10- mavzu. Sanoat korxonalarining innovasion va investitsion faoliyati



Download 43.44 Kb.
Page8/10
Date28.05.2024
Size43.44 Kb.
#64331
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
mavzu 10 SIM (4)(1)
Markazlashtirilmagan investisiyalarning manbalari
Markazlashtirilmagan investisiyalarning manbalari quyidagilardan iborat:

  • investorning shaxsiy mablag‘lari;

  • O‘zbekiston Respublikasining kafolatisiz olingan, shu jumladan chet el banklaridan olingan bank kreditlari;

  • to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investisiyalari.

Markazlashtirilmagan investisiyalar qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa manbalardan ham amalga oshirilishi mumkin.
(37-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son)
Markazlashtirilmagan investisiyalarni boshqarish investor tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Investitsiyalarning ichki manabalari quyidagilar:

  • ishlab turgan asosiy kapitalga hisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari natijasida shakllanuvchi, korxonaning o’z moliyaviy fondlari;

  • foydaning investitsiya extiyojlariga ajratiluvchi qismi;

  • sug’urta korxonalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa hodisalarda to’lanuvchi mablag’lar;

  • korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag’lar;

  • yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida ajratiluvchi mablag’lar;

  • xayriya va shu kabi boshqa mablag’lar.

Investitsiyalarning tashki manbalari quyidagilar:

  • markaziy va mahalliy byudjetdan, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlovchi turli hil fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag’lar;

  • korxonalar Nizom jamgarmasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida shaxslarning to’gridan-to’gri qo’yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy investitsiyalar;

  • davlat va turli hil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar.

Investisiyalarni va investisiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha imtiyoz hamda preferensiyalar berish
Investisiyalarni va investisiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llaniladigan imtiyoz hamda preferensiyalar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • davlat mulki bo‘lgan ob'ektlarni yoki ularga bo‘lgan mulkiy huquqlarni imtiyozli yoki nolga teng xarid qiymati bo‘yicha investorga berish;

  • soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berish;

  • investisiya loyihasini amalga oshirish uchun investor tomonidan olinadigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini subsidiyalash.

Imtiyozlar va preferensiyalar quyidagilarga qarab beriladi:

  • investisiyalar hajmiga;

  • investisiya loyihasi amalga oshiriladigan joyning shart-sharoitlariga;

  • kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samaraga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga;

  • investisiya loyihasini amalga oshirish sohalari va tarmoqlariga.

Soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar qonunda belgilangan tartibda beriladi.
34- moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan investisiyalarni va investisiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘llaniladigan preferensiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan, shu jumladan munisipal ob'ektlarga nisbatan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablag‘lari hisobidan berilishi mumkin.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining investisiya dasturi
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investisiya loyihalarini amalga oshirish ishtirokchilariga soliq va boshqa imtiyozlar beriladi. Har bir alohida investitsiya loyihasi yoki umuman, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi bo‘yicha imtiyozlarning aniq ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.

Download 43.44 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page