Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment” kafedrasi
Aniq dasturni shakllantirish Dasturning aniq ro‘yxatiga markazlashtirilgan manbalar, hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari kiritiladi.
Aniq ro‘yxat quyidagilardan iborat bo‘ladi:
iqtisodiyotni, ijtimoiy sohani va mamlakat mudofaa qudratini tarkibiy o‘zgartirishni ta’minlovchi respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan markazlashtirilgan investitsiyalar limitlaridan;
xorijiy investitsiyalar va hukumat kafolati ostidagi kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq dasturidan;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq dasturidan;
ustuvor investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxati.
Ijtimoiy soha ob’ektlarining prognozlashtirilayotgan hajmlari Dasturga yiriklashtirilgan, buyurtmachilar va ob’ektlar bo‘yicha taqsimlamagan holda kiritiladi.
Quyidagilar loyihalarni amalga oshirishning birinchi yilida ularni aniq dasturga kiritishning majburiy shartlari hisoblanadi:
belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaning (investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashlari, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari) mavjud bo‘lishi;
moliyalashtirish manbalarining va kreditlarning shartnomada belgilangan muddatda qaytarilishining tasdiqlanishi.
Aniq dasturni shakllantirish jarayoni har bir loyiha bo‘yicha mufassal axborot tayyorlash, loyihani ustuvorligi bo‘yicha tanlab olish va ro‘yxatni shakllantirishdan iborat bo‘ladi.
Har bir loyiha (loyihalar guruhi) bo‘yicha axborot buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi hamda unda quyidagilar bo‘ladi:
belgilangan shakldagi loyiha pasporti;
loyihani amalga oshirish reja-jadvali;
aniq dasturni shakllantirish sanasida loyihani amalga oshirishning holati to‘g‘risidagi mufassal axborot.
Loyihaning pasporti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
texnik tavsifnomani;
atrof muhitga ta’sirni baholashni;
ishlab chiqarish va ijtimoiy mulohazalarga ko‘ra samaradorlikni va amalga oshirish imkoniyatlarini baholashni, tashkiliy tadbirlarning ko‘lamini;
mahsulotga talab hajmi va xususiyatini;
echimning muqobil variantlari mavjudligini, shu jumladan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish yo‘li bilan;
asosiy materiallar va ishchi kuchi resurslarining mavjudligini;
investitsiya xarajatlari miqdorlari.
Aniq loyiha uni amalga oshirish maqsadga muvofiqligidan, uning iqtisodiy va moliyaviy samaradorligidan, ishlab chiqarish va ijtimoiy mulohazalarga ko‘ra amalga oshirish imkoniyatlari va maqbulligidan, tarmoqni rivojlantirishning strategik vazifalariga muvofiqligidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich tanlab olinadi:
birinchi bosqichda - loyiha aniq tarmoq va mintaqani rivojlantirish ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda oldindan baholanadi;
ikkinchi bosqichda - loyiha iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va mintaqalarni rivojlantirish ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda tanlab olinadi.
Aniq dasturga iqtisodiy jihatdan samarasiz loyihalarni, shuningdek ilgari jalb qilingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzi bo‘lgan korxonalar loyihalarini kiritish taqiqlanadi.
Quyidagilar birinchi bosqichda loyihaning ustuvorligini belgilashning mezonlari hisoblanadi:
loyihaning tarmoqni rivojlantirish strategiyasiga muvofiqligi;
moliyaviy va iqtisodiy samaradorlik;
mahalliy xom ashyodan va butlovchi buyumlardan foydalanish darajasi;
tayyorlangan mutaxassislarning mavjudligi;
loyihaning amalga oshirishga tayyorlanganligi darajasi;
ishga tushirilgandan keyin foydalanish xarajatlari.
Har bir mezonning muhimlik darajasi tarmoqni rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ikkinchi bosqichda uch yillik davrda respublika iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgartirishlar prognoziga muvofiq qo‘shimcha ravishda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:
tarmoq (mintaqa)ning istiqboldagi prognoz o‘sish sur’atlari;
eksport salohiyatining prognoz o‘sish sur’atlari;
tarmoqning umuman respublika bo‘yicha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirining o‘zgarishi;
tarkibiy omillar;
ilgari qo‘yilgan investitsiyalar samaradorligi;
asosiy fondlar ahvoli va quvvatlardan foydalanish darajasi;
loyihaning ijtimoiy ahamiyati.
Ikki bosqichda tanlab olish natijalariga ko‘ra Dasturga kiritiladigan ob’ektlarning aniq dasturi shakllantiriladi.
Dasturni va investitsiya loyihalarini amalga oshirishning birinchi yili ko‘rsatkichlari mavjud moliyaviy resurslar va boshqa resurslar bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lishi kerak hamda birinchi moliyaviy yilda o‘zgartirilmaydi.
Dasturni va investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ikkinchi va keyingi yillari ko‘rsatkichlari har yili aniqlashtirilishi kerak, bunda boshlanmagan loyihalarning bir qismi yangi loyihalarga almashtirilishi mumkin.