Baholash ishi va investitsiyalar



Download 1.76 Mb.
Page112/116
Date02.04.2024
Size1.76 Mb.
#63972
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Baholash ishi va investitsiyalar
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
Turli xil amaliyotlar. Mehnat, ijtimoiy, til o’rganish, pedagogik, malakaviy va b. amaliyot nomi, joyi va davri yoziladi.

  • Qo’shimcha ta’lim muassasalari va turli hil o’quv kurslaridagi mashg’ulotlar. Ta’lim muassasasi yoki tashkilot nomi, o’qish muddati va natijalari keltiriladi.

    • Olimpiada va tanlovdagi ishtiroki. Tadbir nomi, o’tkazilgan vaqti va talabaning natijasi qayd etiladi.

    • Ilmiy anjuman, seminarlardagi ishtiroki. Tadbir mavzusi, tadbirni o’tkazgan tashkilot, o’quv muassasasi nomi va talaba ishtiroki shakli.

    Boshqa faoliyat turlari.

    1. Taqrizlar portfoliosi. Talabaning turli sohadagi faoliyati bo’yicha o’qituvchi, ota-onasi, kursdoshlari, qo’shimcha ta’lim tizimi xodimlari va boshqa shaxslarning xulosalari, taqrizlari xamda talabaning faoliyati va uning natijalari bo’yicha o’z tahlillaridan iborat buladi.

    Afzalliklari: Bu portfolio talabani o’quv-tarbiyaviy va kelajakdagi faoliyati bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni anglash darajasini kuchaytiradi hamda o’z-o’zini baholash mexanizmini yaratib beradi.
    Cheklanishlari, kamchiliklari: To’plangan materiallarni bir shaklga keltirish va hisobga olishning murakkabligi.
    Taqrizlar portfoliosining namunaviy tarkibi:

    • bajarilgan ishlar sifati bo’yicha taqrizlar;

    • qo’shimcha ta’lim muassasasining ijodiy guruhlaridagi ishlari, ilmiy-amaliy anjumanlardagi chiqishlari bo’yicha taqrizlar.

    • talabaning o’z faoliyati bo’yicha xulosalari, baholari;

    • keyingi faoliyat yoki keyingi bosqichdagi o’qishni qanday tashkil etish bo’yicha talabaning o’z xulosalari;

    • amaliyotlar bo’yicha tavsiya xatlar;

    • boshqa sohalar bo’yicha taqriz va xulosalar.

    Yuqorida taklif etilgan portfolio modellarini tahlil qilgan va chuqur o’rgangan holda murakkab portfolio, ya’ni barcha modellarni birgalikdagi shaklida yoki oddiy, ushbu portfolioning bittasini yuritish mumkin.
    Amalda portfolioning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:

    1. «Portfolio-kollektor». Bu portfolio talaba muallif bo’lmagan materiallardan iborat bo’ladi. Bunga o’qituvchi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlar, qo’llanma va ko’rsatmalar, elektron o’quv adabiyotlari, o’quv-vizual materiallar, maqolalar, lug’atlar yoki talabaning o’zi mustaqil topgan adabiyotlar hamda boshqa o’quv materiallari kiradi.

    2. «Jarayon portfoliosi» talaba tomonidan o’quv, uslubiy, ilmiy-izlanish, ijodiy, axborot va ijtimoiy loyihalarni bajarish jarayonida erishgan bilimi va malakalarini mustaqil qo’llash malakasini namoyish qiladi. Portfolio talabaning loyihalash jarayonidagi barcha bosqichlarni: muammoni aniqlash, loyihani ishlab chiqish, loyiha bo’yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkil etish, texnologik bosqich (loyihani amalga oshirish), yakuniy bosqich, taqdimot va loyihani baholashni o’z ichiga olishi kerak.

    3. «Ko’rsatkichlar portfoliosi» talabaning biror bir soha bo’yicha mahoratini va ko’rsatkichlarini jamlash xamda ko’rsatish maqsadida yaratiladi. Unga talabaning o’zi yoki ustozi tomonidan tanlagan eng yaxshi ijodiy ishlaridan namunalar qo’yiladi.

