1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]


-bob. ChQBT fani o‘qituvchilarini tanlash va lavozimga tayinlash



Download 1.14 Mb.
Page5/11
Date15.02.2024
Size1.14 Mb.
#63534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
591 08.11.2023
Oktam aka hisobot (2)
4-bob. ChQBT fani o‘qituvchilarini tanlash va lavozimga tayinlash
28. ChQBT fani o‘qituvchisi tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi tavsiyasiga ko‘ra ta’lim muassasasi direktori tomonidan ishga qabul qilinadi va ishdan bo‘shatiladi, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralar tizimidagi ta’lim muassasalari bundan mustasno. Ishga qabul qilinayotgan nomzodning ma’lumoti, harbiy, jismoniy va pedagogik tayyorgarligining saviyasi, shuningdek, tashkilotchilik qobiliyati hamda uslubiy ko‘nikmalari puxta shakllanganligi hisobga olinadi.
ChQBT fani o‘qituvchisi lavozimiga 60 yoshdan oshmagan oliy ta’lim muassasalarining harbiy ta’lim fakultetlarini tamomlagan va zaxiradagi (rezervdagi) ofitser unvoniga ega bo‘lgan pedagoglar, shuningdek, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan tajribali ofitserlar va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan serjantlar tayinlanadi, harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatlar sodir etganligi natijasida harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar bundan mustasno.
29. Ta’lim muassasalarida ChQBT fani o‘quv dasturidagi tibbiy bilim asoslari bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tishga tajribali tibbiyot xodimlari yoki Respublika shoshilinch tibbiy yordam o‘quv markazida tayyorgarlikdan o‘tgan o‘qituvchilarning jalb etilishi tizimida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida tashkil etiladi.
5-bob. Ta’lim muassasalari ChQBT fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish, ularga malaka toifasini va navbatdagi harbiy unvon berish
30. Ta’lim muassasalaridagi ChQBT fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish orqali ularning fanga oid bilim va malakalari mustahkamlanib, sohadagi yangiliklar yetkaziladi.
31. ChQBT fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash oliy ta’lim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi harbiy ta’lim fakultetlarida tashkil etiladi.
Malaka oshirish davomida ChQBT fani o‘qituvchilari bilan tasdiqlangan dastur asosida umumkasbiy va mutaxassislik bo‘yicha fanlardan nazariy hamda uslubiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
ChQBT fani o‘qituvchilarini malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlari tizimida ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan aniqlanadi hamda buyurtmalar shakllantiriladi.
32. ChQBT fani o‘qituvchilari har uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslariga jalb etiladi. Ilgari malaka oshirishdan o‘tmagan va ishga yangi qabul qilingan ChQBT fani o‘qituvchilariga yoki birinchi bor ishga kirgan ChQBT fani o‘qituvchilari kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng malaka oshirishga jalb etiladi.
33. Malaka oshirishdan o‘tgan ChQBT o‘qituvchilariga tizimida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda malaka toifalari beriladi.
34. Zaxiradagi va rezervdagi harbiy unvonga ega bo‘lgan ChQBT fani o‘qituvchilariga rezervdagi harbiy unvon O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda beriladi.

Download 1.14 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page