Eng ilg'or talaba



Download 15.6 Kb.
Date20.04.2024
Size15.6 Kb.
#64069
E\'lon!
akvarium didaktik

Diqqat!
"Eng ilg'or talaba"
nominatsiyasi e'lon qiladi.

Assalomu alaykum Angren universitetining proffessor o'qituvchilari va aziz talabalari!


Bugungi kunda siz talabalar faqat o'qish va yozish bilan cheklanib qolishingiz xato,aynan siz o'z kasbingizni yetuk mutahasissi bo'lib yetishishingiz uchun o'z ustingizda tajribalar olib borsangiz maqsadga muvofiq bo'ladi.Shu munosabat bilan Angren universiteti "Eng ilg'or talaba" nominatsiyasini e'lon qiladi.Aynan siz Aprel oyi uchun mo'ljallangan 7 kunlik ushbu loyihada qatnashib g'olib bo'lishingiz va ushbu nominatsiyasini qo'lga kiritishingiz mumkin.
"7 kunlik" so'ziga e'tibor qaratdingiz va sizda savol paydo bo'ladi,
Nega 7 kun?
Ushbu loyihada siz uydan turib onlayn tarzda ishtirok etasiz va o'z ustingizda jiddiy ishlaysiz
Joriy yilning 8-aprelidan boshlab to 14-apreligacha siz tayyorgarlik jarayonlarini olib borasiz,diqqat qiling shartlar jiddiy.
7 kun ichida siz tayyor bo'lib,joriy yilning 15 aprelidan 21 apreligacha shartni bajarasiz.
Nominatsiya 7 ta shartdan iborat.

1-shart.
"Kitobxonlik"sharti


Bo'lib o'tadigan kun 15-aprel.
(Har bir talaba o'zlari so'nggi marta mutoala qilgan kitobini mazmuni so'zlab beradi so'zlash davomiyligi 5 daqiqa bo'lgan videorolik yasalishi kerak,nutqi ravon qog'ozga qaramay haqiqiy kitobxonlik hissi bilan tinglovchiga kitob mazmuni yetkazib berishi kerak videorolikni istalgan joyda yaratish mumkin universitet binosi,kutubxona,tabiat qo'ynida yoki uyda)

2-shart.
"Ekologik 7 g'oya" sharti.


Bo'lib o'tadigan kun 16-aprel.
(Bugungi kunda biz sog'lom bo'lsak sog'lom avlodni qoldiramiz,ko'p kasalliklar kelib chiqishi yosh avlodni nosog'lom tug'ilishida ekologik muhit juda katta rol o'ynaydi.Siz shunday loyiha yaratingki bu loyiha bizni ekologik muammolardan qutqarsin ahlat qutilaridan qutulish,havo ifloslanishini oldin olish,atrofda qog'oz va klyonkalar uchun tabiat ko'rkini buzishini va havoni zaharlanishini oldini olishda va hakozo turli yo'nalishdan bittasini tanlab olib ajoyib loyiha yarating loyihangizni 7 daqiqa davomida ta'riflab berasiz buni ham videorolik sifatida yuborasiz istalgan joyda video yasashingiz mumkin loyihaga ajoyib nom bering ekologik muhitni sof yaratishda sizning loyihangiz xizmat qila oladigan darajada bo'lsin)

3-shart
"O'z kasbimga oid men yaratgan Ixtiro"sharti.


Bo'lib o'tadigan kun 17-aprel.
(Sizning kasb-sohangiz qanday?O'sha kasb-sohangiz bo'yicha ixtiro yaratsiz videorolik yasab yuborasiz video davomida siz ixtironi qanday yasayapsiz har bitta detallarini ko'rsatib ixtiroga ta'rif berishingiz zarur video davomiyligi 10 daqiqa tezlashtirib ko'rsatsangiz bo'ladi muhimi siz yasaganingizni biz aniqlab olishimiz kerak.Qanday ixtiro? degan savol bo'lsa unda javobni eshiting.
Masalan:sohangiz texnolog bo'lsa oddiy plisos dvigateli orqali pult bilan boshqariladigan kichik mashina yasashingiz mumkin aynan bizga mana shunday bir biriga o'xshamas "IXTIRO" kerak bu esa sizning aqliy salohiyatingizga bog'liq)

4-shart
"Kimda qanday talant bor"sharti.


