Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Bozorning asosiy elementlari



Download 1.99 Mb.
Page38/82
Date14.06.2023
Size1.99 Mb.
#61528
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82
Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment” kafedrasi
Bozorning asosiy elementlari - bu narx, talab va taklifdir. Turli tovarlarga bo‘lgan talab va taklif aynan bozorda vujudga keladi. Taklif ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlariga qarab, talab esa shu tovar yoki mahsulotga bo‘lgan ehtiyojga, haridorning uni sotib olish imkoniyatiga qarab belgilanadi: tovarga bo‘lgan ehtiyoj qanchalik kuchli bo‘lmasin, uni pulsiz sotib olish mumkin emas. Agar pul bo‘lmasa, talab ham bo‘lmaydi, talab va taklifning nisbatidan esa narx vujudga keladi. Ammo talab va taklif ham birinchi navbatda narx-navoga bog’liqdir. Bozor qandaydir tarzda ushbu elementlar o‘rtasidagi muvozanat o‘rnatadi, narxni, talab va taklifni boshqaradi. Buning tabiati “Makroiqtisodiyot” kursida juda yaxshi yoritib berilgan bo‘lib, uning sxemasi 2.1-rasmda keltirilgan.
Talab va taklif o‘zaro kuchli bogliq bo‘lib, bir-birini keltirib chiqaradi. Ular qiymat qonuni orqali o‘zaro ta’sirlashadi va ishlab chiqaruvchilarga hatti-harakatlarni va resurslarni qayoqqa yo‘naltirishni ko‘rsatib beradi. qaerda talab taklifdan yuqori bo‘lsa, narx ham qiymatdan yuqori bo‘ladi. Resurslar ham shu tomonga yo‘naltiriladi, eng yuqori foyda ham shu erda bo‘ladi - har qanday tovar ishlab chiqaruvchining asosiy maqsadi ham shudir. Boshqacha qilib aytganda, qiymat qonuni asosida juda samarali tovar-bozor mexanizmi vujudga kelib, faoliyat ko‘rsatadi. Bu mexanizm ishlab chiqarishni, tovar mo‘l-ko‘lligini, ish vaqtining tejamliligini va mehnat unumdorliginining yuqori bo‘lishini tartibga soladi.
Baho
D S

