Reja; Pul va pul haqidagi nazariyalar. Hozirgi zamon pulining tabiati. Pulning likvidlik darajasi. Xulosa



Download 75 Kb.
Date08.03.2024
Size75 Kb.
#63789
Pul va pul haqidagi nazariyalar. Hozirgi zamon pulining tabiati


Reja;


1.Pul va pul haqidagi nazariyalar.
2.Hozirgi zamon pulining tabiati.
3.Pulning likvidlik darajasi.
Xulosa.

Ma’lumki, pul doimo iqtisodchilarning diqqat markazida bo’lgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomolasiga ahamiyat yanada kuchaydi. (Hozirgi paytda o’zbek tilida ishlatilayotgan pul1 so’zi asli forscha-tojikcha bo’lib, O’rta Osiyo xondiklari, Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda qo’llanilgan naqd chaqa pul. Masalan, XVIII, XIX asrda Qo’qon xonligida 1/45, - 1/30 tangaga teng bo’lgan. Eronda 1/40 qironga, Afg’onistonda 1932 yilgacha 1/100 afg’onga teng bo’lgan. Fikrimizcha, oltin tangalar o’rnida qog’ozning ishlatilishi uning qadri past, ya’ni oltin tanga bo’la olmasligini ta’kidlab, muomalada umumiy nom pul deb atala boshlagan bo’lishi kerak. Umumiy nom ham taraqqiyotning ma’lum bir yuqori bosqichida paydo bo’ladi.)


Pulning kelib chiqishi, tabiatiga nazariy jihatdan ikki xil: ratsionalistik va evolyutsion yondashuv mavjud.
Ratsionalistik yondashuv asoschilari pulning kelib chiqishini kishilar o’rtasida kelishuv tufayli yuz bergan deb tushuntirishadi. Bu yondashuv XVIII asr oxirlarigacha hukm surgan. Bu sub’ektiv psixologik yondashuv hozirgi paytda ham ayrim iqtisodchilar tomonidan qo’llaquvvatlanadi.
Evolyutsion yondashuvda esa pul jamiyatning ijtimoiy – iktisodiy taraqqiyoti mahsuli deb qaraladi. Pul ob’ektiv zaruriyat tufayli turli-tuman tovarlar ichidan barcha tovarlarga ayirboshlanadigan maxsus tovar sifatida ajralib chiqqan.
Pulning kelib chiqishi haqidagi har ikki yondashuvga xos nazariyalarni to’rt guruhga bo’lish mumkin.
1. Metallik pul nazariyasi. Bu nazariyaga ko’ra qimmatbaho metallar oltin va kumush o’z tabiatiga ko’ra pul. Bu nazariyada pul va qimmatbaho metallar aynan bir xil narsa deb qaraladi.
2. Nominalistik pul nazariyasida pul shartli belgi, nominal hisob-kitob birligi, uning xarid quvvati davlat tomonidan qonunlashtiriladi. Bu nazariyaning ayrim namoyondalari pul oldi-sotdini tartibga solish uchun davlat tomonidan ijod qilingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu nazariya metallik nazariyasiga qaramaqarshi nazariya bo’lib, pulni oltin bilan aloqasini uzadi, pulga tovar sifatida qarash rad etiladi.
3. Pulning mehnat nazariyasiga ko’ra pul ichki qimmatga ega maxsus tovar. Uning qiymati umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi maxsus tovar – oltin, kumushni qidirib topish, qazib chiqarish va undan tangalar tayyorlash uchun sarflangan mehnat xarajatlari bilan o’lchanadi.
4. Pulning miqdoriylik nazariyasida pul ichki qadr-qimmatga ega emas. Pulning qimmati muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikr ilgari suriladi. Pulninng oltin asosi bekor qilingan. Hozirgi paytda pul haqidagi nazariyalar ichida miqdoriylik nazariyasi eng obro’li nazariya hisoblanadi. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori muammosi kapitalizm rivojlanishining boshlanish davriga borib taqaladi.
«Yangi dunyo» Amerika qit’asi kashf etilgach, u erlardan Evropaga qimmatbaho metallarni oqib kelishi (1503-1560 yillar davomida Ispaniyaga 120 tonna oltin, 574 tonna kumush olib kelindi) tovarlar narxini 2,5-4 martagacha oshib ketishiga olib keldi. Ana shundan so’ng iqtisodchilar muomaladagi pul miqdorini o’rganishga diqqat-e’tiborlariini qaratdilar. Miqdoriylik nazariyasining asoschisi bo’lib, frantsuz iqtisodchisi J. Boden (1530-1596) hisoblanadi.
