Beton qorishmalarini transportlarda tashish



Download 0.7 Mb.
Page1/7
Date15.02.2024
Size0.7 Mb.
#63519
  1   2   3   4   5   6   7
Гидротехника қурилиш ишлари 2 кисм Хусанходжаев Ў
Reading Challenge 2 2nd Answer Key

Beton qorishmalarini transportlarda tashish


Belgilangan texnologik qoidalarga rioya qilgan holda tayyorlangan beton qorishmasi hajmi bo‘yicha bir jinslilik, ma’lum qovushqoqlik va boshqa bir qator hususiyatlarga ega bo‘ladi. Qorishmani qurilish jarayonida belgilangan joyga olib borish ma’lum bir turdagi transport vositasida amalga oshiriladi. Transport vositasiga quyiladigan asosiy talablardan biri–bu qorishmaning qotish jarayoni boshlangunga qadar (gidrotatsiya jarayoni boshlanishi) uni kerakli manzilga yetkazib berishdan iboratdir.
Shuningdek ma’lum zahira vaqt ham bo‘lib, unda qorishmani inshootga uzatish, yotqizish va zichlash jarayonlariga ham ulgurilishi lozim.
Suv xo‘jaligi qurilishining ba’zi sohalarida (ayniqsa, yirik gidrotexnik inshootlar qurilishida) inshoot bloklariga yotqiziladigan holis beton miqdori 1 m3 dan
500 m3/soat va uni tashish masofasi bir necha metrdan bir necha qilometrgacha bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, markazlashgan bitta beton xo‘jaligi bir necha tarqoq holatda joylashgan obyektlarga xizmat qilsa, beton qorishmasini belgilangan nuqtaga har xil sharoitlarda yetkazishda ma’lum darajada qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Beton qorishmasini tashish jarayoni uchun transport vositasini tanlashda birinchi navbatda qurilayotgan obyektning quyidagi sharoitlari inobatga olinadi: beton ishlari hajmi va davomiyligi; qorishmani tashish masofasi; betonlashtiriladigan inshootning barcha o‘lchamlari va beton tashish jarayonining texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlari (transport vositalari ish unumdorliklari, harakatlanish tezligi, tashish ishlari solishtirma narxi va hokazolar). Shuningdek, tashish jarayonida beton qorishmasining bir jinslilik bo‘yicha strukturasi va konsistensiyasi dastlabki holatida saqlanishi jiddiy ravishda talab qilinadi.
Umuman olganda, qurilish jarayonida beton qorishmasini tashish uchun turli xil transport vositalari–avtomobil, temir yo‘l, pnevmoqurilmalar, konveyerlar va kranlar qo‘llaniladi (1.2-jadval). Bajaradigan funksiyalariga bog‘liq ravishda transport vositalarini ularni asosiy va qo‘shimcha transport vositalariga ajratish mumkin. Ko‘pchilik holatlarda avtomobil va temir yo‘llar –asosiy, konveyer va
pnevmotransportlar–asosiy kranlar asosan qo‘shimcha transport vositalari sifatida xizmat qiladilar.
Beton qorishmasini tashish masofasi bir qator omillarni inobatga olgan holda qotish jarayonini chegaralashi mumkin. Birinchi navbatda qorishmaning qotish jarayoni boshlanguncha bo‘lgan vaqt aniq belgilanishi kerak. Gidrotexnik betonlar uchun yuqorida bayon qilingan vaqt qotishma tarkibidagi sement faolligi, konus cho‘kish ko‘rsatkichi va tashqi muhit harorati kabi omillarga bog‘liq ravishda, 1...1,5 soatni tashkil qilishi mumkin. Shu bois ma’lum bir joyda faoliyat ko‘rsatadigan beton tayyorlash korxonasining mahsulot bilan ta’minlash zonasi radiusi quyidagicha aniqlanadi.
R = T  t ; km (1.5a)
bu yerda: T-beton qorishmasini tashishning hisobiy tezligi, km/soat t–qorishmasini tashish jarayonida bo‘lishiga ruxsat etiladigan vaqt; soat.
Asosiy transport vositalaridan beton qorishmasini qabul qilib olish va uni qo‘shimcha transport vositasi sifatida qabul qilingan kranlar yordamida inshoot qismlariga (bloklariga) uzatish jarayonida maxsus idishlar ya’ni badyalar qo‘llaniladi. Badyalar, mahsulotni to‘kish usuliga ko‘ra ag‘dariladigan, ag‘darilmaydigan yoki buraladigan bo‘lishi mumkin (1.6-rasm).
Qurilish jarayonida juda keng ko‘lamda buraladigan kovsh-badyalar (1.6-rasm) qo‘llaniladi. Transport vositasidan beton qorishmasini bunday badyalarga ag‘darishda, ular yotqizilgan holatda bo‘ladi va kran yordamida ko‘tarilganda badyalar vertikal holatga keladi. Qorishmani to‘kish esa badyaning tub qismida joylashgan teshikdan maxsus jihozlangan zatvor orqali amalga oshiriladi.


Download 0.7 Mb.

Share with your friends:
  1   2   3   4   5   6   7




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page