Jismoniy eskirish - asosiy fondlarning ekspluatatsiya jarayonida yoki bekor turish natijasida o‘zining dastlabki xarakteristikalarini asta-sekin yo‘qotishidir. Bu notekis kechuvchi jarayon bo‘lganligi tufayli, asosiy fondlar to‘liq yoki qisman eskirishi ajratiladi. Birinchi holda eskirgan asosiy fondlar tugatiladi va yangisiga almashtiriladi, ikkinchi holda esa ta’mirlash yo‘li bilan tiklanadi.
Ma’naviy eskirish- mashina va asbob-uskunalar qiymatining ularni ishlab chiqarishga sarflanadigan ijtimoiy zaruriy harajatlarning kamayishi ta’sirida kamayib borishi (ma’naviy eskirishning birinchi shakli) yoki ularning qiymatining yangi, ilg‘or va samarali mashina va asbob-uskunalar yaratilishi natijasida kamayishidir (ma’naviy eskirishning ikkinchi shakli).
Asosiy fondlarning eskirishini tiklash korxona va tashkilotlarning maxsus mablag‘lari asosida - amortizatsiya ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi. Ularning summasi asosiy fondlarning qiymatiga, ularning xizmat muddatiga, ta’mirlash va modernizatsiyalash harajatlariga bog‘liqdir. Bu mablag‘lar odatda korxonaning amortizatsiya fondida to‘planib boradi va faqatgina asosiy fondlarni tiklash va ta’mirlash maqsadlarida foydalaniladi.
Yillik amortizatsiya summasining asosiy fondlar qiymatiga nisbati foizlarda ifodalanganda amortizatsiya me’yori deb ataladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu erda:
F1 - asosiy fondlarning dastlabki qiymati;
Fl - asosiy fondlarning tugatish qiymati;
Ta - asosiy fondlarning amortizatsiya muddati yoki xizmat muddati, yil.
Dastlabki qiymat - asosiy fondlarni sotib olish paytidagi harajatlar summasi (etkazib berish, o‘rnatish yoki montaj harajatlari bilan birga).
Tiklash qiymati - asosiy fondlarning bugungi kundagi inflyasiya, qayta baholash va hokazolarni hisobga olgan holda hisoblangan qiymati.
qoldiq qiymat - bu asosiy fondlarning dastlabki yoki tiklash qiymati bilan eskirish summasi o‘rtasidagi farqdir.
Asosiy fondlarni to‘liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari summasi quyidagicha hisoblanadi: