Diqqat konsentratsiyasini eksperimental o`rganish. Diqqatning ba
muvofiqlashgan diqqatga aylanadi.
Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatni ixtiyorsiz diqqat bilan almashtirib bo’lmaydi. CHunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat ongli suratda ko’zlangan maqsadlar bilan bog’liq bo’ladi va ongli qiziqishlar qo’llab turiladi. Ikkinchi tomondan muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat sof ixtiyoriy diqqatga o’xshamaydi, chunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat paytida irodaviy zo’r berish deyarli bo’lmaydi. SHuning uchun diqqatning bu maxsus turi ixtiyorsiz diqqatga nisbatan sifat jihatidan farq qiladi.
Diqqat bir necha xususiyatga ega bo`ladi:
Diqqatning ko`lami.
Diqqatning kuchi va barqarorligi.
Diqqatning bo`linishi.
Diqqatning ko`chishi.
Diqqatning tebranishi.
Parishonlik.
Diqqatning barqarorligi deganda biror faoliyat ustida uzoqroq vaqt ushlanib turishligini tushinamiz. Diqqatning barqarorligi uning kuchi bilan chambarchars bog`langandir. Odatda kuchli diqqat o`z navbatida barqaror ham bo`ladi.
Diqqat tebranish xususiyatiga ham egadir. Agar juda kuchsiz, zo`rga eshitiladigan ovozga kulok soladigan bo`lsak, masalan, soatning chikqillashiga kulok solsak, diqqatimiz jiddiy karatilgan bo`lishiga qaramay, bu ovoz gox baland, gox past eshitiladi. Bir – biriga yaqin bo`lgan yorug`lik farqini ajratishda ham xuddi shunday xodisa yuz beradi. Diqqatning bunday tebranish davrlari xisoblab chiqilgan. Ma’lum bo`lishicha, diqqat tebranishning davomiyligi uncha katta bo`lmay, 1,5 sekunddan 2,5 sekundgacha etadi.
Diqqatning bo`linishi – psixik faoliyatning shunday tashkil qilinishiki, bunda aynan bir vaqtning o`zida diqqatimiz ikkita va undan ortik narsalarga karatiladi. Diqqat xakikatan ham bo`linadimi? Bu sohada Ko`plab tajribalar utkazilgan. Natijada, ayrim Tadqiqotchilar diqqat bo`linadi desalar, boshqalari u bo`linmaydi, aksincha bir faoliyatdan ikkinchi faolyaiga tez kuchadi degan xulosaga kelganlar.
Albatta, diqqatning bo`linishi uchun bajarayotgan ishlarimiz ma’lum darajada avtomatlashgan bo`lishi lozim. Masalan, rulga yangi utirgan shofyor tormozni bosaman deb gazni bosib yuboradi yoki mashinani boshqarishga diqqat qilgan xolda yuldagi chuqurlikni ko`rmay qoladi.
Diqqat xususiyatlaridan yana biri uning ko`chishidir. Diqqatning ko`chishi deganda uning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga tez o`tishini tushunamiz. Masalan, talabaning diqqati ma’ro`za tinglashdan uni yozishga, sung yozganini tushunishga, yana ma’ro`za tinglashga tez kuchib turadi. Diqqatning kuchishini olimlar komplikao`iya degan asbob bilan ulchaydilar.
Parishonxotirlik – bu diqqatning kerak bo`lganida boshqa ob’ektga tez kuchmasligidir. Parishonxotirlik diqqatning salbiy xususiyati bo`lib xisoblanadi. Uni ikki xil ma’noda tushinish mumkin: biri kerak bo`lganida diqqatning kuchmasligi bo`lsa, ikkinchisi, aksincha, uning bir faoliyat ustida tuxtab turmasdan chalg`ib ketaverishidir.
Birinchi xil parishonlik ko`proq yozuvchilarda, olimlarda uchraydi. Masalan, yozuvchi fikrga astoydil berilganligi sababli atrofidagi narsalarni, xatto yonidagi odam murojaat qilayotganini ham sezmaydi.
Ikkinchi xil parishonxotirlikda odam biror narsa ustida diqqatini o`zok to`play olmaydi, bir narsadan ikkinchi narsaga, bir xodisadan ikkinchi xodisaga tez o`tib turadi. Bu xolat yosh bolalarda tez uchrab turadi, ya’ni ular aytilgan gapni tez uno`tib quyadi. Diqqatning salbiy xususiyatlaridan yana biri uning chalg`ishidir.
Diqqatning chalg`ishi deganda uning asosiy faoliyatdan ikkinchi darajali narsalarga o`tib ketaverishi tushuniladi. Masalan, sinfda utirgan o`quvchi diqqatini kuldan tushib ketgan kalam tovushi ham, deraza orkasida eshitilayotgan odam tovushi ham chalgitishi mumkin.
Diqqatning xususityalariga uning ko`lamini ham qo`shish mumkin. Diqqat ko`lami jixatdan tor va keng bo`lishi mumkin. Buni biz taxistoskop degan asbobda o`lchab bilishimiz mumkin.