Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish Har qanday diversifikatsion loyiha to‘rtta bosqichdan iborat bo‘ladi:
loyihani asoslash va ishlab chiqish (diversifikatsiya oldi ishi);
loyihalashni tugatish va yakuniy xulosalar chiqarish.
O‘z navbatida ishlab chiqarish diversifikatsiyasi dasturini loyiha muvofiq asoslash va ishlab chiqish bir nechta bosqichlarda olib boriladi.
I bosqich. Pudrat ishlari bozori kon’yunkturasi.
II bosqich. Qurilish materiallari, konstruksiyalari, buyumlari, transport xizmatlariga bo‘lgan talab va takliflarni tahlil qilish.
III bosqich. Noqurilish bozorlari kon’yukturasini tahlil qilish.
IV bosqich. Korxona moliyaviy ahvolini tahlil qilish yoki korxonadagi nochor holatga iqtisodiy tashxis qo‘yish.
V bosqich. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi turini tanlash va loyiha yoki bines – reja ishlab chiqish.
VI bosqich. Korxona faoliyati yakuniy ko‘rsatkichlarini bashorat qilish yoki oldindan aytib berish.
Qurilish korxonalari diversifikatsiya dasturini ishlab chiqishda diversifikatsion mahsulot uchun bozor imkoniyatlarini baholash, diversifikatsiya yo‘nalishini va turini tanlash kabi kalitli momentlarga katta e’tibor qaratmoqlari zarur.
Birinchi tartibli vazifalar (bozorlar kon’yunkturasi monitoringi)ni bajarish ishonchli axborotlar olish va ularni qayta ishlashni talab etadi.
Bozor axboroti tizimi uchta yordamchi tizimlarni shakllantiradi: korxona ichki hisoboti tizimi, tashqi joriy axborot yig‘ish tizimi va marketing qidiruv tizimi.
Korxona ichki hisoboti tizimi korxona faoliyatining yo‘l ko‘rsatuvchisi deb hisoblanadi. Qaytma aloqa funksiyasini bajarish bilan korxona ichki hisoboti tizimi korxona faoliyatiga bozor muhiti ta’sirini ko‘rsatadi, bu ta’sir o‘z navbatida korxona faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari o‘zgarishi dinamikasi, ijobiy yoki salbiy moliyaviy va iqtisodiy natijalar bilan ifodalanadi.
Korxona ichki hisoboti tizimining amaliyotda foydalanilgan metodlari, uning kundalik qo‘llanish xarakterini hisobga olish qurilish korxonalarining ishlab chiqarish diversifikatsiyasiga o‘tishida va uning amalga oshirilishida katta rol uynaydi.
Tashqi joriy axborot yig‘ish tizimi qurilish korxonalarini turli bozorlarda ro‘y berayotgan oxirgi axborotlar bilan ta’minlaydi. Bu turdagi axborot turining manbalari bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari, kompyuter dasturlari, gazeta va jarnallar xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari bu axborot qurilish korxonasi xodimlarining boshqa korxonalar (etkazib beruvchilar, investorlar, buyurtmachilar) mutaxasislari bilan bevosita muloqot natijasida ham olinishi mumkin.
Qurilish korxonalari olinishi qiyin bo‘lgan axborotga ega bo‘lishi uchun ixtisoslashgan marketing qidiruviga buyurtma berishlari mumkin.
1. Diversifikatsiya nima? Iqtisodiy va ishlab chiqarish
diversifikatsiyalarini tushuntirib bering.
2. Qurilish ishlab chiqarish diversifikatsiyasi mohiyatini
tushuntiring.
3. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini amalga oshirish mezonlari
nimalardan iborat?
4. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish
tartibini aytib bering.
Ушбу расмни матннинг электрон версияси ор=али слайд шаклида диапроектор ор=али намойиш этиш мумкин. 2-илова