Yo`l transport xodisalarining taxlili Harakat xavfsizligini tashkil etish uchun aniq tadbirlar belgilashda asosiy tayanch ko`rsatma sifatida YTH ni har taraflama chuqur ob’ektiv tahlil qilish natijalaridan olingan xulosalardan foydalaniladi.
YTH quyidagi vazifalarni hal qilish maqsadida tahlil qilinadi:
harakat xavfsizligiga taalluqli «Avtomobil-haydovchi-yo`l-piyoda-muhit» tizimiga kiruvchi har bir faktorning faoliyatiga tegishli tadbir va choralar ishlab chiqish uchun;
biron-bir boshqaruv territoriyasidagi, vazirliklardagi va ularning korxonalaridagi falokatlar ahvolini, o`zgarish tendentsiyasini hamda istiqboldagi o`zgarishini bashorat qilish maqsadida;
YTH ning kelib chiqish sabablarini va ularni bartaraf qilish borasida tuziladigan ko`rsatmalarni ishlab chiqish uchun;
bitta yoki bir necha bir xil YTH ning vujudga kelish sabablarini;
YTH ni tahlil qilish uchun universal dastur tuzish maqsadida.
Maqsad va vazifalariga qarab YTH ni tahlil qilishning miqdoriy, sifat va topografik usullari mavjud. YTH ni miqdoriy usul bilan tahlil qilishda halokatlarning absolyut, nisbiy va solishtirma ko`rsatkichlari o`rganiladi.
Halokatlarning absolyut ko`rsatkichlariga quyidagilar misol bo`ladi: YTH ning umumiy (yillik, oylik, kvartal) soni; YTH da jarohat olganlar (o`lganlar) soni; jarohat olganlarning yoki o`lganlarning yoshiga, kasbiga qarab YTH dagi soni; haydovchilarning aybi bilan o`lganlar; jarohat olganlar soni; avtomobil yoki ular holatining nosozligi bilan bo`lgan YTH soni va h.k.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.A. Karimov, Jahon moliyaviy inqirozi O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo`llari va choralari. Toshkent. “O`zbekiston” – 2009 y. – 56 bet. 2. “Yo`l harakati qoidalari”. Toshkent – 2001 y. 3. “Yo`l belgilari va yo`l chiziqlari”. Toshkent – 2001 y. 4. Q. X. Azizov. “Yo`llarda xavfsiz harakatlanish asoslari”. Toshkent – 2005 y. 5. N. F. Muhitdinov, G. K. Nurmuhamedov, R. N. Dimitov “Yo`l harakati qoidalariga sharhlar”. Toshkent – 2005 y. 6. Azizov K. X., Dorobov M., Sayfutdinova R.A. Obespechenie bezopasnosti dvijeniya na gorodskix ulitsax. –T; TADI. 2009.-132 st.