18 asrda pulning miqdoriylik nazariyasini Angliyada – D. Yum va J. Mil, Frantsiyada Sh. Monteskelar rivojlantirishdi. Pulning miqdoriylik nazariyasi XX asrda keng yoyildi, iqtisodchilarning diqqat-e’tibori qaratiladi. Bunga sabab pul muomalasi muammolari va qog’oz pullarning xarid qobiliyatini pasayib ketishi bo’ldi. Pul forscha-tojikcha ko’prik degan ma’noda ishlatiladi, u ayirboshlashga xizmat qiluvchi ko’prik vazifasini o’taydi degan fikrlar ham yo’q emas. Pulning miqdoriylik nazariyasining g’oyasi oddiy: muomalada mavjud pul miqdorining o’zgarishi, tovar va xizmatlar narxining absolyut darajasini o’zgarishiga olib keladi, u o’z navbatida pulning xarid quvvatini o’zgarishiga olib keladi. Bu nazariya pul va tovar bozori o’rtasidagi bog’lanishni tushunishga yordam beradi. Pulning miqdoriylik nazariyasi yagona kontseptsiyani ifodalamaydi. Asosiy g’oya atrofida iqtisodchilarning turli-tuman fikrlari mavjud bo’lib, u har bir iqtisodchining o’z qarashi, nuqtai nazari, qo’ygan maqsadi iqtisodiy tahlili bilan bog’liq.
Pul maxsus tovar bo’lib, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning mahsulidir. Pulning kelib chiqishi to’g’risidagi evolyutsion kontseptsiyaga binoan, u ijtimoiy mehnat taqsimotining, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning natijasi. Dastlab, ayirboshlash tasodifiy tarzda yuz bergan. Tasodifiy ayirboshlash mahsulot tovarga aylanganligini bildiradi. Ayirboshlash natijasida mo’’jiza yuz beradi. Bir tovar, aytaylik, qo’y bosh-qa bir tovarga — boltaga aylanib qoladi. Chunki, bunda turli xil iste’mol qiymatlari ayirboshlanadi. Bir tovarni bevosita boshqa tovarga almashtirish hozir ham mavjud bo’lib, u barter deb ataladi. Lekin bunday ayirboshlash juda cheklangan, ozgina tovarlar o’rtasidagina amalga oshirish mumkin. Tovar ayirboshlash rivojlanishi bilan tasodifiy qiymat shaklidan to’la yoki kengaygan shaklga o’tadi. Ayirboshlashda endi bir qancha tovar egalari ishtirok etadi. Hayot tovarlar ichidan boshqa hamma tovarlarga ayirboshlash mumkin bo’lgan bir tovarning ajralib chiqishini ob’ektiv zarurat qilib qo’ydi. Ana shu zarurat tufayli turli yurtlarda turli narsalar ana shunday ayirboshlash vositasi sifatida ishlatilgan. Ba’zi joylarda mo’yna, boshqasida chorva mollari, chig’anoq, tuz, don va hokazolar qadrlanib, boshqa hamma narsalarga almashtirilgan. Lekin turli narsalarni ayirboshlash vositasi sifatida ishlatilishi almashuvning o’ziga xos ziddiyatlarini namoyon qildi. Sababi, bir yurtda qadrlangan narsa boshqa yurtda unchalik qadrlanmagan. Undan tashqari, ayrim narsalarni uzoq saqlab bo’lmasligi, uzoq joyga olib borish qiyinligi (masalan, chorva mollarini) qo’shimcha qiyinchilik tug’dirgan. Natijada tovarlar ichidan shunday bir tovar ajralib chiqishi ob’ektiv zarurat bo’lib qoldiki, bu tovar qator xususiyatlari bilan avvalgi ayirboshlash vositasi bo’lib xizmat qilgan tovarlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turishi talab etilgan:
