Ekonometrika asoslari


Ekonometrik modellarning iqtisodiy tahlilida verifikatsiya bosqichining ahamiyati



Download 2.05 Mb.
Page2/4
Date19.03.2024
Size2.05 Mb.
#63905
1   2   3   4
Sirtqi Mavzu 4. Ekonometrika

1. Ekonometrik modellarning iqtisodiy tahlilida verifikatsiya bosqichining ahamiyati

  • Verifikatsiya qilishning zarurligi. Ekonometrika – bu ma'lumotlar asosida iqtisodiy-matematik modellarni tuzish, ularning parametrlarini aniqlash va tekshirish, iqtisodiy ko'rsatkichlarning xususiyatlari haqidagi gipotezalarni va ular o'rtasidagi bog'lanishlar ko'rinishini tekshirish imkoniyatini beradi.
  • Bu esa pirovard natijada izlanayotgan iqtisodiy ob'ektni yoki jarayonni chuqurroq o'rganish va tahlil qilish, kelgusiga bashoratlashga asos bo'lib xizmat qiladi, har tomonlama samarali bo'lgan iqtisodiy qarorlarni qabul qilishga imkon beradi.
  • Har qanday iqtisodiy izlanishlar doimo iqtisodiy nazariyaning (iqtisodiy modellarni) va amaliyotni (statistik ma'lumotlarni) birlashtirishni, bog'lashni ko'zda tutadi. Nazariy modellar kuzatilayotgan iqtisodiy jarayonlarni negizini tushunib etish, ularni ifodalashga va statistik ma'lumotlar asosida bu modellarni empirik tuzish va tekshirish maqsadida foydalaniladi.

1. Ekonometrik modellarning iqtisodiy tahlilida verifikatsiya bosqichining ahamiyati

  • Modellarni verifikatsiyalash uning realligi, adekvatligini tekshirish tushiniladi. Model ma'lumotlari iqtisodiy rivojlanish yo'nalishlari va tendentsiyalarini hamda qonuniyatlarini aniqlashga yordam beradi. Shuning modelni qurish uchun olingan ma'lumotlarni tekshirish lozim bo'ladi.
  • Modelni verifikatsiyalash – u yoki bu bu sabalar bilan modelning adekvatligini tekshirish imkoniyati bo'lmasa,barcha mavjud ma'lumotlardan foydalangan xolda modelning ishonchligi va to'liqligi, funktsional aniqligi baxolanadi. Modelning nazariy ma'lumotlari uning amaldagi ma'lumotlari bilan taqqoslanadi.

1. Ekonometrik modellarning iqtisodiy tahlilida verifikatsiya bosqichining ahamiyati

  • Verifikatsiya usullari gipotezalarning statistik tekshiruvi va statistik baholashning turli usullarining aniqlik xususiyatlarini statistik tahlil qilishga asoslangan. Bu, shuningdek, ekonometrik modellarda qo‘llaniladigan verifikatsiya bosqichida retrospektiv hisoblash tamoyilini ta’kidlash lozim.
  • Tahlil qilinayotgan qatorlar dinamikasi har doim anchagina uzunroq qatorlarning tanlamasi hisoblanadi. Shuning uchun korrelyatsion-regerssion tahlil asosida olingan ekonometrik modellarning ishonchliligini har tomonlama tekshirish va baholash lozim. Tuzilgan ekonometrik modelning ahamiyatliligi, ishonchliligi va keyinchalik bashoratlashda qo‘llash mumkinligi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

Tuzilgan model ekonometrik ahamiyatliligi, ishonshliligi va keyinchalik bashoratlashda qo’llash mumkinligi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
1. Ekonometrik modellarni ahamiyati Fisher mezoni va approksimatsiya xatoligi yordamida baholanadi;
2. Ekonometrik modellar sifati ko’p omilli korrelyatsiya koeffitsienti va determinatsiya koeffitsienti yordamida baholanadi;
3. Ekonometrik model parametrlarining ishonchliligi Styudent mezoni yordamida baholanadi;
4. Qatorlarda qoldiq avtokorrelyatsiyasi Darbin-Uotson mezoni bo’yisha baholanadi.

Download 2.05 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page