10- mavzu. Sanoat korxonalarining innovasion va investitsion faoliyati



Download 43.44 Kb.
Page1/10
Date28.05.2024
Size43.44 Kb.
#64331
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
mavzu 10 SIM (4)(1)

10- mavzu. Sanoat korxonalarining innovasion va investitsion faoliyati

  1. Innovatsiyalarning mohiyati, turlari va ularning tasnifi

  2. Innovatsion faoliyat subyektlari va innovatsiyalarni moliyalashtirish

  3. Investitsiya tushunchasi va mohiyati

  4. Investitsiya turlari

10.1.Innovatsiyalarning mohiyati, turlari va ularning tasnifi
Innovasiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi. Innovatsiya deganda yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim.
“Innovasiya” atamasi lotincha “novatio” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish” (yoki “o‘zgarish”), “in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “yo‘nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “Innovatio” ko‘rinishida tarjima qilsak – “o‘zgarishlar yo‘nalishida” deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo‘lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo‘ldi.
“Innovasiya” tushunchasi o‘zining yangi hayotini “innovasion kombinasiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi.
Mutaxassislar fikricha ko’ra aynan ushbu olim birinchi bor innovatsiya tushunchasini ilmiy asoslab bergan. Y.A.SHumpeter ilgari surgan g’oyaga ko’ra, joriy etilgan har qanday yangi texnik qaror, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi bozorlarning tarkib topishi, xomashyolar manbai innovatsiya hisoblanadi.
Y.A.SHumpeter birinchilardan bo’lib, iqtisodiy fanga ishlab chiqarish omillari sifatida “yangi kombinatsiya” tushunchasini kiritdi va uning tavsifnomasini berdi. Unga quyidagilar kiradi:

  • iste’molchilarga ma’lum bo’lmagan moddiy ne’matni yaratish yoki yangi u yoki bu ne’matni ishlab chiqish;

  • tegishli tarmoqga yangi hali ma’lum bo’lmagan ishlab chiqarish usulini joriy etish (uning asosini ilmiy yangi kashfiyot usulidan foydalanib yaratilgan tovar tashkil etadi);

  • bozorning avval mavjudligi va mavjud emasligidan qat’iy nazar tegishli tarmoqda mutlaqo yangi sotish bozorini o’zlashtirish;

  • yangi xomashyo yoki yarim fabrikat manbalarini topish (ushbu manba oldin ma’lum bo’lishi yoki uni yaratish imkoni bo’lishidan qat’iy nazar);

  • boshqa korxonalarning monopol holatiga qarshi kurashish uchun korxonani tarkibiy qayta tuzish.

Innovasiyalarning ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi
Ilm-fan – bu ma'lum mablag‘larni bilimlar va g‘oyalarga aylantirish.
Innovasiyalar – bu bilimlar va g‘oyalarni mablag‘larga aylantirishdir.
Ixtiro – bu yangi konsepsiyani yaratish demak.
Innovasiya – bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib ko‘rsatish va uni muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirish.

Download 43.44 Kb.

Share with your friends:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page