1. Uzoq muddat saqlash mumkinligi.
2. Uzoq masofaga olib borish qulayligi.
3. Tabiatda kamyob bo’lib, kam miqdorining ham qadr-qimmatini yuqoriligi.
4. Sifat jihatidan bir xilligi.
5. Qadr-qimmatini yo’qotmay, oson bo’linishi va qo’shilishi.
Mana shunday xususiyatlarga nodir metallar, kumush va oltin ega bo’lib, ular har qanday boshqa tovarga ayirboshlanadi, ya’ni umumiy ekvivalent rolini o’ynaydi. Ana shunday xossaga ega bo’lgan alohida tovar pul deb ataladi. Dastlab, muomalada kumush va oltin pullar, so’ngra oltin, ke-yinchalik oltinning belgisi sifatida qog’oz pullar yuritilgan. Hozirgi paytda elektron (kredit kartochkalari) pullar paydo bo’lib keng qo’llanila boshladi. Ma’lumki, pulga dastlab, klassik siyosiy iqtisod vakillari tomondan berilgan ta’rif «Umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovar pul deyiladi» qoidasi keng tarqalgan. Klassik nazariya vakillari pulning besh funktsiyasini: qiymat o’lchovi, muomala, to’lov va jamg’arish (xazina to’plash) vositasi, jahon pulini ajratib ko’rsatishgan.
1. Pul qiymat o’lchovi. Pul barcha tovarlarning qiymatini o’lchaydi. Buyumning pulda ifodalangan qadr-qimmati baho (narx) deyiladi. Tovarlarning bahosi umumiy ekvivalent rolini bajarayotgan tovar-oltinning miqdorida ifodalanadi. Qiymat o’lchovi funktsiyasini bajarish uchun naqd pulning o’zi kerak emas.
Sotuvchi tovarga narx belgilar ekan, tovar narxiga teng bo’lgan pul miqdorini xayolan ko’z o’ngiga keltiradi. Bu pul ma’lum miqdordagi oltinga teng bo’lib, u davlat tomonidan belgilangan baholar mashtabiga bog’liq. Baho mashstabi deb, pul birligida ifodalangan oltin miqdoriga aytiladi.
2. Pul ayirboshlash vositasi funktsiyasini bajarganda xaridor va sotuvchilar qo’lida uzoq ushlanib turmaydi. Pulning qo’ldan-qo’lga o’tib yurishi oxir oqibat to’laqonli pullarni to’laqonli bo’lmagan pullar bilan almatirishga olib keladi.
Dastlab, oltin ayirboshlash vositasi funktsiyasini tilla quymalar tarzida bajargan. Har safar almashuv jarayonida quyma oltinlarni tarozida tortib, kerakli miqdorini ajratish borgan sari qiyinlashib borishi sabab avvaliga alohida savdogarlar, keyinchalik davlat uncha katta bo’lmagan oltin bo’lakchalariga ma’lum shakl berib, undagi oltin miqdorini belgilab muhr bosadigan bo’ldilar. Natijada har bir oldi-sotdidan so’ng oltin tortishdek mashaqqatli ish engillashtirildi. Oltin pul sifatida tanga moneta shaklini oldi. Keyinchalik, muomaladagi pullarni eyilib, undagitillani kamayishi, o’z og’irligini yo’qotishi muomalada qog’oz pullarni paydo bo’lishiga olib keldi. Muomalada metall monetalarning o’rinbosari sifatida qog’oz pullar ishlatila boshladi.
3. Tovarlarni sotib olganda puli to’lanmay nasiyaga olinishi mumkin. Tovarlarni pulini ma’lum muddati o’tgach to’lanishi mumkin, bunda pul to’lov vositasini bajaradi. Pulning harakati alohidalashadi. Masalan: ish haqi to’lanishi o’z navbatida turli moliyaviy majburiyatlarni (qarz bo’yicha, soliq, ijara va shunga o’xshash) bajarilishiga olib keladi. Qarz majburiyatlari o’z navbatida pulning yangi shakli kredit pullarni vujudga kelishiga sabab bo’ladi. O’z tovarini qarzga sotgan sotuvchi xaridordan veksel (qarz majburiyati) olishi mumkin va uni o’z navbatida pul o’rnida ishlatishi mumkin. Lekin veksel ishlatish cheklangan, chunki u faqat bitta veksel egasining mulki bilan qanoatlanadi. Banklar xususiy vekselllar o’rniga ularga nisbatan kafolati mustahkam banknot (bank biletlari) chiqara boshladilar. Ular oltin bilan ta’minlangan bo’lib, muomalada keng ishlatila boshlandi.
