2- ma`ruzamashg‘uloti 1.Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari. Milliy va xalqaro valyuta tizimi.
2. Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari: oltin standart, oltin-devizli va suzib yuruvchi valyuta tizimi.
3. Valyuta kursi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. Pulning jahon xo‘jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari pulning xalqaro to‘lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi. Valyuta – bu mamlakatlar pul birligi (masalan, so‘m, dollar, funt sterling va h.k.). Har bir milliy bozor o‘zining milliy valyuta tizimiga ega bo‘ladi. Bunda milliy va xalqaro valyuta tizimini farqlash zarur. Milliy valyuta tizimi – valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda tashkil qilinish shaklini ifodalaydi. Uning tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi: