Smeta bo‘yicha rentabellik darajasi smeta foydasi yoki rejali jamg’armalarni (Rj) qurilishning (ob’ekt, qurilish-montaj ishlari, xizmatlari) smeta qiymatiga nisbati sifatida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
R1 q Rj /S*100%
Rejadagi rentabellik darajasi qurilish tashkilotlari faoliyat natijalari bo‘yicha istiqbolni belgilash (prognozlash) maqsadlariga hizmat qiladi va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
R2 = Rj / Nk*100%
Rj– smeta foydasi yoki rejali jamg’armalar;
Nk - qurilish ob’ektiga (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlarga) kelishilgan narx;
Haqiqiy rentabellik - qurilish tugatilishi va bajarilgan ishlar bo‘yicha butun hisob-kitoblar o‘tkazishdan keyin belgilanadigan umumlashtiruvchi samara ko‘rsatkichidir. U haqiqiy foydaning (Fh) qurilish haqiqiy qiymatiga (tannarxi) (Nh) nisbati sifatida, ya’ni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
R3 = Fh /Nk*100%
Mexanizatsiyalashtirish trestlari va boshqarmalari uchun hamda ishlarni o‘z hisobidagi mashina va mexanizmlar parki orqali bajaruvchi qurilish tashkilotlari uchun rentabellik darajasi quyidagi formula bo‘yicha foydaning (Fb) asosiy ishlab chiqarish fondlari (Fas) va aylanma mablag’lar (Fayl) yig’indisiga nisbati orqali aniqlanishi mumkin:
R4= Fb / (FasQFayl)*100%
Hozirgi vaqtda mahsulot rentabelligi darajasini oshirish va foydaliligini ta’minlash har bir pudratchi tashkilot uchun muhim masala hisoblanadi, ustiga ustak uning ko‘p masalalari o‘tmishdagi xo‘jalikni boshqarishning sotsialistik amaliyotidek davlat mablag’i hisobidan emas, xususiy ishlab topilgan mablag’ hisobidan hal qilinadi. SHuning uchun ular nafaqat ko‘p «ishlab topishga», foydani ko‘paytirish va rentabellik darajasini oshirishga harakat qilishlari, balki, tejashni, xususiy ishlab topilgan mablag’dan oqilona foydalanishni bilishlari kerak.
Foydani ko‘paytirish va qurilishda rentabellikni o‘stirishning har xil yo‘llari orasida eng muhimlari quyidagilar hisoblanadi:
bahoni shakllantirish mexanizmi va foydani shakllantirishni takomilllashtirish;