Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Download 1.99 Mb.
Page79/82
Date14.06.2023
Size1.99 Mb.
#61528
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment” kafedrasi
Qisqacha xulosalar
Foyda - qurilish industriyasi korxonalari va tashkilotlarining ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati natijalarini aks ettiruvchi yakuniy ko‘rsatkichdir. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha qurilish korxonasining moliyaviy barqarorligi va uning keyingi rivojlanish imkoniyatlari belgilanadi.
Foyda korxona va umuman butun tarmoqni rentabellik darajasi va zarar ko‘rishini (foyda yo‘q vaqtida) aniqlash imkoniyatini beradi. U ishlab chiqarish harajatlari bilan to‘g’ridan to‘g’ri bog’liq: qancha harajat kam bo‘lsa (sifatga ziyon etkazmasdan), shuncha foyda ko‘p va rentabellik darajasi yuqoi bo‘ladi.
Qurilishning smeta qiymati avvaldan kafolatlangan foyda normasini hisobga oluvchi qurilish mahsulotining narxi hisoblanadi. Qurilishning smeta qiymatini kamaytirish – loyihalovchi, quruvchi tashkilotlari va investitsion jarayonning boshqa ishtiroqchilarining muhim vazifasi hisoblanadi.
Smeta qiymati kapital mablag’larga talabni belgilash, buyurtmachi tomonadan moliyalashtirishni boshlash, bajarilgan ishlarga hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. O‘z navbatida u baho belgilashga, investitsion jarayonning hamma bosqichlarda tejash rejimiga amal qilishga, qurilishda va loyihalashtirishda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlaridan muvafaqiyatli foydalanishga bog’liq bo‘ladi.
Bozor munosabatlari sharoitida qurilish industriyasi korxonalari va toshqilotlarining vazifasi asosiy fondlar hamda ishlab chiqarish quvvatini o‘z vaqtida va sifatli ishga tushurish asosida harajatlarni kamaytirish, foydani oshirishdir. Rentabellik ko‘rsatkichi qurilish korxonasining belgilangan samaradorlik natijasida harakat qilishga intilishini aks ettiradi.
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralari
Qurilishda baho narx-navoni erkinlashtirish siyosati. Ulgurji va chakana narx. Qurilishda bahoni belgilash sistemasi. Qurilishning smeta bo‘yicha qiymati. Bevosita harajatlar (BX). Ustama harajatlar (UX). Smeta foydasi (Rj). Rejadagi tannarx. Haqiqiy tannarx. Foyda. Smeta foydasi. Rejadagi foyda. Haqiqiy foyda. Balans foydasi. YAlpi foyda. Soliqqa tortiladigan foyda. Sof foyda. Smeta bo‘yicha rentabellik darajasi. Rejadagi rentabellik darajasi. Haqiqiy rentabellik darajasi.



Download 1.99 Mb.

Share with your friends:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page