10- mavzu. Sanoat korxonalarining innovasion va investitsion faoliyati



Download 43.44 Kb.
Page3/10
Date28.05.2024
Size43.44 Kb.
#64331
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
mavzu 10 SIM (4)(1)
Innovasiyalarning turlari
Innovasiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
mahsulotga oid innovasiyalar — texnik va texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotni (ishlarni va xizmatlarni) ishlab chiqishga hamda joriy etishga qaratilgan innovasiyalar;
jarayonga oid innovasiyalar — texnik va texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan ishlab chiqarish yoxud ta'lim usullarini ishlab chiqish va joriy etishga, shuningdek texnologiyalar transferini amalga oshirishga qaratilgan innovasiyalar;
marketingga oid innovasiyalar — mahsulotlarning dizayni va qadoqlaridagi o‘zgarishlarni qamrab oluvchi yangi yoki takomillashtirilgan usullarni joriy etishga, mahsulotni (ishlarni va xizmatlarni) sotish va taqdim etishning yangi usullaridan foydalanishga, yangi narxlash strategiyalarini shakllantirishga qaratilgan innovasiyalar;
tashkiliy innovasiyalar — biznesni tashkil etish va yuritish, ish o‘rinlarini tashkil etish va tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yishning yangi yoki takomillashtirilgan usullarini joriy etishga qaratilgan innovasiyalar.
Innovasiyalarning tasniflanishi ham innovasiyalarning faoliyatiga ulkan ta'sir ko‘rsatadi.
Ularni quyidagicha tasniflash mumkin:

Maqsadli innovasiyalarning vazifasi har bir ixtirochining ilmiy ishlarining davomiy ishlanmalari sifatida hamda tadbirkorlik faoliyatida qaysidir muammoni yechishga qaratilganligi bilan izohlanadi.
Strategik innovasiyalar raqobat maydonida ustunlikka ega bo‘lish uchun ishlatiladi. Aynan kimningdir mahsulotini andaza qilish natijasida ishlatilishi bilan xarakterlanadi.
Favqulodda holat innovasiyalari tabiiy ofatlar va turli hil xavf tug‘diruvchi holatlarda yechim topilib, innovasion yo‘l sifatida tavsiflanishi orqali namoyon bo‘ladi. Shuningdek, uning tarkibiga kiruvchi innovasiyalarni xavfsizlik bo‘yicha yo‘riqnomaga kiritishi talab etiladi.(Korona virusga qarshi vaksinasiya ishlab chiqish)
Majburiy innovasiyalar vazifasi va xususiyatlari jihatdan favqulodda holat innovasiyalariga juda yaqin bo‘lib, ular asosan mamlakatdagi dolzarb masalaga qaratilgan yechimlarning o‘zgacha ko‘rinishini ifodalaydi. Bunga misol sifatida Xitoy aholisining oziq ovqat bilan ta'minlashda go‘sht muammosi yuzaga kelgach, sun'iy go‘shtning yaratilishi iste'molga kiritilishini keltirish mumkin.
Innovasiyaning ko‘rinishi 2 xil bo‘ladi:
1.Soft innovovation- sodda innovasiyalar ya'ni mahsulot ko‘rinishida bo‘lmagan innovasiyalar.
2.Hard innovovation- murakkab innovasiyalar ya'ni mahsulot ko‘rinishiga ega innovasiyalar.
Sodda innovasiyalarga ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy va xattoki lingvistik innovasiyalar kiritiladi. O‘zbekistondagi “Prezident portali” siyosiy ijtimoiy innovasiya sanaladi, vaholangki, undan foydalanishda biz komp'yuter fondlaridan foydalansak ham.
Murakkab innovasiyalarga aniq fanlarga doir bo‘lgan barcha ixtirolarni kiritishimiz mumkin. Matematika, fizika, kimyo, tibbiyot, komp'yuter texnologiyalari va h.k.
Innovasiya turiga ko‘ra, moddiy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiyga bo‘linadi. Tashkilotning iqtisodiy maqsadlariga erishishga ta'sir qilish nuqtai nazaridan, moddiy-texnik innovasiyalarga mahsulot innovasiyalari (mahsulotlar) va texnologik innovasiyalar kiradi (texnologiya).
Mahsulot innovasiyasi sizga yangi mahsulot narxini oshirish yoki eskisini o‘zgartirish orqali, shuningdek sotishni ko‘paytirish orqali foyda o‘sishini ta'minlashga imkon beradi.
Innovasiyalar masshtabiga ko‘ra 4 ta bo‘ladi:
1.Mahalliy
2.Mintaqaviy
3.Mamlakat miqiyosidagi
4.Jahon miqiyosidagi
Mahalliy innovasiyalar ma'lum bir tuman, ovul, shaharda ishlatiladigan innovasion mahsulotga aytiladi. Ular uchun ushbu mahsulot an'anaviy mahsulotga aylangan bo‘lishi mumkin, ammo boshqa joylar uchun u innovasion mahsulotligini ta'minlaydi.
Mintaqaviy innovasiyalar viloyat, shtatda ishlatilishiga aytiladi.
Mamlakat miqiyosidagi innovasiyalar bu ommalab ketayotgan innovasion mahsulotlarga aytilsa, jahon miqiyosidagi innovasiyalar innovasion mahsulotning eng yuqori cho‘qqisi darajasida erishilgan muvaffaqiyatiga aytiladi.
Yuqoridagilarning orasida eng muhimi bu mahalliy innovasiyalar bo‘lib, ularning muhimligi quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi:

  • Mahalliy innovasiyalar ma'lum hududda sinovdan o‘tgan bo‘ladi.

  • Mahalliy innovasiyalar o‘zining natijasinin, ya'ni afzallik va kamchiliklarini taqdim etgan bo‘ladi.

  • Uning jahon miqiyosiga qadar o‘sishi imkoniyati yuqoriligi.

  • Uning reklamaga muhtojmasligi.

Mintaqaviy innovasiyalar mahalliy innovasiyalarning yordamida rivojlanadi. Mamlakat miqiyosidagi innovasiyalar odatda siyosiy, huquqiy innovasiyalar bo‘ladi. Jahon miqiyosidagi innovasiyalar asosan tibbiy, ekologik bo‘lishadi.

Download 43.44 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page