SH.B.JO‘RAQULOV, M.CH.ABDULLAYEV, X.O‘.ESHQULOV, F.Q.XOLMO‘MINOV SANOAT KATALIZATORLARI VA ADSORBENTLARI fanidan amaliy mashg‘ulotlari uchun
METODIK QO‘LLANMA
TOSHKENT 2023 1-AMALIY MASHG‘ULOT KATALIZATORNI XOM ASHYOSINI TANLASH
Sanoatda ishlatiladigan katalizatorlar kuyidagi talabalarga javob berishlari kerak:doimiy yuqori katalitik aktivlikka, tanlovchanlikka, mexanik pishik, haroratga chidamli, katalitik zaharlarga bordoshli, uzok muddat ishlash va regeneratsiyalanishga (tiklanish) xususiyatiga, aniq bir gidrodinamik (xarakteristikasiga) kattaliklarga ega bulishi va narxi arzon bo‘lishi kerak. Bu talablar birinchi navbatda geterogen katalizi katalizatorlariga taalluqlidir.
Katalizator tanlashda umumiy nazariya yuk. Sanoatda qo‘llaniladigan katalizatorlar emperik (tajriba) tanlanadi. Lekin, kataliz mexanizmiga asoslanib, ayrim tipdagi reaksiyalar uchun katalizator tanlash mumkin.
Katalitik jarayonlar uchun katalizator tanlashni texnologik va ekonomik tamoillariga katta etibor beriladi. Katalizator aktiv selektiv turg‘un o‘tga qizdirishga bardoshli oson regeneratsiyalanuvchan mehanik mustahkam bo‘lishi kerak.
Katalizator yuqori intensiv yoki aktiv bo‘lishi uchun kimyoviy va mineraltarkibli va g‘ovakli katalizatorlar aktivligi Yuqori deb qaraladi. Organik jarayonlarda katalizatorning selektivligi, katalitik ketma-ket paralelligi katta ahamiyat kasb etadi yoki kataliza-toraktivligi aktiv holatga keltirish uchun sarflangan harorat bilan aniqlanadi. Bu hususiyat katalizatorlarni qo‘zg‘zalmas qatlamda qo‘llanganda e’tiborga olinadi
Katalizatorni issiqlikka bardoshliligini vaqt davomidao‘zgaruvchanharoratda qo‘zg‘almas qatlamli katalizatorlar uchun ahamiyatli haroratning ortishi kontakt massalarning kimyoviy jarayonda aktiv bo‘lmagan kristallar bilan granula g‘ovaklarini kichiklashtirib aktivligini susaytiradi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik katalizatorlarni barcha qatlamida bir xil haroratni ta’minlaydi.
Yuqori issiqlik beradiga jarayonlarda issiqlik o‘tkazuvchan katalizatorlardan foydalanish ayrim qatlamlardagi mahsulot chiqishini kamayishini kontakt massaning aktivligini kamayishiga olib keladi. Katalizator granulalarining mustahkamligi uning reaktori bir necha yillar davomida ishlashini ta’minlaydi.
Qo‘zg‘aluvchan qatlamli katalizator reaktorda bir biriga urilish ishqalanishi reaktor devorlariga urilishiga chidamli bo‘lishi kerak bu mehanik mustahkamligi orqali ifodalanadi. Qo‘zg‘aluvchan qatlamda katalizator mustahkam bo‘lmagan holda qo‘lla-nilsa mahsulot chiqimini pasayishiga apparatlarni kirlanishiga va boshqa nohush-liklarga olib keladi.
Katalizator zaharlarga bardoshli bo‘lishi kerak. Katalizator arzon, regeneratsiyalanuv-chan, texnologiyasi sodda va qulay bo‘lishi shart.