Fanni o‘qitishdan maqsad - zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, zamonaviy shaxsiy komp’yuterlar va ularning atrof qurilmalari, sistemali dasturiy ta’minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikasion texnologiyalar, Microsoft Officening dasturiy vositalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
- informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va imkoniyatlarining ochib berish;
- axborot tizimlari va texnologiyalarini nima maqsadida va qanday qo‘llash haqida tushuncha hosil qilishdan iborat.
Kompyuter va mobil qurilmalar operatsion tizimlari. Xizmat ko’rsatuvchi dasturlar va utilitalar.
Reja:
Kompyuter strukturasiva tuzilishi.
Windows operatsion tizimi. Android OS, uni ishlash prinstipi.
Dispetcher zadach. Boshqaruv paneli bilan ishlash. Utilitlar.
XXI-asr axborot texnologiyalari asridir. Axborot texnologiyalari hayotimizning barcha jabhalariga kirib kelgan va mustahkam joy olgan. Hozirda qanday soha bo’lmasin, uni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Axborot texnologiyasi – bu obyekt, jarayon yoki hodisalar holati haqidagi ma’lumotlarni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jihatdan mutloq yangi ko’rinishga keltiruvchi ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash, uzatishning vosita va usullari majmuasidan foydalanish jarayonidir.