K.I.Chukovskiy (1882-1969)-XX asr bolalar adabiyotining asoschilaridan biri, “2 yoshdan 5 yoshgacha” bo’lgan bolalar psixologiyasining tadqiqotchisi. Bundan tashqari u ajoyib adabiy tanqidchi, tarjimon, adabiyotshunos olim ham bo’lgan.
Kitobning “Bolalar shoirlariga o’gitlar” bobi shunisi bilan diqqatga sazovorki, unda Chukovskiyning bolalar adabiyoti borasidagi shaxsiy tajribasi, uning hamkasblari Marshak, Mixalkov, Barto, Xarms, Vvedenskiy kabi boshqa ko’plab shoirlarning umumlashma qarashlarini o’zida mujassamlantirgan. Bundan K.Chukovskiy shunday xulosaga keladi: xalq poeziyasi va bolalarning so’z ijodkorligi bitta qonuniyat asosida yaratiladi. Bolalar yozuvchisi xalqdan o’rganishi kerak, chunki xalq ko’p asrlar mobaynida ideal badiiy uslublarni hamda bolaga to’g’ri pedagogik yondashish mahoratini o’z qo’shiq va ertaklarida mukammal ishlab chiqqan. Bolalar shoirlarining ikkinchi o’qituvchisi-bolaning o’zi. Ular o’z she’rlari bilan bolaga murojaat qilishdan avval ularning didini va ehtiyojlarini o’rganib chiqish, unga to’g’ri psixologik ta’sir ko’rsatish malakasini egallashi zarur.
Chukovskiy shoir asari matnining har bir bandida rassom uchun material bo’lishga katta ahamiyat bergan. Tasviriy obraz hamda ohang birikib bir butunni tashkil qilishi, har ikki misradan bitta rasm paydo bo’lishi kerak. Bunday sifatga ega bo’lgan she’rlarni Chukovskiy “grafikali” she’r deb ta’rif bergan bolalar shoirlariga birinchi o’git sifatida uqtirgan.
Ikkinchi o’git esa obrazlarning zudlik bilan almashinishi. Bolalarning ko’rish qobiliyati narsalarning sifatini emas, balki ularning harakatini qabul qiladi, shuning uchun she’r serharakat hamda turli-tuman personajlarga boy bo’lishi kerak. Uchinchi o’git: “…bu so’z tasvirining lirikligiga daxldor. Qo’shiq va raqs ham she’r uchun zarurdir. Bolalar o’zlarini shirin ohanglar bilan ovutishadi, she’rlar bilan xuddi musiqadek sarmast bo’lishadi.Beshinchi o’git: poetik nutqning yuqori darajada musiqiyligi.Oltinchi o’gitga ko’ra bolalar uchun yozilgan she’rlarning qofiyasi bir-biri bilan juda yaqin masofada qo’yilishi kerak.
Korney Chukovskiyning ertak-poemalarida ezgulikning yovuzlik ustidan g’alabasi, baxt, yorqin hayot sari keskin kurash bo’rtib turadi. Masalan, shoirning "Moydodir" asarida bolalarning odobli, ozoda, har doim to’gri so’z bo’lishi va tozalikka rioya qilish mavzusi ilgari surilgan. Asar qahramoni qator fazilatlarga loyiq. Lekin bir aybi bor. Faqat kir-chir yuradi. Shuning uchun bir kuni unga xizmat qiluvchi barcha narsalar ish tashlaydi, undan yuz o’girib qochib ketishadi. Bola voqeaga tushunmay, xafa bo’lib turganida joniga yuz-qo’l yuvgich oro kiradi. Shoirning "Pashsha-xarxasha", "Telefon", "Fyodora o’tkazgan alam", "O’g’irlangan quyosh", "Filisa kitob o’qir", "Kirpilar kuladi" singari asarlari xam bolalar uchun maroqlidir. "Doktor Voyjonim" asari bir umr bolalarga shodlik-quvonch bag’ishlab kelmoqda. Voyjonimning oqko’ngilligi, mehribonligi, jonkuyarligi, hayvonlar bilan inoq, do’stligi ibratomuz chizib berilgan