Sarfni o’lchash asboblari va bosimlar farqi o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar yordamida sarfni o’lchash. Reja: I.Kirish
II.Asosiy qism
Ultratovushli sarf o’lchagichlar.
Kirish Texnologiyalar sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar xalq xo‘jaligining texnik taraqqiyoti, mustaqil mamlakatimizning iqtisodiyoti va madaniyatini rivojlantirish, shuningdek, aholining turmush faravonligini uchun birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan sanoatni yaratishga asos buladi. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish - texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri bulib, u ishlab chiqarish samaradorligini mutassil oshirish, mahsulot sifatini yuqori darajaga ko‘tarish, xarajatlarini kamaytirish, mehnat sharoitlarini yahshilash, ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta‘minlash va atrofmuhitni himoya qilish uchun xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi. Avtomatlashtirish ilmiy tadqiqotlarga tobora kengroq kirib borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. Bundan tashqari, avtomatlashtirish avvallari inson boshqarishga qodir bo‘la olmagan yangi, yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirishga, tabiatda ma‘lum bo‘lmagan yangi, samarali materiallarni yaratishga imkon beradi. Sanoatni avtomatlashtirishning ahvoli va istiqbollarini baxolashda faqat avtomatik boshqarish tizimlari va avtomatikaning texnik vositalari tavsifnomasi bilangina cheklanib qolmasdan, balki, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish, boshqarishning tizim va vositalarini tashkil etishning hamda iqtisodining o‘zaro shartlashilgan muammolari keng qamrovda qarab chiqilishi kerak. Bunda avtomatlashtirishning uzluksiz rivojlanuvchi jarayon ekanligini,u ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va fan-texnikaning ko‘pchilik sohalari bilan uzviy bog‘langanligini ham hisobga olish kerak. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning bevosita sharti asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash hisoblanadi. Avtomatlashtirishni rivojlantirish dinamikasiga quyidagi ko‘p sonli qonuniy va tasodifiy omillar ta‘sir ko‘rsatadi: texnologiya va qurilmaning holati hamda avtomatlashtirishga tayyorgarligi, xomashyo, chala mahsulotlar va energetik resurslarning sifati hamda barqarorligi, xodimlarning malakasi, ishchi va mutaxassislar faoliyatini tashkil etish va xokazo Asosiy qism. Sarf o’lchagich nomidan ma’lumki,biror bir mahsulotning sarfini o’lchash uchun yaratilgan qurilmadir. Turli xil sarf o’lchagichlarni harakat prinsiplari bo’yicha quyidagi asosiy guruhlarga bo’lish mumkin: - Bosim tushgandagi tezlik oqimi uzatgichlari - Issiqlik sarf o’lchagichlari - Ultratovushli sarf o’lchagichlari - Elekrtik sarf o’lchagichlari - Mikrosarf sarf o’lchagichlari - Uyurmali sarf o’lchagichlari - Oqim tezligida o’zgaruvchi detektorlar Sarf o’lchagichlarni har xil jihatdan sinflashtirish mumkin. Bu yerda asboblarning ishlash prinsiplari ularni sinfga ajratishda muhim rol o’ynaydi.SHu qarash asosida harakat prinsipi klassifikatsiyasi qabul qilingan.