    4. «Baholash portfoliosi» talabaning olgan bilimlari va malakasini nazorat qilish maqsadida to’ziladi va u turli hil nazorat materiallaridan: nazorat ishlari, testlar, sxemalar, krossvordlar va boshka topshiriqlardan iborat bo’ladi. Baholash portfoliosi o’qituvchi tomonidan mustaqil to’ziladi va uni rejalashtirilgan, maqsadga yo’naltirilgan natijaga erishish uchun o’z vaqtida talabalarga takdim etishi talab etiladi.

    5. «Yutuqlar portfoliosi» talabaning o’quv-tarbiyaviy jarayondagi eng yaxshi ishlari va yutuqlarini ko’rsatuvchi hujjatlardan tashkil topadi. Bu portfolioga talaba o’z hohishi bilan o’zining eng yaxshi loyihalarini, olgan tashakkurnomalari, maqtov yorliklari, diplomlari, taqrizlar va o’z faoliyatini namoyish qiluvchi rasmlarni kiritishi mumkin.

    V. TALABANING ELEKTRON PORTFOLIOSI - E-PORTFOLIO


    Keyinga vaqtlarda rivojlangan davlatlarida e-Portfolio deb nomlanuvchi «Talabaning elektron portfoliosi» keng qo’llanilmokda. Bu oddiy Word formatidagi papka bo’lmasdan, maxsus multimedia tizimida yaratilgan «portfolio» hisoblanadi. Talaba uni osonlik bilan to’ldirishi, tahlil qilishi, yangi materiallarni joylashtirishi, o’zi tanlagan axborotlarni boshqarishi mumkin.
    e-Portfolioning uch xil varianti tavsiya etiladi:

    1. Rivojlantirish portfoliosi – developmental (rivojlanish-ning xususiy kompetentsiyasi).

    2. Erishgan yutuqlar portfolisi - assessment.

    3. Namoyish portfolisi – showcase.

    Rivojlantirish portfolisi (developmental) - shaxsiy yutuqlar va kamchiliklar refleksiyasi uchun qo’llaniladi. Bu bosqichda talaba va o’qituvchi o’rtasida o’zaro aloqa, munosabat, ta’sir asosiy rol o’ynaydi.
    Erishgan yutuqlar portfolisi (assessment) -talabaning fan bo’yicha erishgan yutuqlari va bilimini aniq va to’g’ri baholash uchun xizmat qiladi.
    Namoyish portfolisi (showcase) - o’quv kursini yakunida yaratiladi va talabaning olgan bilimlarini (tayyor kadr sifatida) potentsial ish beruvchiga taqdim qilish yoki o’qishni davom ettirishga tavsiya etish maqsadida tashkil etiladi. Bu turli ko’rinishdagi Curriculum Vitae hisoblanadi.
    e-Portfolio yuqorida keltirilgan uch variantning birgalikdagi ko’rinishida ham bo’lishi mumkin. Bunda multimedia axborotlardan ham foydalaniladi.
    e-Portfolio talabaning o’zlashtirishi va turli sohalardagi erishgan yutuqlari monitoringini yuritishning printsipial yangi, refleksiyaga asoslangan vositasi bo’lim, talaba bilimi natijalarini ball tizimida emas, balki sifat jixatdan baholash imkonini beradi. e-Portfolio yaratish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan, masalan Angel qobig’i.
    «On-lain- portfolio» turli ko’rinishda bo’lishi mumkin. Masalan:

    • kursning umumiy saytida buning uchun maxsus ajratilgan bir qancha hujjatlar va materiallarni yuklash orqali talaba tomonidan tuzilishi mumkin;

    • talabaning shaxsiy veb-varag’ini yaratish orqali tuzilishi va unga o’quv kursi bo’yicha o’z tushunchalari asosidagi hisobotlar kiritilishi mumkin.




    Download 1.76 Mb.

    Share with your friends:
  • 1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




    The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
    send message

        Main page