Kun.uz saytida “Hududlardagi bog‘cha tarbiyachilariga oylik berilmayapti. Muammo nimada?” nomdagi maqola yuzasidan ma’lumot:
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensasiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizomda xodimning aybisiz (hududdagi favqulodda holatlar, ob-havoning keskin sovib yoki isib ketishi natijasida mahalliy hokimliklar qarorlari asosida ta’lim muassasalarining faoliyati vaqtincha to‘xtatilganda, sanitariya-epidemiologik vaziyatlar va boshqa favqulodda holatlar ro‘y berganida) bekor turib qolingan kunlar soni ham xodimning davomat kunlariga ko‘shilib, ish haqi xarajatlari uchun subsidiya miqdori hisoblanishi belgilangan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-yanvardagi 1-sonli bayoniga (№01-07/1-2045, 05.01.2023y.) asosan joriy yil yanvar oyining ikkinchi o‘n kunligida O‘zbekistonning katta qismi sovuq antisiklon ta’sirida bo‘lishi va 10 yanvardan boshlab havo harorati keskin pasayishini inobatga olib:
- maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (MTT) navbatdan tashqari ta’til e’lon qilish bo‘yicha mas’ul vazirliklarning taklifi ma’qullangan;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga nodavlat MTTlar uchun navbatdan tashqari ta’til e’lon qilish tavsiya etilgan.
Biroq, hududiy hokimliklarning bu masaladagi bayonlari (qarorlari) turlicha tasdiqlanib, ularda ta’tilning boshlanishi sanasi va uning davomiyligi belgilanmagan, faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish sanalari turlicha ko‘rsatilgan yoki aniq ko‘rsatilmagan (misol uchun, xonalarda havo harorati +20 darajadan yuqori bo‘lgan MTTlar bosqichma bosqich faoliyatini boshlashiga ruxsat etilgan).
Bunday holatda davlat-hususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat MTTga qonunchilikda belgilangan ish haqi xarajatlarini qoplashga yanvar oyi uchun subsidiya hajmini aniq hisoblash imkoni bo‘lmadi.
Shundan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ularda ishlaydigan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublika Hukumati tomonidan vaziyatga aniqlik kiritilib, tegishli qaror qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq 2023-yil yanvar oyida Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (NMTTBAT) orqali tarbiyalanuvchilar davomatini yuritgan va ob-havo keskin sovib ketishi natijasida 1-fevralga qadar o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan (yoki to‘laqonli yuritmagan) DXSH asosidagi, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, NMTTBATga kiritilgan xodimlari uchun qonunchilikka asosan ish haqi xarajatlarini qoplashga ajratiladigan subsidiya hajmi 2023-yil 10-31-yanvar davri uchun (ushbu davrda xodimlarning elektron davomatini yuritishidan qat’iy nazar) to‘liq hisoblandi va to‘lovlar joriy yilning 6 martdan, ya’ni dushanba kunidan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
2. Nizomning 16-bandida oilaviy MTTda:
ish haqi xarajatlari byudjet subsidiyalari hisobidan moliyalashtiriladigan xodimlardan amaldagi qonunchilikda belgilangan miqdorlarda ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga badal to‘lovlari hamda xodimlarga to‘lanadigan ish haqi summalari har bir xodim uchun NMTTBATda hisoblanadi va Moliya vazirligining axborot tizimiga yuboriladi.
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va boshqa ajratmalar ushlab qolingandan keyin hisoblangan ish haqi tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari orqali Moliya vazirligining tegishli axborot tizimi yordamida tuman (shahar) mahalliy byudjetlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oilaviy MTT xodimlarining tegishli bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi deb belgilangan.
Biroq, bugungi kunda kelib, bir qator DXSH asosidagi MTT rahbarlari, bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan, ushbu tartibga rioya qilmagan holda o‘z xodimlariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, shuningdek, ularning bank plastik kartalari to‘g‘risida ma’lumotlarni NMTTBATga kiritmaganligi aniqlanmoqda. Bunday holatni oldini olish maqsadida DXSH asosidagi MTT rahbarlari, xodimlariga tegishli bank plastik kartalari va boshqa zarur ma’lumotlarni, zudlik bilan NMTTBATga kiritishini so‘raymiz.
Aks holatda xodimlarning ish haqi subsidiyasini o‘z vaqtida to‘lab berish imkoniyati yo‘qligini ma’lum qilamiz (bank plastik kartalari to‘g‘risida ma’lumotlar NMTTBATda mavjud bo‘lmasa, ish haqini kimga to‘lashni ham aniqlab bo‘lmaydi) hamda Nizomning 39-bandiga asosan NMTTBATga noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar kiritilishi natijasida subsidiya va kompensasiyalarni moliyalashtirish imkoniyati bo‘lmasa, javobgarlik tegishli oilaviy MTT rahbariga yuklanganligini eslatib o‘tamiz.
O‘zbekistonda 2023-yildan 14 ta pedagogik yo‘nalishning sirtqi ta’lim shakliga qabul bo‘lmaydi
Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining ilovada ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.
Qayd etilishicha, ushbu ro‘yxatda ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.
Skrin: Lex.uz
Bunda pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekani “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.
Share with your friends: |