Bo'lib o'tadigan kun 18-aprel.
(Aziz talaba!
Siz qanday talant sohibi yoki sohibasisiz?
Qo'shiq,raqs,she'r,g'azal,
mutoala,
sahna ko'rinishi,musiqa cholg'u asbobini chalish,aktyorlik mahorati,so'z ustasi,qiziqchilik,
rassomlik.
Yuqorida aytib o'tilgan yo'nalishlar bo'yicha siz o'z talantingizni 5 daqiqalik videorolik shaklda yuborasiz.Hurmatli talabalar talantimiz ustida ishlashni boshlaymiz)

5-shart
"O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufga atalgan ijodim"sharti.


Bo'lib o'tadigan kun 19-aprel.
O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodi hammamizga tanish va u kishining ijodini butun Angren universiteti miqyosida keng targ'ib qilish uchun talabalar ushbu shartda Muhammad Yusufga atalgan boshqa ijodlarga o'xshamaydigan darajada (pozitiv va hayotiy)suratlar chizishi,she'r yozishi,g'azal bitishi yoki shoirga atalgan
ajoyib va boshqalariga o'xshamas videolavha tayyorlashlari mumkin ijod davomiyligi 5 daqiqa.Boshqalarnikiga o'xshash ko'chirib olingan ijodlar qabul qilinmaydi.
Zero,O'zbekiston xalq shoirlarini tanish va tanitish olg'a qo'yilgan qadamlarini biri bo'lib xizmat qiladi.
6-shart
"Bir varoqlik detektiv hikoya"sharti.
Bo'lib o'tadigan kun 20-aprel.
Ushbu shartda talabalar detektiv tarzda to'qima yoki hayotiy voqealar asosida bir varoqlik Detektiv hikoya yozadilar.Hikoyani puxta o'ylab yozishingiz so'raladi sababi siz yozgan hikoyalarni Angren universiteti proffessor-o'qituvchilari ko'rib chiqadilar.Hikoyani elektron variantda yozib manzilga yuborasiz
Bu shartda videorolik talab etilmaydi.

7-shart
"Ularning men haqimdagi fikrlari"sharti


Bo'lib o'tadigan kun 21-aprel.
Loyiha onlayn tarzda bo'lganligi sababli albatta bu shartda videorolik tayyorlaysizlar.
Aziz talabalar Professor o'qituvchilarning hamda kursdoshlaringizni siz haqingizdagi ijobiy va salbiy fikrlari,dars jarayonlarida siz qay darajada faolsiz doimiy talabaga xos forma va soch turmaklarida o'qishga borasizmi?
Aynan bularning hammasi jamlangan videoda ular siz haqingizda fikrlarini bayon qilishlari lozim.Video davomiyligi 5 daqiqani tashkil etadi.
Video ideal tarzda namoyon qilinsin tiniq yoritib bersangiz maqsadga muvofiq bo'ladi orangizda ilg'or talabani tanlab olishda ularning fikrlari ham muhim ahamiyatga ega.

Aziz talabalar shartlar tushunarli bo'lgan bo'lsa, tayyorgarlikni boshlaymiz! 15-aprel kunidan boshlab sizlarga manzil yuboriladi tayyorlagan lavhalaringizni 7 kun davomida o'sha manzilga yuborasizlar.



Hakamlar hayati,bo'lib o'tadigan sana va soatlar, qaysi manzilga yuborish kerakligi,(Ilg'or talabalar) uchun alohida guruh ishi,
hamda taqdirlash marosimi kunlari hammasi Angren universiteti rasmiy saytlarida e'lon qilinadi.
G'oliblar nominatsiya va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi guruh tashkillangandan so'ng barcha jarayonlar tushuntirib boriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!
Download 15.6 Kb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page