Язык и социология: социолингвистика



Download 1.35 Mb.
Date23.12.2023
Size1.35 Mb.
#63032
286730

Tilning ijtimoiy ko’rinishlari Sotsiolingvistika

Подготовила:

Ишкулова В.Б.

МКА-152

Sotsiolingvistika (lot societas — jamiyat va lingvistika) tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etnografiya fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuini oʻrganuvchi ilmiy nazariy soha hisoblanadi.

  • Sotsiolingvistika (lot societas — jamiyat va lingvistika) tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etnografiya fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuini oʻrganuvchi ilmiy nazariy soha hisoblanadi.

Sotsiolingvistika quyidagi masalalarni o’rganadi:
1 - Jamiyat va til aloqadorligi va bu munosabatning tarixiy jarayon, hodisa ekanligini.
2 -Tilning ijtimoiy vazifalarini, ularning taraqqiyot xususiyatlarini.
3-Adabiy til, shevalar lug‘at boyligining kengayishi, ortib borishini.
4-Yashash muhiti yaqin, turmush tarzi o‘xshash hamda o‘zaro iqtisodiy munosabatlari shakllangan xalqlar tillarining bir-biriga ta’sirini;
5-Sotsial chegaralangan nutq xususiyatlarini;
6-Yosh, gender jihatdan farqlanuvchi nutq ko‘rinishlarini tahlil qiladi.

“Ijtimoiy lingvistika” atamasi 1952 yilda amerikalik sotsiolog G. Karri tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan.

  • “Ijtimoiy lingvistika” atamasi 1952 yilda amerikalik sotsiolog G. Karri tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan.
  • Til hodisalarining ijtimoiy hodisalarga bog'liqligini hisobga olgan holda lingvistik tadqiqotlar 20-asr boshlarida Fransiya, Rossiya, Chexiya Respublikasida olib boriladi.

Zamonaviy sotsiolingvistika tizimlilik, ma'lumotlarni to'plashning qat'iy yo'nalishi, faktlarning miqdoriy va sifat statistik tahlili, tadqiqotning lingvistik va sotsiologik jihatlarini o'zaro bog'lash kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi.

  • Zamonaviy sotsiolingvistika tizimlilik, ma'lumotlarni to'plashning qat'iy yo'nalishi, faktlarning miqdoriy va sifat statistik tahlili, tadqiqotning lingvistik va sotsiologik jihatlarini o'zaro bog'lash kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi.

Sotsiolingvistikaning obyekti - til yoki tillarning ijtimoiy faoliyatidir. Til muayyan ijtimoiy strukturaga ega bo‘lgan jamiyatda faoliyat ko‘rsatadi, shunga ko‘ra, sotsiolingvistikani tilni ijtimoiy kontekstda o‘rganadigan fan deyish mumkin. Boshqacha aytganda, sotsiolingvistika insonlarga tildan qanday foydalanish, qanday gapirish kerakligini o‘rgatishni emas, balki ularning tildan qanday foydalanishlarini, qanday gapirishlarini o‘rganadi

Sinxron sotsiolingvistika til va jamiyat aloqalariga tegishli munosabatlar va jarayonlarni o‘rganadi. Munosabatlar bu aloqalarning statikasini, jarayonlar esa ularning dinamikasini ifodalaydi.

  • Sinxron sotsiolingvistika til va jamiyat aloqalariga tegishli munosabatlar va jarayonlarni o‘rganadi. Munosabatlar bu aloqalarning statikasini, jarayonlar esa ularning dinamikasini ifodalaydi.

Diaxron sotsiolingvistika til rivojlanishining jamiyat rivojlanishi bilan aloqasini ko‘rsatuvchi jarayonlarni, ya’ni til tarixini xalq tarixi bilan bog‘lab o‘rganuvchi sotsiolingvistik tadqiqotlar yo‘nalishidir.

  • Diaxron sotsiolingvistika til rivojlanishining jamiyat rivojlanishi bilan aloqasini ko‘rsatuvchi jarayonlarni, ya’ni til tarixini xalq tarixi bilan bog‘lab o‘rganuvchi sotsiolingvistik tadqiqotlar yo‘nalishidir.

Makro sotsiolingvistika - tilning u yoki bu darajada ijtimoiy omillar bilan shartlangan yirik ko‘lamdagi jarayonlarini o‘rganadi. Bu jarayon va munosabatlar jamiyatga to‘liqligicha yoki uning katta majmuasiga: ijtimoiy qatlam, etnos, etnik guruh kabilarga xos bo‘ladi. Masalan, tilning ijtimoiy differensiatsiyasini o‘rganish makro qatlamni: mazkur milliy til va uning kichik tizimlarini o‘z ichiga oladi.

  • Makro sotsiolingvistika - tilning u yoki bu darajada ijtimoiy omillar bilan shartlangan yirik ko‘lamdagi jarayonlarini o‘rganadi. Bu jarayon va munosabatlar jamiyatga to‘liqligicha yoki uning katta majmuasiga: ijtimoiy qatlam, etnos, etnik guruh kabilarga xos bo‘ladi. Masalan, tilning ijtimoiy differensiatsiyasini o‘rganish makro qatlamni: mazkur milliy til va uning kichik tizimlarini o‘z ichiga oladi.

Sotsiolingvistik metodlarning turlari.

  • Sotsiolingvistik metodlarning turlari. Sotsiolingvistikadagi mavjud metodlarni uch turga ajratish mumkin:
  • 1) manba (material) to‘plash metodlari;
  • 2) materialni qayta ishlash metodlari;
  • 3) olingan ma’lumotlar haqqoniyligini baholash metodlari.

Birinchi guruhda sotsiologiya, sotsial psixologiya va qisman dialektologiyaga taalluqli bo‘lgan metodlar, ikkinchi va uchinchi guruhda matematik statistika metodlari salmoqli o‘rin egallaydi. Sotsiolingvistik materiallarni taqdim etishning ham o‘ziga xos xususiyati bor

  • Birinchi guruhda sotsiologiya, sotsial psixologiya va qisman dialektologiyaga taalluqli bo‘lgan metodlar, ikkinchi va uchinchi guruhda matematik statistika metodlari salmoqli o‘rin egallaydi. Sotsiolingvistik materiallarni taqdim etishning ham o‘ziga xos xususiyati bor

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 1.35 Mb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page