4. Pul xazina to’plash vositasi bo’la oladi. Agar xaridor puliga zarur tovar olishni keyinga surib, uni muomaladan chiqarar ekan, pul xazina to’plash funktsiyasini bajaradi. U umuman, boylik sifatida to’planadi. Bunda faqat oltin monetalar emas, quyma tillalar, quyma tilla buyumlar ham (pul yasaladigan xom ashyoning hamma ko’rinishlari) bu vazifani bajarishi mumkin.
5. Xalqaro miqyosda pul jahon puli funktsiyasini bajaradi. Bunda pullar o’z «milliy kiyim»larini echib, natural shaklda, quyma oltinlar shaklida ishlatilgan. Mamlakatlar o’rtasida hisob-kitob har bir mamlakatning pul birligida ifodalangan oltin miqdori asosida yuritilgan. Banklar orqali o’zaro bir-birini qoplovchi hisob-kitoblar qilinib qarz qoplanmay qolgandagina oltin bilan to’langan. Monometall pul tizimi o’rniga kredit va qog’oz pul muomalasi tizimi kirib kelishi bilan pul avvalgi iqtisodiy mazmunini birmuncha yo’qotdi. Qog’oz pullar oltindan farq qilib ichki qiymatga ega emas.Qog’oz pulda ko’rsatilgan raqam uni tayyorlash uchun qilingan xarajatlarni ifodalamaydi.
Masalan, AQShning 100 dollarini zarb qilish uchun 25 tsent sarflanar ekan, 100 so’mlikni bosib chiqarish uchun ham albatta undan kam mablag’ sarflanadi.
Pulning oltin asosini bekor qilinishi bilan ilgari berilgan ta’rif endi to’g’ri kelmay qoldi. Hozirgi paytda ko’pchilik iqtisodchilarning fikricha qog’oz-kredit pul tizimida pullar dekret (qonun kuchiga ega bo’lgan qaror) pullaridan iborat. U holda pulga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Hukumat tomonidan belgilangan har qanday tovarga ayrboshlash yoki qarz to’lashga qabul qilinadigan narsa (vosita) pul deyiladi. Pulning oltin asosini bekor qilinishi uning ikki funktsiyasini boshqalari bilan qo’shilib ketishiga olib keldi. Hozirgi zamon iqtisodiyot fani pulni: muomala vositasi, qadr-qiymat o’lchovi, jamg’arish vositasi sifatida ko’radi.
Pul muomala vositasi sifatida tovar oldi-sotdisi, xizmat ko’rsatish va boshqa to’lovlar uchun ishlatiladi. Tikuvchi u bajargan ishi uchun mato bilan haq to’lashlarini xohlamaydi. Korxona egasi, aytaylik to’qilgan mato uchun non berishlarini xohlamaydi. Pul esa to’lov vositasi sifatida darrov qabul qilinadi. U har qanday tovar va xizmatlarga ayirboshlanishi mumkin. U barter (mavoze) almashuvining noqulayliklariga barham beradi. Qadr-qimmat o’lchovi vositasi yoki qadr-qimmat standarti sifatida ishlatilishi ham tubdan o’zgaradi. Jamiyat pulning turli ne’matlar va resurslarning nisbiy qimmatini o’lchash, taqqoslashda eng qulay vosita hisoblaydi. Masofani m, km va boshqalarda o’lchaganimizdek, turli ne’matlar va xizmatlarni pulda o’lchaymiz. Bunda eng asosiysi har bir mahsulotni boshqa bir mahsulot orqali ifodalash mashaqqatidan qutulamiz. Pul turli qimmatlarni o’lchovida etalon sifatida foydalaniladi. Pulning qadr-qimmati
deganda pul birligining xarid qobiliyati, ya’ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligini tushuniladi. U narx tarzida yuzaga chiqadi. Lekin bu erda shunday savol tug’iladi, nima sababdan qog’oz pullarga hozir har qanday tovar, xoxlasangiz oltin buyumlar sotib olishingiz mumkin?
Pul jamg’arish vositasini bajaradi. Pulni tezda har qanday boshka tovarga ayirboshlash mumkin, ya’ni u yuqori likvidli. Saqlash uchun qulay. Kishilar pulni qo’lga kiritishlaridan to sarflagunlaricha molu-davlat sifatida jamg’ariladi.
