16-mavzu. Iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar (4 soat)
1- ma’ruza mashg‘uloti
1. Iste’mol va jamg‘armaning mazmuni. Iste’mol va jamg‘arish fondlarining shakllanishi.
2. Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi optimal nisbat. Iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha va oxirgi moyillik.
3. Jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligi. Nominal va real jamg‘arish.
Oldingi mavzularda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosi bo‘lgan milliy mahsulot va uning tarkibiy qismlarini ko‘rib chiqdik. Milliy mahsulot harakat shakllari ichida milliy daromadning ahamiyatli o‘rin tutishini, uning aholi farovonligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini bilib oldik.
Bu bobda ham milliy daromad tarkibiy qismlari tahlilini davom ettirib, uning asosiy qismi bo‘lgan iste’mol va ishlab chiqarishni kengaytirishga ketadigan qismi bo‘lgan jamg‘arishning iqtisodiy mazmunini qarab chiqamiz. Ularning darajasini aniqlovchi asosiy omillarni ko‘rsatamiz. Shu bilan birga Shaxsiy daromadning iste’moldan ortiqcha boshqa qismi – jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni va omillarini ko‘rsatib berishga ham alohida e’tiborni qaratamiz.
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, Ya’ni milliy daromad iste’mol va jamg‘arish maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildiradi. Bunda unumli va Shaxsiy iste’mol farqlanadi.
Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol qilinishini, Ya’ni ulardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.
Share with your friends: |