Chig‘atoy adabiyoti
Moʻgʻullar istilosi Oʻrta Osiyoning siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta oʻzgarishlarga olib keldi, eski madaniyat markazlaridagi madaniy- adabiy hayotni tubdan oʻzgartirdi. Chingizxon vafotidan soʻng moʻgʻullar imperiyasi Chingizxon farzandlari oʻrtasida taqsimlandi va barpo etilgan xonliklarda Chingiz qonunlari hukmron boʻlsa- da, mahalliy unsurlar ham ahamiyat kasb eta boshladi. XI- XII asrlar davomida Qoraxoniylar hududida eski uyg‘ur yozuvi bilan islom madaniyati ostida rivojlanib kelgan mushtarak O‘rta Osiyo yozma tili va adabiyoti mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng Movarounnahr, Xorazm va Oltin O'rda viloyatlari madaniyat markazlarida yangi o‘ziga xoslik kasb etdi. Fuat Ko‘prülü Chig‘atoy adabiyoti va Chig‘atoylar sulolasi hukmron bo‘lgan markazlarda rivojlangan davrlar haqida shunday deydi:
"XI- XII asrlar davomida moʻgʻullar istilosidan soʻng butun Oʻrta Osiyo turklarining (Hoqoniya) adabiy tilining turli sohalarda turli mahalliy shevalar va ayniqsa, oʻgʻuz- qipchoq unsurlari bilan qorishmasidan paydo boʻlgan bu adabiy sheva o'z ta'sirini sezdirdi, shuning uchun ham bir qancha farqlar koʻrsatdi. Ularni "birinchi Chig'atoy davri asarlari" deb hisoblaymiz. Dastlab Turkiston, Xuroson va Eron davlatlarida, Xorazmda va keyinchalik Oltin Oʻrdada sodir boʻlgan bu taraqqiyot, XI asrning birinchi yarmida Temuriylar davrida Xuroson va Movaraunnahrning Hirot va Samarqand kabi madaniy va siyosiy markazlarida mumtoz adabiy til harakterini ola boshladi va bu ikkinchi davrni biz “Mumtoz chig‘atoy davrining boshlanishi” deb ataymiz. XV asrning ikkinchi yarmida Navoiy bilan boshlangan davr "Mumtoz Chig‘atoy" davridir. XV-XVI asrda Bobur va uning avlodlari davrida hind saroylarida yuksak zodagonlar adabiyoti shaklida davom etgan va Shayboniylar davrida Turkistonda o‘z evolyutsiyasini kuzatib borgan chig‘atoy adabiyoti uchun XVI asr “mumtoz davrning davomi”dir. XVII asrdan XX asrning boshlariga qadar buyuk shaxslarni tarbiyalay olgan, madaniy til sifatida koʻplab samarani berganiga qaramay, XX asr “turgʻunlik va orqaga ketish” davriga kirdi, iqtisodiy va siyosiy omillari ta’sirida, yangi o’zbek adabiyoti paydo bo’lgunga qadar.”¹⁷
Biz ham muhtaram olim va ustoz Fuat Ko‘pruluning Chig‘atoy adabiyoti davrlari haqidagi tasnifiga qo‘shilib, ustoz tasnifini qisqacha takrorlaymiz:
1) Birinchi Chag'atoy davri (XIII- XIV asrlar),
2) Klassik davrning boshlanishi (XV asrning birinchi yarmi),
3) Klassik chigʻatoy davri (XV asrning oxirgi yarmi, Navoiylar davri),
4) Klassik davrning davomi (XVI asr, Bobur va Shayboniylar davri)
5) Orqaga qaytish va tanazzul davri (XVII -XIX asrlar).
