Har bir xalqning ertagi o'sha xalq tarixini, ma'naviy-madaniy turmush tarzini, ichki dunyosini, imon-e'tiqodini boshqa qardosh el-u elatlar bilan ijtimoiy munosabatlarini, urf-odatlarini, yashash joyining iqlimi va tabiiy shart-sharoitlarini o'rganishda muhim manba vazifasini o'taydi.
Ertaklarning xarakterli xususiyati shundaki, ularda fantaziyaga keng o'rin beriladi, mubolag'a, giperbola kabi tasviriy vositalardan foydalaniladi. E'tibor bersangiz, ertaklarda ijobiy qahramon albatta yovuzlik, adolatsizlik, zulm ustidan g'alaba qozonadi, yaxshilik tantana qiladi. Chunki ertak qahramonlari xalq orzu-umidlarini, manfaatini ifodalaydilar.
Xalq ertaklarini yaratilishi kelajak avlodga juda katta ta’sir ko’rsatgan. Chunki biz bolaligimizdanoq bu ertaklarni o’qib o’rganganmiz va bizning ona vatanga bo’lgan mehrimiz bolalik chog’lardanoq paydo bo’lgan. Biz ertaklarni nafaqat bolalik chog’larda balki ulg’ayganimizda ham qiziqish bilan o’qiymiz.
Ertaklarning men uchun eng asosiy xususiyati bor. U ham bo’lsa bizning yoshlik chog’larimizni eslatishi. Bu ertak kitoblarni ko’rganimizda albatta bolalik chog’larini bir zumga bo’lsa ham yodga olamiz. Ertaklar har bir insonning qalbida muxrlanib qoladi. Shunday ekan, bizning kitobxonlarimiz tomonidan kitob holiga keltirib, bizning hozirgi avlodlarimizga yetkazib bermoqdalar. Kitobxonlar bu xalq ertaklariga hech qanday o’zgarishlar kiritilishiga yo’l qo’ymasdan kitob xoliga keltirib arab xalq ertaklarini bizdan keyingi avlodlarga yetib borishlari uchun harakat qilmoqdalar. Biz bu kitoblarni asrab-avaylashimiz lozim. Zero bu ertaklar arab xalq ertaklari bizni boshqa xalq ertaklarini bilishga o’rganishga, o’sha xalqning qadriyatlarini bilishga urf odatlari va albatta bizning o’zbek xalq ertaklariga o’xshash tomonlari bor yoki yo’qligini bilishga asos bo’lib hizmat qiladi.
Men ham buvimlardan ko‘plab ertak va matallar eshitib asardagi ijobiy qahramonlarga o‘xshagim kelardi. Umuman bolaning ma’naviy rivojlanishida ertak, doston va afsonalarning o‘rni beqiyosdir. Ushbu asarlardagi yaxshilik va yomonlik, yovuzlik va raxmdillik kabi qarama-qarshi g‘oyalar bola ongini rivojlantiradi va o‘stiradi. Aytishadiku “Ertaklar yaxshilikka etaklar” deb.
Men bitiruv malakaviy ishim uchun oltita kompozitsiya ishlandi. Har bir kompozitsiya o’ziga hos ishlangan va 3 ta ertak ya’ni, “Ajoyib gilam”, “Qattiqqo’l shoh” hamda “Aql vq oltin” ertaklaridan tashkil topgan. O’zimizning milliy an’ana qadriyatlarimizni, hunarmandchiligimizni kompozitsiyalarda aynan shunday to’la ma’no-mazmunga ega yo’l bilan tomoshabinga yetkazishga harakat qilingan.
B u eskiz “Ajoyib gilam” ertagiga ishlangan kompozitsiya. Asar rang va bo’yoqlarga, issiq koloritga ega bo’lib, ranglar umumlashgan holda qo’llanilgan. Aynan ushbu ranglar orqali kompozitsiyaning mazmuni ochilishiga harakat qilingan. Bu yerda har bir kompozitsiyani umumlashtiruvchi va bog’lovchi ranglar, belgi va naqshlarni ko’rish bilan birga har bir kompozitsiyani bir-biridan farq qiluvchi jihatlarini ham uchratish mumkin.
B u eskiz ham “Ajoyib gilam” ertagiga ishlangan kompozitsiya bo’lib, kompozitsiya markazida Bahromning o’limdan qutilib qolish maqsadida Kabobchiga to’qib bergan gilami bozorda sotilayotgani, qimmatbaho gilamni sotib olish uchun xaridorlar yig’ilib bir-biridan ko’p narh taklif etib turgani tasvirlangan. Asarning asosiy koloritini oxra va moviy ranglar tashkil etadi.
