KARIMOVA JAHONA O‘KTAMJON QIZI (JAMOATCHILIK YO‘NALISHI)
2001-yil Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. Millati – O‘zbek.
2008-yilda Oltinko‘l tumanidagi 48-umumta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan. Maktabda o‘qib yurgan davrlarida maktab, tuman, viloyat tadbir va tanlovlarida qatnashib faxrli o‘rinlarni egallagan. Ona tili va adabiyot fanidan bilimlar bellashuvi va fan olimpiadasida ishtirok etib, viloyat bosqichi g‘olibasi bo’lgan va respublika bosqichida ishtirok etib, fahrli o’rinlarni egallagan. O‘z qalamiga mansub she’r, hikoya va maqolalari tuman, viloyat va chet el gazeta va jurnallarida nashr qilingan. Chet tillaridan ingliz tili, rus tili va yapon tilini mukammal biladi. Yapon xalq ertagi “Turnaning minnatdorchiligi” ni o‘zbek tiliga tarjima qildi. Kitob 300 nusxada nashrdan chiqdi va kitobxonlarga taqdim etildi. Yaponiya davlatidan tashrif buyurgan Daigaku universiteti rektorining e’tiboriga tushgan va shu universitetga kirish yo‘llanmasiga ega bo‘lgan. U Toshkent shahrida joylashgan Yosh jurnalistlar maktabida tahsil olishga ham ulgurdi va maxsus sertifikatga ega bo‘ldi.O‘rta maktabni a’lo baholarga ya’ni oltin medalga tamomlab, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasiga aylandi. Hozirda universitetning 2-bosqich talabasi va Boshlang‘ich ta’lim fakulteti yoshlar ittifoqi yetakchisi. Universitetda tashkil etilgan bir qancha tanlovlar g‘olibasi va tadbirlar ishtirokchisi. Bir qancha loyihalar tashkilotchisi.