1.6-rasm. Beton qorishmalari uchun badyalar
a – ag‘dariladigan; b – ag‘darilmaydigan ikki zatvorli; v – ag‘darilmaydigan rolik zatvorli; g – beton qorishmasi solingan badyanirng dastlabki holati; d – kran yordamida ko‘tarilgan holati; 1 – zatvor; 2 – tashqi titratgich.
Qurilish amaliyotida qo‘llaniladigan badyalarning asosiy ko‘rsatkichlari– sig‘imlari bo‘lib, ular 0,35 m3 dan 8 m3 gacha bo‘lishi mumkin. Yuk ko‘tarish vositalari uchun qulay bo‘lgan kovsh-badyalarning foydali sig‘imlari 0,8...1,6 m3 hisoblanadi.
Badyalarning og‘irligi, ularning foydali sig‘imlariga joylanadigan beton qorishmasini og‘irligining 20...30% tashkil etadi. Shu bois yuk ko‘tarish vositasini tanlashda badyaning ham og‘irligi (massasi) albatta inobatga olinishi kerak. Ma’lumki, qurilish jarayonida yuk tashish ishlarining aksariyat qismi avtomobil transporti orqali amalga oshiriladi. Shu jumladan, beton qorishmasini tashishda ham ushbu transport vositasi
jadval
Beton qorishmasini tashish usulini tanlash bo‘yicha ko‘rsatmalar
Transport turi
|
Tashish masofasi km
|
Bir soatdagi beton ishlari jadalligi,
m3/soat
|
Beton qorishmasi qovush-qoqlik
ko‘rsatkichi, sm
|
Eslatma
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Avtomobillar
(bortli va o‘zi- ag‘dargichlar)
|
0,3 – 30
|
>5
|
<8
|
Cuv xo‘jaligi kurilishida eng ko‘p tarqalgan usul
|
Avtobeton-
qorgichlar
|
120
|
<5
|
Chegarasiz
|
Uzoq va tarqoq joylashgan
obyektlar uchun
|
Temir yo‘l
|
>0,3
|
>20
|
<8
|
Uzoq muddat qurilishi davom
etadigan gid-rouzellarda
|
Lentali trans- portyorlar
|
1
|
>15
|
<6
|
Beton tar-kibidagi yirik to‘ldiruvchilar maksimal o‘lchami lenta 0,3 qismidan
oshmasligi kerak
|
Beton nasos-lar va pnev-matik qurilmalar
|
0,25
|
>8
|
4...12
|
Yirik to‘l-diruvchilar o‘lchami quvur diametri 0,3 qismidan oshmasligi kerak
|
Kabel–kranlar
|
0,2...1,0
|
–
|
<8
|
Qiyin relyef sharoitlarida
|
-jadval Beton qorishmasi uchun qo‘llaniladigan badyalarning asosiy parametrlari
Parametrlar
|
Sig‘im, m3
|
0,3...0,45
|
0,5...0,65
|
0,8...1,0
|
1,6...1,7
|
0,3...3,2
|
6,4
|
Badyaning
bo‘sh holatdagi massasi, t
|
0,14...0,15
|
0,18...0,3
|
0,38...0,4
|
0,5...0,75
|
1,05...1,52
|
3,2
|
Badyaning osma ko‘tar- gichi bilan birgalikdagi
uzunligi, m
|
1,2...2,55
|
2,7...3,2
|
3,5...3,8
|
4,25
|
2,4...3,54
|
2,85
|
texnik-iqtisodiy jihatdan ancha samarali hisoblanadi. Ammo, shuni qayd qilish kerakki, beton tashish jarayonida bunday transport vositalari qo‘llanilganda, ular harakatlanadigan yo‘llarga ham qo‘shimcha ravishda alohida talablar quyiladi. Yo‘llarning notekis, o‘nqir–cho‘nqir bo‘lishi transport vositasining me’yoridan ortiqcha silkinib harakatlanishiga olib keladi va bu holat o‘z navbatida tashilayotgan beton qorishmasi strukturasi, konsistensiyasi o‘zgarishiga, betonning asosiy sifat ko‘rsatkichlari pasayishiga sabab bo‘ladi.
Bunday turdagi transport vositalari sifatida–bortli avtomobillar, o‘zi ag‘dargich avtomobillar (avtosamosvallar) va avtobetonqorgichlar qo‘llaniladi. qurilish
amaliyotidan kelib chiqkan holda va betonning bir qator hossalari inobatga olinsa, bir marta tashiladigan beton qorishmasi hajmi 1...5 m3 oralig‘ida bo‘lishi tavsiya qilinadi. Bunday miqdordagi qorishmalar uchun yuk ko‘tarish qobiliyati 3 t.dan 12 t.gacha bo‘lgan avtomobil transport vositalari tanlanishi mumkin (1.7-rasm).
8>6>8>5>8>
Share with your friends: |