Dastlab kompozitsiya uchun ko’plab homaki eskizlar tayyorlanib, grafika talabiga mos keladigan hajmni aniqlandi va kompozitsiyalar ustida ish boshlandi. Turkumning barcha kompozitsiyasi bir xil hajmda ishlandi.
B u eskiz “Qattiqqo’l shoh” ertagiga ishlangan kompozitsiya bo’lib, kompozitsiyaning birinchi planida oq libosda otda savlat to’kib o’tirgan shoh va uning askarlari tasvirlangan. Orqa planda esa Shohni qarshi olishga chiqqan haloyiqni ko’rishimiz mumkin. Kompozitsiyaning asosini ushbu obrazlar orqali ochib berish asosiy maqsad hisoblangan. Asarning koloritini oxra, oq va yashil ranglar tashkil etadi.
Bu eskiz ham “Qattiqqo’l shoh” ertagiga ishlangan kompozitsiya bo’lib, bu yerda shohning kulolchi Ahmadga qoygan tuzog’iga o’zi tushgan sahnasi tasvirlangan. U kulolchi Ahmadni qaynab turgan qozonga tashlatib o’ldirmoqchi bo’ladi, ammo sabrsizligi tufayli manzilga Ahmaddan avvalroq yetib boradi. Shohni kulol deb o’ylagan onasi uni qaynab turgan qozonga tashlashga buyruq beradi. Natijada shoh qo’rqqan hol ro’y beradi ya’ni u o’ladi kulol esa uning o’rniga taxtni egallab, uzoq vaqt davlatni adolat bilan boshqaradi.
Mazkur eskiz “Aql va oltin” ertagiga ishlangan kompozitsiya. Bu yerda meshqopchi darvish ko’rinishidagi Abu Ali ibn Sino bilan uchrashib qolgan sahnasi tasvirlangan. Abu Ali ibn Sino meshqopchining huzuriga darvish ko’rinishida keladi. Meshqopchi esa unga rahm qilib suv va boshpana beradi. Uning bu yaxshiligi evaziga darvish unga har dardga shifo bo’ladigan dorining tayyorlanish sirini aytadi. Kompozitsiyaning birinchi planida ertak qahramonlarini, orqa planda esa o’sha davr muhitini ko’rishimiz mumkin. Kompozitsiya issiq va sovuq ranglar orqali ifodalangan.
S o’ngi eskiz ham “Aql va oltin” ertagiga ishlangan kompozitsiya. Bu yerda Abu Ali ibn Sino meshqopchiga kimyoviy yo’l bilan oltin tayyorlash sirini o’rgatgan sahnasi tasvirlangan. Savdogar ko’rinishida kelgan Abu Ali ibn Sino meshqopchiga kimyoviy yo’l bilan oltin tayyorlash sirini o’rgatadi va bu sirni xalqqa ham o’rgatishini tayinlaydi. Ammo boylikdan ko’zlari ko’r bo’lgan meshqopchi Abu Ali ibn Sinoga bergan vadasini unutadi va yana avvalgidak kambag’al suv sotuvchi holiga qaytadi. Asar koloriti mavzuga mos – issiq rangda ishlangan. Qahramonlarning milliy liboslaridan, johozlar hamda naqshlardan milliylikni ochib berish maqsadida foydalanildi. Asar ruhiyatini issiq va sovuq ranglari bilan to’ldirishga harakat qilindi.
Ertaklar azaldan xalqni, ayniqsa, yosh avlodni insonparvarlik, vatanga muhabbat, rostgo'ylik va halollik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik va kamtarlik ruhida tarbiyalab kelgan.
Deyarli barcha ertaklarning g'oyaviy yo'nalishi yagona maqsadga-mehnat ahlining buyuk va yorqin kelajak uchun olib borgan kurashlarini, intilish va orzularini aks ettirishga qaratilgan. Shuning uchun ertaklar hamisha yaxshilik va murodga yetishdan iborat umidbaxsh g'oya bilan yakun topadi.
«Ertaklar — yaxshilikka yetaklar» degan naql bor xalqimizda. Ular shunchaki ko'ngil ochish vositasi, ermak emas, balki ajoyib suhbatdosh, bizni faqat ezgulikka undovchi, zavq-shavq bag'ishlovchi ma'naviy manbadir.
Share with your friends: |