O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini maktab miqyosida o‘rganib chiqish bo‘yicha Metodbirlashma bayonnomasi
Xonqa tuman xalq ta'limi bo‘limi 12-sonli maktabining Amaliy fanlar yo‘nalishi Metodbirlashmasi 3 -sonli yig‘ilishining bayonnomasidan
KO‘CHIRMA
2023-yil -29-dekabr 12-sonli maktab
Qatnashdi: M Sayitmetov metodbirlashma raisi
Qatnashdilar: Metodbirlashmaning 10 afar a'zosi
KUN TARTIBI
Jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari Mansur Sayitmetov va Shukurjon Malikovalarning ilg’or ish tajribalarini ommalashtirish to’g’risida
ESHITILDI:
Kun tartibidagi masala yuzasidan metodbirlashma rahbari Sayitmetov so‘zga chiqib, Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 279-sonli ilg‘or ish tajribalarni ommalashtrish va “ommalashtrish.uz” platformasiga joylash ahvoli haqida gapirdi. Metodbirlashmamizga a’zo bo‘lgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining ish tajribalari o‘rganildi. Ular darsda qo‘llagan metodlari; Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Malikova Shukurjon voleybol to’pni pastdan , yuqoridan uzatish va qabul qilish ,Sayitmetov Mansurning voleybol bo‘yicha uslubiy tavsiyalarda to‘p uzatishni o‘rgatish mavzusi, metodbirlashmada va maktab miqyosida ommalashtrishga loyiq bo‘lib, ularni “ommalashtrish.uz” platformasiga joylashga ruxsat etiladi. Lekin, hozirda ushbu platforma yopiq bo‘lib qachonki ochilganda yoki, vazirlik tomonidan boshqa ko‘rsatma kelganda harakt qilish kerakligi eslatildi. Shunga qaramay, hozirda metodbirlashma a’zolamiz o‘zlari ustida ishlashlari, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtrishga harakat qilishlari kerakdir. Yig‘ilishda metodbirlashma raisi va a'zolari tomonidan bildirilgan fikrlar e'tiborga olib tajribali o‘qituvchining ishtajribasini maktab miqyosida ommalashtirish bo‘yicha Pedagogika kengashiga taqdim etish masalasi bir ovozdan ma'qullandi.
"Qarshilar"-yoʻq, “Betaraflar"-yo‘q. Yuqoridagi fikr-mulohazalar asosida metodbirlashma yig‘ilishida qaror qilindi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig‘ilish qarori:
Ma’ruzachi metodbirlashma rahbari M sayitmetovning ma’ruzasi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Yuqorida nomlari keltirilgan M Sayitmetov ,Sh Malikovalarning darslarda qo‘llagan metodikalari metodbirlashmada va maktab miqiyosida ommalashtirishga tavsiya etilsin va maktab pedagogik kengashiga ushbu masala kiritilsin.
Ilg‘or ish tajribalarni ommalashtrish bo’yicha tayyorlangan metodikalarni “ommalashtrish.uz” platformasiga joylash (platform ishga tushgan taqdirda) fan o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.
Maktab metodbirlashma raisi: M Sayitmetov_______
Kotiba M Sultonova __________________
Share with your friends: |