Jamg’arish vositasini bajarganda pul egasi hech qanday daromadga ega bo’lmaydi.
Masalan, ko’chmas mulk, qimmatbaho qog’ozlar daromad keltiradi. Lekin uning afzalligi shundaki, puldan tezda har qanday moliyaviy majburiyatni qondirish uchun foydalanish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot sub’ektlari o’rtasida amalga oshiriladigan hisob kitoblar naqd pulsiz va naqd pul yordamida olib boriladi. Hozirgi paytda to’lov vositasi sifatida puldan tashqari turli-tuman pul vositalari(muomalaga elektron-kredit pullar (veksel, chek va
qimmatbaho qog’oz) kirib kelishi, ya’ni naqd va naqd bo’lmagan pul va kvazi pullar) ishlatilgani uchun ko’proq pul massasi termini ishlatiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo’lib, milliy xo’jalikda tovar va xizmatlar
harakatini ta’minlovchi naqd pul va naqd bo’lmagan muomala va to’lovlar uchun ishlatiladigan vositalar bo’lib, uning bir qismi aktiv bo’lib, uni naqd pul, ikkinchi qismi passiv kvazi pul (lotincha quasi – deyarli, xuddi) tashkil etadi.
Pul massasini naqd pulga aylantirishning imkoniyati turlicha. Ana shu naqd pulga aylantirish imkoniyati likvidlik darajasi deyiladi. Likvidlik darajasi turlicha barcha pul vositalarini muayyan nisbatlarda yaxlit pul massasini tashkil etishi, pul kompleksi, boshqacha aytganda pul agregati1 deyiladi. Pul agregati likvidlik darajasi absolyut bo’lgan (100%) naqd puldan boshlab, borgan sari likvidligi kamayib boruvchi pul vositalaridan tashkil topadi.
Likvidlik deganda tez realizatsiya qilish imkoniyatiga ega bo’lish tushuniladi. Likvidlik darajasi turlicha bo’lishining o’zi pulning kelib chiqishiga sabab bo’lgan:
1. U yoki bu tovarni sotib olmoqchi bo’lganlarni cheklanganligi.
2. Shu tovarning ishlatilishi sohasi cheklanganligi.
3. Sotish mumkin bo’lgan vaqtning cheklanganligi (tovar ma’lum vaqt ichida sotilmasa,sifati buziladi, modadan qoladi va h.k.).
Eng yuqori darajada realizatsiya qilish qobiliyatiga ega bo’lgan tovar pulga aylanadi. Naqd pul – bu mutlaq (100% lik) likvidlikka ega bo’lgan ayirboshlash vositasidir.
Pul agregati birinchi navbatda M0 – absolyut likvidlikka ega bo’lgan muomaladagi naqd pul massasini o’z ichiga oladi.
Pul agregati M1=M0 + banklardagi muddati ko’rsatilmagan depozit (omonat)lar va cheklardan iborat.
M2=M1 + muddati ko’rsatilgan depozitlar, nochek jamg’armalar.
M3=M2 + yirik jamg’armalar, xususiy firma, tashkilotlarning hisob schetlardagi omonatlar, muddati ko’rsatilgan yirik jamg’armalar. (AQShda ular 100 ming dollardan ortiq)dan iborat, bunday mablag’larni banklarning depozit sertifikatlari tarzidagi cheklarga aylantirish uncha qiyin emas. Lekin u ma’lum yo’qotishlarga uchraydi. Ularni pulga aylantirish uchun ma’lum muddat kutishga to’g’ri keladi.
Eng umumiy pul agregati L = M3dan tashqari turli qimmatbaho qog’ozlarni (pulga aylantirish qiyinroq) o’z ichiga oladi. Umuman olganda pul agregatlari soni turli mamlakatlarda turlicha. Masalan AQShda, Yaponiya, Italiya 4 agregat, GFRda 3, Frantsiya 10. O’zbekistonda pul massasini pul agregati asosida tahlil etish bozor iqtisodiyotiga o’tishdan boshlandi.
