Diqqat konsentratsiyasini eksperimental o`rganish. Diqqatning barqarorligini o`rganish. Reja



Download 21.26 Kb.
Page1/4
Date10.03.2023
Size21.26 Kb.
#60858
  1   2   3   4
Diqqat konsentratsiyasini eksperimental o`rganish. Diqqatning ba

Diqqat konsentratsiyasini eksperimental o`rganish. Diqqatning barqarorligini o`rganish.


Reja



  1. Diqqat konsentratsiyasining o`quv jarayonidagi o`rnini o`rganish va konsentratsiya qobiliyatini baholash.

  2. Diqqatning charchashi va konsentratsiyaning beqarorligini o`rganish.

  3. Ixtiyorsiz diqqatning ko`chuvchanlik va bo`lunuvchanlik

  4. xususiyatlari. Natijani qayta ishlash va taxlil etish. Natijalarni xisoblash va taxlil qilish.

  5. Diqqatning barqarorligi va bo`linuvchanligini o`rganish. Kuzatish tartibi, tadqiqotning yo`nalganligi. Natijalarni xisoblash va taxlil qilish.



DIQQAT – psixik faoliyatning yunaltirilishi va shaxs uchun ahamiyatli bo`lgan ob’ekt ustida to`planishdir. Yo`naltirilishi deganda psixik faoliyatining tanlovchilik xarakteri, ob’ektni ixtiyoriy yoki beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O`quvchi maktabda o`qituvchining tushuntirishlariga quloq solayotganda, mana shu eshitish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, o`z diqqatini etishish faoliyatiga ongli ravishda qaratgan bo`ladi. O`quvchining biror boshqa narsaga chalg`imasdan, o`quv materialining mazmuniga zexn qo`yib o`tirishida uning diqqatini yo`nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo`naltirilishi deganda faqat ana shu faoliyatni tanlash tushunilib qolmay, balki ana shu tanlaganini saqlab qolish va qo`llab – quvvatlash ham tushuniladi.
Diqqat psixik faoliyatining yo`naltirilishi bilan birga uning to`planishini taqozo qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga to`planishi – mazkur faoliyatga xech qanday aloqasi bo`lmagan hamma boshqa narsalardan diqqatni chalgitish demakdir.
Diqqatning bir joyga to`planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi ko`pmi chuqur e’tibor berish tushuniladi. Diqqat xar qanday faoliyatning muxim shartidir. Diqqatsiz xatto eng oddiy ishlarni ham bajarish mumkin emas. Diqqat mexnatning barcha jarayonida, ijodiy faoliyatda, o`qishda ayniqsa katta ahamiyatga ega.
K.D.Ushinskiy «Diqqat ruxiy xayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongizgizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o`tib kiradi», - deb yozgan edi.
O’quvchilar diqqatini jalb qilish qiyinligini har qanday pedagog biladi. Buning uchun maxsus pedagogik usullardan foydalanish zarur bo’ladi.
Diqqatda psixik faoliyatning yo’naltirilishi bilan birga uning to’planishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo’lmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalg’itish demakdir. Diqqatning bir joyga to’planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-ko’pmi chuqur e’tibor berish tushuniladi.
Qandaydir bir suratli kitobni tez ko’rib chiqish maqsadida uni varaqlab chiqish mumkin. Bunday holda diqqatning to’planishi kuchli bo’lmaydi. Birorta qiyinroq kitobni undagi har bir bayon qilingan fikrni tushunib olishga intilib va undagi murakkab masalani boshidan oxirigacha tushunib olish har tomonlama o’zaro munosabatlarni qarab chiqish maqsadida o’qish mumkin. Bu holatdagi diqqatning to’planishi juda kuchli bo’ladi.
Masalan: Uyga topshiriq berilgan inshoni yozib o’tirgan o’quvchi ba’zan uyda boshqalarning gapini, radioning ovozini eshitmaydi. Unda diqqatniing to’planishi kuchli bo’ladi.

Download 21.26 Kb.

Share with your friends:
  1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page