Fuat Ko‘prulu bu davrlar va yetishib chiqqan shaxslar haqida qimmatli va yetarli ma’lumotlar berganligi uchun ularni takrorlashni shart emas. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, tadqiqotimiz mavzusi bo‘lgan Mavlono Sakkoki mumtoz davr boshidagi birinchi va muhim shaxslardan, boshqacha aytganda, mumtoz Chig‘atoy adabiyotining asoschilaridan biridir.¹⁸
Mumtoz chig‘atoy adabiyotining ilk namoyandalaridan biri bo'lgan Mavlono Sakkokiy hayoti haqida yetarli ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan emas. Turli manbalardagi qisqacha ma'lumotlar orqali bitta umumiy fikrga kelish mumkin. Sakkokiy taxallusi ostida ijod qilgan shoirning aniq ismi, tug'ilgan joyi va tug'ilgan yili ma'lum emas. Ekman Sakkokiyning XIV asrning ikkinchi yarmida tug'ilganligini va XV asrning boshlarida yashab ijod etganligini taxminan qayd etgan. XV asr Oʻzbek adabiyotida esa Sakkokiyning XIV asrning ikkinchi yarmida, ehtimol, to'rtinchi choragida tug'ilgan bo'lishi mumkinligi berilgan.²¹ Uning vafot etgan yili va sanasi esa noma'lum. Chunki uning yozgan asarlari orasida bir necha qasidalar mavjud bo’lib, ular Xalil Sulton, Arslon Xo’ja Tarxon, Xo’ja Muhammad Porso va Mirzo Ulug’bek singari tarixiy shaxslarga bag’ishlangan. 19- asrning birinchi yarmida yashab, umrining koʻp qismini temuriylar hukmdorlaridan biri Xalil Sulton (1405-1409) va buyuk davlat arbobi va Samarqand amiri Ulugʻbek ( 1409-1449) saroylarida oʻtkazgan boʻlishi mumkin. Shuningdek "Amiri kabir" Hoji Arslon Tarxonga qasida ham yozgan. Sakkokiyning Ulug‘bek saroyida shoir mavqeiga ko‘tarilishi va “uning kuychisi ”²² bo‘lishi uning keng yoyilgan shon- shuxratini va shoirlik kuch-qudratini ko‘rsatadi.
Bu yetarli darajada to'liq va mukammal bo'lmasa-da, Sakkakoy haqidagi dastlabki va ahamiyatli maʼlumotlarni Alisher Navoiyning shoirlar tazkirasida uchratishimiz mumkin. Navoiy ushbu tazkirasida Mavlono Sakkokiy haqida quydagi ma'lumotlarni berib o'tgan:
”Mavlono Sakkokiy Movarounnahrdindur: Samarqand ahli anga koʻp mu’taqiddurlar va bagʻoyat ta’rifin qilurlar. Ammo faqir Samarqandda erkanda muarriflaridin har necha tafahhus qildimkim, aning natoiji tab’idin biror nima anglayin, ta’rif qilgʻonlaricha nima zohir boʻlmadi. Barchadin qolsalar soʻzlari budurkim, Mavlono Lutfiyning barcha yaxshi she’rlarn aningdurkim, oʻgʻurlab oʻz otigʻa qilibdur. Ul yerlarda bu nav’ oʻxshashi yoʻq, mazasiz mukobaralar gohi voqe’ boʻlur. Bori ba’zisi ta’rif qilibkim oʻqurlar, bu matla’ni anga isnod qilurkim:
Ne nozu bu, ne shevadur, ey jodu koʻzluk, shoʻhshang,
Kabki dariy tovusda yoʻq albatta bu raftoru rang.