R0

R 1

R 2


tovar miqdori
Talab va taklif egri chizig‘i (narxning bozordagi tovarning miqdoriga bog‘liqligi)
SHunday qilib, bozor - bu ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida tarixan vujudga kelgan xo‘jalik aloqalari usulidir. Bozordagi hamkorlar bir-birlarini erkin tanlaydilar, talab va taklif ham shu erda shakllanadi, ular o‘rtasidagi nisbat esa narxni belgilaydi. Ammo bozorda faqat ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar emas, balki ishlab chiqaruvchilarning (korxonalar, firmalar, kompaniyalar) o‘zaro manfaatlari ham to‘qnash keladi. Bu aloqa, odatda raqobat ko‘rinishida ifodalanadi va uning natijasida ko‘pincha ba’zi ishlab chiqaruvchilar bankrot bo‘lsa, boshqalari rivojlanib ketadi.
Jahon tajribasidan ma’lumki, bozor iqtisodiyoti ishlab chiqaruvchi va iste’molchiga erkinlik beribgina qolmay, balki mulkchilikni mustahkamlaydi, farovonlik va taraqqiyot uchun zamin yaratadi, ammo u yoki bu darajada muqarrar ravishda mulkiy tabaqalanishga olib keladi, buni esa ko‘pchilik adolatsizlik deb tushunadi. Bunday qarashlarning ildizi XIX asrlarga, sotsialist-utopistlarga - Grey, Prudon, Rodbertuslarga borib taqaladi, dialektik va tarixiy materializm falsafasini, K.Marks bilan birgalikda esa ilmiy kommunizm nazariyasini yaratgan F.Engels ularni o‘z asarlarida shunday birlashtirgan edi.
Masalan, agar Rodbertusning qarashlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, u bozor munosabatlarining o‘rniga mahsulotlarni maxsus kvitansiyalar asosida taqsimlashni, bu kvitansiyada esa har bir kishining qancha mehnat sarflagani ko‘rsatilishini taklif etgan edi. U bunday kvitansiyalarni “ishchi pullar” deb atagan edi. Bunda mehnat o‘lchovi sifatida oddiy ish vaqti qabulqilingan bo‘lib, uning samaradorligi, ish sharoitlari, foydalaniladigan asbob-uskunalarning xarakteri esa hisobga olinmagan. Masalan, agar mahsulotni o‘rtacha sharoitlarda bir kunda tayyorlash mumkin bo‘lsa, ammo uni ishlab chiqarishga o‘n kun ketsa, Rodbertusning fikricha, buning ahamiyati yo‘q bo‘lib, kvitansiya o‘n kunlik mehnat uchun berilaveradi. Buning ustiga, Rodbertus ishlab chiqarilgan mahsulotga talab bormi, yo‘qmi, ular ortiqcha ishlab chiqarilganmi - buning ham farqi yo‘q, mehnat qilingan bo‘lsa bo‘ldi, qancha mehnat qilinsa, shuncha kunlar, soatlar, minutlar uchun kvitansiya berilishi kerak, deb hisoblagan. Uning uchun eng muhimi - hisobga olish va nazorat qilish bo‘lgan. Uning fikricha, davlat barcha mehnat sarflarini oldindan hisobga olib, har qanday tovarning qiymati va miqdorini hech qanday bozorsiz, hatto kelgusi besh yilga aniqlab qo‘yadi. Hamma narsa aniq bo‘lishi, mehnatning esa har bir minuti hisobga olinishi kerak. Bir so‘z bilan aytganda, kvitansiyalarning summasi mahsulotlarning summasiga to‘g’ri kelishi, har bir soat mehnat uchun bir xil kvitansiya berilishi kerak.
Bu sizga tanish tuyulmayaptimi? Bu sotsialistik iqtisodiyot va yoppasiga rejalashtirish davridagi tenglashtirish mafkurasining qarashini eslatmayaptimi? O‘sha paytlarda ham besh yillik rejalar tuzilib, ularda barcha ishlab chiqariladigan tovarlar “o‘sib borayotgan ehtiyojlarimizni qondirish uchun” avvaldan belgilab olinardi. Izohga hojat yo‘q. Hohlaymizmi, yo‘qmi - ammo rejali iqtisodiyot uchun aynan shu boshqaruv mafkurasi qabul qilingan edi. Rodbertus ham aynan sinchiklab rejalashtirish, nazorat va hisob-kitobni yoqlab chiqqan.
SHunday qilib, bozorni inkor qilish va “adolat” uchun, taqsimotdagi tenglashtirish uchun kurashishning ildizlari ilk sotsialistlarning utopik (xayoliy) mafkurasiga borib taqaladi. Bugungi esa biz rejali iqtisodiyotning vaqt sinovidan o‘tmaganligiga, sobiq sotsialistik respublikalarning bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanlaganliklariga guvohmiz.
Tahlillarning ko‘rsatishicha, hozirgi kunda er kurrasida bozor iqtisodiyotidan boshqa tizimda bo‘lib, rivojlanib borayotgan birorta davlat yo‘q, ya’ni bozorsiz boy mamakat yo‘q. Tarixning g’oyatda qimmatga tushgan sof tajribasidan ma’lumki, Germaniya, Koreya va Xitoy kabi mamlakatlarni ikkiga bo‘lib, birida bozor iqtisodiyoti, ikkinchisida taqsimot (ya’ni rejali) iqtisodiyoti joriy qilinganda achinarli oqibatlarga olib keldi. CHetdan qaraganda bir millatga mansub, bir xil odamlar, er ham, tabiiy sharoitlar ham bir xil, ammo natijalar mutlaqo har xil. SHundan kelib chiqqan holda, totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti bilan bozor iqtisodiyotini yana taqqoslashga, bu munozarani davom ettirishga yana biro asos bormi?
Ammo bozor iqtisodiyotida farovonlik va taraqqiyot o‘z-o‘zidan, avtomatik ravishda vujudga kelib qolar ekan, degan fikr yuzaga kelmasligi uchun aytib o‘tish kerakki, bozor va umuman bozor iqtisodiyoti - bu “ochil dasturxon” emas. U insoniy funksiyalarni bajarmaydi. Masalan, bozor iqtisodiyoti hech qachon inkor qilinmagan, ta’qib qilinmagan o‘nlab davlatlarni misol qilib keltirish mumkinki, ularda xalqning turmush darajasi va iqtisodiy ko‘rsatkichlar aytarlik yuqori emas. Demak, bozor farovonlik va taraqqiyot uchun zaruriy shart bo‘lsa ham, ammo etarli shart emas ekan. Bozor iqtisodiyoti faoliyatining samaradorligini ta’minlash uchun kamida ikki shart - mehnatsevar aholi va tegishli davlat boshqaruvi kerak bo‘ladi. Turli mamlakatlarda bozor ardagidek, faqicha amal qiladi, ammo u har doim davlat boshqaruvi va nazorati bilan uyg’un bo‘ladi.
Davlat bozori va bozor munosabatlarining muhimligini Gelbrayd, Lindblom, Makmillan kabi mashhur G‘arb tadqiqotchilar ta’kidlab o‘tishgan. Ularning asarlarida g‘oyatda muhim xulosa ifodalangan - sof bozor munosabatlari iqtisodiyot uchun g‘oyatda mo‘rt poydevor hisoblanadi. SHuning uchun ham bozor iqtisodiyotidagi va siyosatdagi ustivor yo‘nalishlarni aynan davlat belgilab berishi lozim. Bozor talabi ham davlat tomonidan rejalashtirilishi va boshqarib borilishi zarur. Lindblomning ta’kidlashicha, “biznes uchun, u o‘z ishini yaxshi uddalashi uchun davlatdagi imtiyozli mavqe ko‘rinishidagi manfaat zarur”.
Ammo bu erda masalaga targ‘ibot nuqtai nazaridan emas, balki amaliy jihatdan qarash lozim. Gap shundaki, davlat bozorda qudratli kuchga egadir. Aytib o‘tishning o‘zi etarlidir bozor iqtisodiyotiga o‘tgan mamlakatlarda sanoat tovarlari aylanmasining 35-40 foizi faqat bozor qonunlari emas, balki davlat tomonidan ham boshqarib turiladi. Iqtisodiyotning butun davlat sektori va davlat byudjeti, shuningdek dasturlash, ma’muriyat, moliyaviy-kredit siyosati kabi muhim vositalar ham davlatning qo‘lida bo‘lib, ular yordamida davlat ham haridor, ham sotuvchi sifatida bozorning faol ishtiroqchisiga aylanadi. Bunday imkoniyatlarga ega bo‘lgan davlat o‘z buyurtmalari bilan faol kon’yunkturani qo‘llab-quvvatlab turishi, har qanday tarmoqdagi ishlab chiqarishda pasayishining oldini olishi mumkin. Davlat buyurtmalari, kapital qurilish uchun ayniqsa muhim bo‘lgan o‘zoq muddatli kontraktlar yordamida hamda firmaning o‘z ichki buyurtmalari yordamida erkin bozorda muqarrar bo‘lgan iqtisodiy taraqqiyotning davriyligini so‘saytirish mumkin.

Download 1.99 Mb.

Share with your friends:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page