Drenajlash orkali suvsizlantirish


Suvsizlantiruvchi bunkerlar



Download 1.31 Mb.
Page3/9
Date31.05.2024
Size1.31 Mb.
#64358
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Boyitish mahsulotlarini suvsizlantirish
Boyitish mahsulotlarini suvsizlantirish, Fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish.
Suvsizlantiruvchi bunkerlar bir necha qator temir beton yacheykalardan iborat bo‘lib, ularning har birining pastki qismi piramida yoki prizma shakliga ega. Suvsizlantirilgan mahsulotni chiqarishga ikki yoki to‘rtta teshik o‘rnatilgan.
Yacheykalar soni suvsizlantiruvchi mahsulot miqdori va suvsizlantirish vaqtiga bog‘liq. Suvsizlantiriluvchi mahsulot bunkerning yacheykalariga yuklanadi va unda bir necha soat ushlab turiladi. Suv bunkerda mahsulot qatlami orqali filtrlanadi va panjarali zulfin orqali tushirib olinadi. Yirik bo‘lakli boyitmalarning namligi 4-8 soat ichida 12-18 % dan 5-10 % gacha kamayadi. Mayda donali boyitmalarni 20-24 soatgacha ushlash talab qilinadi.
Drenajlash omborlari katta sig‘imli inshoot. Mayda zarrachali og‘ir mahsulot bo‘tanasi omborning tindirgichlariga suvning asosiy qismini yo‘qotish uchun beriladi. Tindirgichlarning cho‘kmalari greyfer kranlar yordamida omborning drenajlash qismida qiya beton polga g‘aramlanadi. G‘aramlardan suv ombor polidan o‘tuvchi drenajlash ariqchalari orqali ajratib olinadi. Drenajlash omborlarida, masalan, temir boyitmalari 6-10 % namlikkacha suvsizlantiriladi.
Quyultirish

Quyultirish deb mayda zarrachali bo‘tanadagi qattiq zarrachalarni cho‘ktirib, suvini ajratib olishga aytiladi.


Quyultirish uchun quyidagi apparatlar ishlatiladi:

  • piramida shaklidagi tindirgichlar, konusli quyultirgichlar, silindrik quyultirgichlar, shlamli tindirgichlar va x. k. lar ishlatilib, ularda zarrachalarning cho‘kishi og‘irlik kuchi ta’sirida sodir bo‘ladi;

  • gidrotsiklonlar va cho‘ktiruvchi sentrifugalar ishlatilib, ularni suvsizlantirish markazdan qochuvchi kuch ta’sirida sodir bo‘ladi;

Tindirgich va quyultirgichlarda suvsizlantirilganda bo‘tananing yuqori katlamlarida qattiq zarrachalarning miqdori sezilarsiz, shuning uchun zarrachalar bu erda erkin tushish sharoitida, ularning yirikligi va zichligiga bog‘liq tezlikda cho‘kadi.
O‘rta qatlamlarda qattiq zarrachalarning konsentratsiyasi ortishi bilan siqilib tushish sharoitiga o‘tish sodir bo‘ladi. Zarrachalar butun og‘irligi bilan cho‘kadi, shuning uchun cho‘kish tezligi kamayadi. Pastki qatlamlarda qattiq fazaning konsentratsiyasi maksimumga etadi (43-44 % hajm bo‘yicha,), cho‘kish tezligi esa amalda 0 ga tenglashadi. Bu qatlamlarda cho‘kma zichlashadi va undan yuqorida joylashgan qatlamlarning bosimi ostida suv siqib chiqariladi.
Mayin zarrachalarning cho‘kish tezligini oshirish uchun ohak, sulfat kislotasi, kalsiy xlorid, temir xlorid, poliakrilamid kabi maxsus reagentlar – koagulyantlar qo‘shiladi.

Download 1.31 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page