodologik asosi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlarida ilm - fanni rivojlantirish, uning dolzarb muammolarini ilmiy tahlil etish to'g'risida bildirgan ijtimoiy va falsafiy fikrlari Bitiruv malakaviy ishimiz uchun metodologik asos bo'lib xizmat qildi. Tadqiqot materiali sifatida o’zbek va chet el tilshunos olimlarning ishlaridan foydalaniladi.
Ishning aprobasiyasi.Bitiruv malakaviy ishi Qarshi davlat universiteti Roman-german tillari kafedrasi qoshidagi “fransuz tili” to'garagida, ma'ruza qilingan va QDU ilmiy bo’limining “Fan taraqqiyot va yoshlar” nomli to’plamida e’lon qilingan.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi.Ish kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, umumiy hajmi 53 betni tashkil etadi.