Qabri ham ul sori — oʻqdur.²³
Navoiy keltirgan bu ma’lumotlardan shuni aytish mumkinki, Sakkokiy Movaraunnahrdan bo‘lsa- da, Samarqandda qo‘nim topgan va u yerda mashhur bo‘lgani, Samarqand ahli tomonidan yuqori baholangani, o‘zi va she’riyati haqida ko‘p narsa topa olmagani, ulardan ba’zilari Lutfiyning go‘zal she’rlarini o‘ziga o‘zlashtirgani, bunday noxush voqealar o‘sha hududlarda kuzatilgani va nihoyat qabri o‘sha taraflaSakkokiykim, turk shoirlarining mujtahididir (g‘ayratlisi). Mеning munosib holimga aytur: Nazm:
Jonim fido bo‘lsin saning g‘amzang o‘qiga nеchakim,
Har nеcha qoshing egmasi o‘qtеk bo’yimni yo qilur.6»rda ekanligini bilsh mumkin. Navoiy ikki marta Samarqandda boʻlgan. Ammo u taxminimizcha Mavlono Sakkokiyini ko‘ra olmagan. Navoiyning Samarqandda ikkinchi marta bo‘lishi 1467-1469 yillarga to‘g‘ri kelgani va bu davrda MavlonoSakkokiy bilan ko'risha olmaganining sababi ehtimol Mavlono Sakkokiy bu sanalardan oldin vafot etgan bo'lsa kerak degan taxminlar ham yo'q emas. Navoiyning “Hutba-i davonin”idagi Mavlono Sakkokiy haqidagi fikrlari ancha ijobiyroqdir:
"Turkiy alfozining bulagʻosindin Mavlono Sakkokiy hamda Lutfiylarkim, birining shirin abyotining ishtihori Turkistonda bagʻoyat va birining latif gʻazaliyotining intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdudur."²⁵
Bu ta'rifdan Mavlono Sakkokiyning ayniqsa qasida janrida buyuk bir usta bo'lganligini, shirin baytlarning Turkistonda yoyilganini va shuhrat qozonganligini anglashimiz mumkin. Mavlono Sakkokiy devonidadan joy olgan uchta qasidalarning mazmuni va uslubiga e'tiboran bu fikrni tasdiqlaydi. Ilk she'rlarni Temur (1370-1405) davrida yozishni boshlagan Mavlono Sakkokiy o'z kamolining cho'qqisiga homiysi Ulug’bek Mirzoning hukmronlik yillarida(1409-1449) erishgan desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. Alisher Navoiy o'zining "Muhokamat ul-lug'atayn" asarida Temuriylar davridan Shohruh Mirzo hukmronligining oxirigi yillarigacha she'r kuylagan va turkiy tilda mumtoz adabiyot yaratishga harakat qilgan shoirlar orasida birinchi o’rinda Mavlono Sakkokiyni tilga oladi:
"Ammo Sultoni Sohibqiron Temur Ko’ragon zamonidin farzand-i halafi Shoxrux Sultonning zamonining oxirigacha turk tili bila shuaro paydo bo'ldilar. Va ul hazratning avlod va ahfofidin ham xushtab' salotini zuhurg'a keldi. Shuaro Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoiy va Muqimiy va Yaqiniy va Amiriy va Gadoiydek"
O'sha davrning mashhur shoirlaridan bo'lgan Yaqiniy o’zining “O'q va yoy" munozara asarida Mavlono Sakkokiyni turk shoirlarining mujtahidi sifatida ta’riflaydi va ushbu Benazir baytlarni yozadi:
"Yana Sakkokiykim, turk shoirlarining mujtahididir (g‘ayratlisi). Mеning munosib holimg'a aytur:
Nazm:
Jonim fido bo‘lsin saning g‘amzang o‘qiga nеchakim,
Har nеcha qoshing egmasi o‘qtеk bo’yimni yo qilur.»
