Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Investitsiya-qurilish jarayoni, uni tashkil qilish va samaradorligi



Download 1.99 Mb.
Page11/82
Date14.06.2023
Size1.99 Mb.
#61528
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82
Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment” kafedrasi
Investitsiya-qurilish jarayoni, uni tashkil qilish va samaradorligi
Investitsiya-qurilish jarayoni ijtimoiy ishlab chiqarishning eng muhim elementidir. Uningsiz takror ishlab chiqarishni tasavvur qilish mumkin emas. Bu faqat tabiiy eskirish jarayonida ishdan chiqayotgan mehnat vositalarini almashtirish emas, balki ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirish, shu jumladan yuqori sifat darajasini, iqtisodiy o‘sishni va aholining farovon turmush darajasini ta’minlashdir.
Investitsiyalash va qurilishni, investitsiya va qurilish jarayonlari kabi ko‘pincha alohida o‘rganish mumkin. Ammo investitsiya resurslarining 60 foizdan ko‘proq qismi qurilish sohasida foydalanilayotganligini hisobga oladigan bo‘lsak, bu tushunchalar ko‘pincha aynan qurilish majmuasining iqtisodiy samaradorligini baholashda qo‘llaniladi.
Investitsiya-qurilish jarayoni ham zamonda, ham makonda amalga oshiriladi. Umumiqtisodiy va ijtimoiy jarayonning tarkibiy qismi bo‘lgan investitsiya jarayoni investitsiya maqsadlarining texnik-iqtisodiy asoslashni (T1), ob’ekt va inshootlarni o‘rganish va loyihalashni (T2), qurilishning o‘zini (T3) va ob’ektni foydalanishga topshirishni, uni sinash, tekshirish va ekspertlar tomonidan baholashni o‘z ichiga oladi. Bundan kelib chiqqan holda vaqtda o‘lchanadigan investitsiya jarayoni quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:
Tip =T1 +T2 +T3 +T4
Qurilish jarayoni - investitsiya jarayoni hamda qurilishning xalq xo‘jaligining bir tarmog‘i sifatida faoliyat ko‘rsatishining asosiy bosqichidir. Uning tashkiliy tizimi uch bosqichdan iboratdir:
- qurilishni tayyorlash;
- bevosita qurilish jarayonining o‘zi;
- tayyor qurilish mahsulotini realizatsiya qilish.
Qurilishni tayyorlash qurilish ob’ektining maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy asoslash (TIA), ob’ektni loyihalash va qurilishga injener-texnik tayyorgarlik ko‘rishdan iborat. Ushbu yo‘nalishlarning har biri o‘zining maqsadli vazifalariga ega.

Download 1.99 Mb.

Share with your friends:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page