Turli mamlakatlarning pul tizimi ahvoli, eng avvalo pul massasining umumiy hajmi va uning alohida pul agregatlariga bo’linishi bilan bog’liq. Barqaror pul tizimiga ega bo’lish uchun pul massasi Lda agregat M1 ning ulushi uncha ko’p bo’lmasligi kerak. Masalan, AQShda, Yaponiyada 90 yillarning o’rtalariga pul agregatlari ulushlari o’rtasida nisbat quyidagicha bo’lgan:
Pul agregati M1 M2 M3 L
Ulushi (%)
AQShda
Yaponiyada
15 65 80 100
Rossiyada
50 70 80 100
Ko’rinib turibdiki, Rossiyada yuqori darajadagi likvidlikka ega bo’lgan pul massasi hajmi rivojlangan mamlakatlar AQSh va Yaponiyaga qaraganda yuqori. Bizni respublikamizda ham shunday ahvolni kuzatish mumkin. Bu muddati ko’rsatilgan omonat va davlat qimmatbaho qog’ozlarini ulushi pastligidan darak beradi. Natijada pul muomalasini tartibga solish ham qiyinlashadi, iqtisodiy barqarorlikka ta’sir etadi. Naqd pul harakati bankdan boshlanadi, korxona, tashkilot kassasiga, aholi qo’liga o’tadi. Oldi-sotdi, to’lov xarajatlari bajarilgach, yana bankka qaytib tushadi, naqd bo’lmagan pullar bankdagi bir hisob schetidan boshqasiga o’tkazish orqali harakat qiladigan pullardir. Iqtisodiyotdagi eng muhim muammo ana shu pullar harakatini, ya’ni pul muomalasini tartibga solishdir.

Xulosa.
Jamiyat taraqqiyoti shunday amalga oshadiki, unda bir tomondan ma’lum bir iqtisodiy munosabatlar, aloqalar avvalgi tizim bilan vorislikni ta’minlaydi. Ikkinchi tomondan, jamiyatni olg’a eltuvchi yangi munosabatlar, aloqalar vujudga keladi. Uchinchidan, shunday iqtisodiy munosabatlar, aloqalar borki, ular jamiyatdagi o’zgarishlarga moslashgan xolda tizim rivojlanishiga katta ta’sir etib, ularni bir-biri bilan bog’laydi. Ana shunday munosabatlar tovarpul munosabatlaridir. Ijtimoiy xo’jalik yuritishning tarixan ikki shakli mavjud. Birinchisi natural xo’jalik yuritish bo’lib, u eng uzoq davr(hozirgi paytda ham uchraydi) davom etgan. Ikkinchisi tovar xo’jaligi bo’lib, u iqtisodiyotning rivojlangan bosqichiga xos. Ular bir-biridan farq qiladi. Tovar xo’jaligining eng katta farqi, mahsulot bozorda sotish uchun ishlab chiqariladi va tovar deb ataladi.
Iqtisodiyotda yuz beradigan munosabatlar tovar, uni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq munosabatlar bo’lib, shuning uchun tovar va uning xususiyatlarini, u haqdagi nazariyalarni o’rganish muhim ahamiyatga ega. Bu nazariyalarning eng asosiylari: qiymatning mehnat nazariyasi - klassik nazariya,
me’yoriy naflilik nazariyasi – marjinal nazariya, sintez nazariyasi – Marshallning baho nazariyasidir. Bu nazariyalarning asosiy maqsadi ma’lum bir tovarga narx qanday belgilanishini nazariy jihatdan asoslab berishdir. Tovar ishlab chiqarish bilan bog’liq holda pul kelib chiqar ekan, uning kelib chiqishi haqida ham qator nazariyalar borki, bu masalaga yondashuvga ko’ra umumiy ravishda ikkiga:
ratsionalistik va evolyutsion yondashuvgv bo’lish mumkin. Birinchisi sub’ektiv psixologik yondashuv bo’lib, pulning kelib chiqishi kishilar o’rtasidagi kelishuv tufayli yuz bergan degan fikr bildirsalar, ikkinchisi esa pud jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining mahsuli deb ko’rsatishadi. Pul bozor itisodiyotining eng universal, eng yuqori likvidli vositasi bo’lib, qiymat o’lchovi, muomala, jamg’arish funtsiyasini bajaradi. Dastlabki paytda pullar naqd pullardan iborat bo’lgan bo’lsa, tarixiy taraqqiyot davomida kredit munosabatlarini kelib chiqishi tufayli naqd bo’lmagan pullar ham ishlatiladigan bo’ldi.


Download 75 Kb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page