Avval aytib o‘tganimizdek, Mavlono Sakkokiy vafot etgan joy va sana ham noma’lum. Bizning taxminimizcha, u 1460- yillarda vafot etgan bo'lishi kerak. Navoiyning “Uning qabri sariq oʻqdir” baytlaridan maʼlum boʻladiki, uning qabri aniq Samarqand tarafdadir. Ehtimol Mavlobo Sakkokiy Temuriylar davrida she’riyatga kirishgan bo‘lsa kerak, Movarounnahrdan Samarqandga hijrat qilib, temuriylar xizmatiga kirganidan so‘ng shuhrat qozongan va shuhrati butun Turkistonga, ayniqsa, Ulug‘bek Mirzo davrida tarqalgan. Biroq Samarqandga qachon kelgani, temuriylar xizmatiga qachon kirganligi aniq emas. Bizningcha, u haqiqiy shuhratiga Ulug‘bek (1409-1449) davrida erishgan. Ulug‘bek Mirzoga atab 5 ta qasida yozgani buning yaqqol dalilidir. Ma’lumki, qoraxoniylar davridayoq islom madaniyati va fors adabiyoti hamda eski xalq she’riyati an’analari ta’sirida ma’rifatparvar ommaga manzur bo‘lgan yangi she’riyat madaniyati va an’analari vujudga kela boshladi va bu an’ana o‘z o‘rniga ega bo‘la boshladi. Ayniqsa, "Qutadgu bilig"da oʻzini koʻrsatadi. Koprülü taʼkidlaganidek, moʻgʻullar istilosi Oʻrta Osiyo turkiy dunyosining ijtimoiy, madaniy va siyosiy hayotida muhim oʻzgarishlarga olib keldi;
Koʻp oʻgʻuz qabilalarining gʻarbga koʻchib ketishiga sabab boʻlgan. Chingizlar imperiyasi qulagandan keyin tashkil etilgan yangi xonliklarda mahalliy unsurlar ahamiyat kasb etdi; Turk tili ahamiyat kasb etdi va rasmiy til sifatida qabul qilindi; Eski uygʻur yozuvi anʼanasi qayta tiklandi, XIII asrdan keyin Xorazm, Xuroson va Oltin O‘rda xonliklaridagi madaniyat markazlarida yangi adabiy faoliyat boshlandi: Temuriylar davrida tez rivojlanib, aruz vazniidan yanada yaxshiroq foydalanganlar, g‘azal, qasida kabi she’r shakllari rivojlangan; mumtoz adabiyotdagi metaforalardan mahoratliroq foydalana boshladilar. Bu shoirlar orasida Lutfiyning g'azal uslubidagi mahorati bilan bir qatorda Mavlono Sakkakiyning qasida uslubidagi mahoratini ham e'tirof etish kerak. Yaqiniyning Mavlono Sakkakiyni turk shoirlarining “mujtahidi” deb qabul qilishi ham ayni maqsadga muvofiq edi. Mavlono Sakkokiy Ulug'bek uchun yozgan bir qasidasida:
Falak yillar kerak sayr etsayu keltirsa ilkiga,
Meningdek shoiri turku seningdek shohi dononi”,
mubolag‘a san’atining yaxshi namunasini ko‘rsatib, o‘zi kabi buyuk turk shoiri va Ulug‘bek kabi ilmli hukmdor uchun yillar (uzoq vaqt o‘tishi) kerakligini aytadi. Ulugʻbekni xalqning mehribon hukmdori, maʼrifatparvar va buyuk olim sifatida ulugʻlaydi. Shunday maʼrifatparvar podshoh bilan zamondosh boʻlganidan faxrlanadi. Biroq, Fuad Koprulu ta’kidlaganidek, o‘sha davrda Lutfiydek qudratli shoirning tarbiyalangani Mavlono Sakkakiyning obro‘siga ma’lum darajada bo‘lsa ham soya solgan.³⁵ Mavlono Sakkokiyning qasida va g‘azallariga e’tibor qaratilsa, uning turkiy she’riyat an’anasi bilan bir qatorda forsiy she’riyatni ham yaxshi bilganligi va ulardan ustalik bilan mohirona darajada foydalanganligini koʻrish mumkin. Uning she’rlarida mumtoz adabiyotning aksariyat barcha imkoniyatlardan o'z shartlari doirasida foydalangan. “O‘zbek- sovet ensiklopediyasi”da Mavlono Sakkakiyning adabiy shaxsi haqida shunday deyiladi:
