Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment” kafedrasi
Moddiy – texnika resurslari etkazilishini tashkil etish Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida qurilish tashkiloti bozor orqali sotib olish borasida iste’molchi sifatida va sotish bozori orqali esa ishlab chiqaruvchi sifatida ko‘plab korxonalar bilan bog‘langan bo‘ladi. Qurilishni moddiy - texnik ta’minlash (MTT) turli etkazuvchi tashkilot va korxonalar bilan bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi. Bu etkazuvchi tashkilotlar moddiy – texnika ta’minoti tarkibiga kiradi, bu ta’minot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
yuqorida ko‘rsatilgan resurslar bilan qurilish birjalari, savdo-sotiq uylari va vositachi korxonalar orqali savdo –sotiq qilish.
Qurilish ishlab chiqarishi texnologiyasi va tashkiliyotining ilg‘or shakllari qurilish montaj ishlarini moddiy – texnik resurslar bilan komplektli holatda va o‘z vaqtida ta’minlash shartlari qat’iy bajarilishini talab etadi. Ushbu vazifaning bajarilishi ishlab chiqarish – texnologik komplektlashtirish boshqarmasi (ITKB) zimmasiga yuklatiladi.
ITKB bosh vazifasi materiallar va detallarni tayyorlash (taxt qilish), yarimfabrikatlar va konstruksiyalarni tayyorlash hamda ularni komplektli holatda bajarilayotgan qurilish – montaj ishlari grafigi bo‘yicha qurilish maydoniga o‘z vaqtida etkazib berishdan iboratdir. ITKB tashkilotlarining shakllari turlicha bo‘lib, ular ob’ektlar qurilishi spetsifikasi, ularning hududiy joylashuvi, ish turlari va hajmlari hamda boshqa konkret shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. ITKB trest topshirig‘iga binoan qurilish-montaj ishlarining rejalashtirilgan hajmlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan moddiy resurslar buyurtmachisi sifatida va transport ta’minoti tashkilotlari bilan shartnoma asosida munosabatda bo‘lish uchun maydonga chiqadi.
ITKB funksiyasiga trest manziliga tushadigan moddiy resurslarni qabul qilib olish, ularni joylashtirish va saqlash, tipli bo‘lmagan detallar va konstruksiyalarni tayyorlash, kelib tushgan materiallarni yuqori darajadagi texnologik tayyor holatda saqlash va komplektlarni qurilish maydoniga o‘z vaqtida etkazib berish kiradi. Ishlab chiqarish – texnologik komplektlashtirish boshqarmasi o‘z faoliyatini xo‘jalik shartnomalari asosida olib boradi.