Universiteti


I BOB. PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL ETISH VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYАLAR



Download 253 Kb.
Page5/26
Date07.04.2024
Size253 Kb.
#64009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
chet tili bilimlari oʻtkazish
adsf, chet tili bilimlari oʻtkazish, 1- topshiriq (1)
I BOB. PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL ETISH VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYАLAR.
«Texnologiya» - yunoncha «techne» so'zidan olingan bo'lib, mahorat, san'at va «logos» - so'z, ta'limot ma'nosini anglatadi.
Texnologiya- jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilimlar yig'indisi, shuningdek ob'ektda sodir bo'ladigan sifat o'zgarishlar tushiniladi.
Shu o'rinda «pedagogik texnologiya» nazariyasining vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga nazar tashlaylik:
Ta'lim tizimida o'qitish jarayoninig o'ziga xos xususiyatli tomonlari mavjud bo'lib, samarali natijani kafolatlash asosan pedagogik texnologiyalar asosida amalga oshadi.
Pedagogikaga oid adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, hozirgi davrda pedagogik texnologiya tushunchasi ta'lim amaliyoti va nazariyasi ilmidan mustahkam o'rin egalladi
O'z davrlarida Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Yan Amos Komenskiy, Lev Tolstoy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy va boshqalar o'z asarlarida o'qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, o'qituvchi shaxsida aks etishi zarur bo'lgan sifatlar xususidagi qarashlarni yoritish orqali o'zlari ham pedagogik madaniyatga ega ekanliklarini namoyon etganlar. Binobarin, pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo'lmagan shaxs ta'lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta'minlovchi fikrga ega bo'lmaydi. Ularning pedagogik madaniyatlari negizini bolani tushuna olish, unga insbatan insonparvar munosabatda bo'lish, vaziyatni to'g'ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli bo'lgan ziddiyatlarni o'z vaqtida bartaraf etish, pedagogik faoliyatning haqligi, jamiyat taraqqiyoti hamda pedagogik jarayonda talabalar ongiga singdirilayotgan ezgu g'oyalarning hayot mavjudligini ta'minlashda qudratli omil (vosita) ekanligiga ishonch kabilar tashkil etadi.
Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G'arbiy Yeropada ta'limni isloh qilinishi bilan bog'liq ravishda kirib keldi. B.Blui, J. Koroll, P.Ya.Galperin, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmkova, L.I. Zankov texnologiyalari mashhur. O'qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.P.Bespalko, N.F.Talzina, L.M.Fridman, Yu.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavsev, A.M. Matyushkin, M.I.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktik olimlarga taalluqlidir.
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bo'lgan: u texnik vositalar haqidagi ta'limot deb hamda o'qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta'riflari mavjud.
Pedagogik texnologiya mohiyatini yoritish uchun pedagog-didaktikachilar tomonidan berilgan ta'riflarga to'xtalishni maqsadga muvofiq deb topamiz.

Download 253 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page