Bilvosita iqtisodiy usullar. Davlatning innovatsion siyosatidagi iqtisodiy usullari asosan bilfond iqtisodiy tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Bunga innovatsion resurslarni olish imkoniyatiga ega bo’lish va ularning tarkibi va baxosi, innovatsion xavf-xatarni yumshatish okibatlari kiradi. Eng ko’prok ko’llaniladigan usullar kredit va solik siyosati xisoblanadi. Kredit siyosati yangiliklarni moliyalashtirishga yo’naltirilayotgan moliyaviy resurslar xajmini tartibga soladi.
2020 yilning 24 iyul kuni davlat rahbari “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini № 630 imzoladi va shu kundan boshlab u kuchga kirdi.
6 bob va 39 moddadan iborat mazkur Qonun innovatsiyalar sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi:
• innovatsion rivojlanishni huquqiy tartibga solishni ta'minlash;
• ustuvor yo'nalishlarni belgilash;
• innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish;
• innovatsion faoliyat subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
• davlat respublika, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
• innovatsion faoliyatga investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish;
• innovatsiyalar sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
• innovatsiyalar sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
• innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
10.3. Investitsiya tushunchasi va mohiyati, turlari va ularning tasnifi «Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so’zidan kelib chiqqan bo’lib «qo’yish», «mablag’ni safarbar etish», «kapital qo’yilmasi» ma’nosini beradi.
Investitsiyalar - foyda olish maqsadida kapitalni joylashtirish. Investitsiyalar zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismidir. Investitsiyalar investor (qarz beruvchi) uchun tavakkalchilik darajasida kreditlardan farq qiladi - loyihaning rentabelligidan qat'i nazar, kredit va foizlar kelishilgan muddatda to'lanishi kerak, investitsiyalar (investitsiya qilingan kapital) faqat foydali loyihalarda qaytariladi va daromad keltiradi Agar loyiha foydasiz bo'lsa, investitsiyalar to'liq yoki qisman yo'qolishi mumkin.
Investitsiyalar - bu foyda olish uchun uzoq muddatli kapital qo'yilmalar. Investitsiyalar korxonada takror ishlab chiqarishni kengaytirishni ta’minlash, mahsulot sifatini oshirish, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va milliy iqtisodiyot tarmoqlarni mutanosib rivojlantirishning asosi hisoblanadi.
Keng ma'noda investitsiyalar tadbirkorlik faoliyatiga qo'yilgan barcha turdagi moddiy va intellektual qadriyatlar (binolar, uskunalar, nou-xau, pul mablag'lari va boshqa qiymatlar) hisoblanadi. Iqtisodiy nazariya va amaliyotda odatda «investitsiyalar» va «kapital qo'yilmalar» tushunchalari farqlanadi.
Kapital qo'yilmalar torroq tushunchadir, chunki ular faqat korxonaning asosiy kapitaliga (yangi qurilish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, uskunalar sotib olish va boshqa xarajatlar) ni o'z ichiga oladi.
Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo’naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. Investitsiya tushunchasiga yangi kapitalni barpo etish uchun sarflangan xarajat sifatida xam ta’rif berish o’rinli.
Investitsiyalar - bu yangi korxonalar qurilishiga, mashina va asbob-uskunalar sotib olishga, ya’ni yangi kapitalni barpo etishga ketgan xarajatlardir.
Investitsiya tushunchasini to’la yoritish uchun unga berilgan tariflarni keltirish joiz. Investitsiyalar - bu xali bo’yumlashmagan, lekin ishlab chiqarish fondlariga qo’yilgan kapitaldir. O’zining moliyaviy shakliga ko’ra, ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko’ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga xamda shu bilan bog’liq bo’lgan aylanma kapitalning o’zgarishiga ketgan xarajatlardir.
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi:
avaylangan (birlamchi jamg’arilgan) kapitalni ko’paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish;
investitsion loihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
investitsiya kiritishda, avvalo:
investitsiya faoliyati sub’ektlarning mustaqilligi va tashabbuskorligi;
kiritilayotgan moddiy ne’matlarga investitsiya maqomini berish (fuqaro o’zining extiyojlarini qondirish uchun olgan buyumlari investitsiya bo’la olmaydi);
qonun bilan belgilangan investitsiya faoliyatini amalga oshirish imkoniyati yaratilishi zarur bo’lib hisoblanadi.