"Mavlono Sakkokiy xalqning boy ogʻzaki adabiyotini, oʻzidan oldingi o'tmishdoshlari ijodini mukammal oʻrgangan va oʻz asarlarida ularning ta'sirini yaqqol ko'rish mumkin. Turk tilida asarlar yaratish, uning boy imkoniyatlaridan foydalanish borasida ulkan ishlarni amalga oshirgan. U o'z she'rlarida insoniy ishq, orzu va istaklar, dard va g‘amlar, tabiat go‘zalliklarni tasvirlab bergan. G‘azallarida ma’no va shakl birligini saqlagan, so‘z o‘yinlaridan, tashbehlardan ustalik bilan mohirona darajada foydalangan. O'z davridagi ijtimoiy tuzumdan noroziligini ham g‘azallarida ifodalagan. Uning sheʼrlarida jaholat va ilmsizlikka qarshi adolat va bilim orqali himoyalangan. Bu masalalar Mavlono Sakkokiyning qasidalarida yaqqol koʻzga tashlanadi”³⁶
Mavlono Sakkokiy she’riyatida mumtoz adabiyotning barcha mazmunlarini, adabiy san’atlarni, oyat va hadislarga ishoralarni , qissa va rivoyatlarni, o‘z davrining handasa va riyoziyot, astronomiya kabi ilmlari va bu ilmlarning Sharq va G‘arb olamidagi muhim shaxslari (Abu Ma'sher, Batlimus, Evklid, Aristotle va boshqalar) haqidagi ma'lumotlarni uchratish mumkin. Mavlono Sakkokiyning Xoja Muhammad Porsoga atab yozgan qasidasidan ma'lum bo'ladiki, Sakkokiy so'fiylik madaniyatidan ham xabardor shaxs bo'lgan. Shubhasiz, Sakkokiy she'rlarining mazmuni bular bilan cheklanmaydi. Ularda o'sha davr dunyoqarashi, qadr- qimmat o‘lchovlari, did va nafosat masalalari, o'sha davrning madaniyati va sivilizatsiyasi, e’tiqodlari haqida uchratish mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, butun umri davomida kechirgan va his qilgan Mavlono Sakkokiyning his- tuyg‘u va tafakkur olamini uchratish mumkin. Sakkakiy she’rlarida ham uning davridagi ijtimoiy tartibsizliklar, noroziliklar ma’lum darajada aks etgan. Bu masalalarning barchasini uning devonidagi g'azal va qasidalaridan osongina bilib olish mumkin.
Boshqa tomondan, qomusiy lug‘atda Mavlono Sakkokiy o'zbek she'riyatida “lirik she’rlarida inson go‘zalligi va buyukligini ta’riflab, adolatli va fazilatli inson qiyofasini yaratib, qasida uslubiga asos solgan shoir” so‘zlari bilan ta'riflanib ba’zi faktlar ham keltirilgan va u o‘zbek she’riyatining asoschilaridan biri hisoblanadi.³⁷ Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Mavlono Sakkokiy kuchli shoirdir. Ayrim misralarida ifodadagi nosozlikni chetga surib, uning chig‘atoy turkchasini juda mahorat bilan qo‘llagani, xalq ifodasi va uslubidan mumtoz ifoda va uslubga erishganini ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Uning so‘z san’atidan ustalik bilan mohirona foydalana olgani uning she’riyatini bir hillikdan, bir hil ifodadan saqlab qoldi. Sakkiz yuz besh (805) baytdan iborat devonida 2330 xil so‘zni qo‘llagani uning lug‘at boyligining naqadar boyligidan dalolat beradi va bu miqdorning uchdan bir qismi arab, uchdan bir qismi fors tilida bitilganligi esa hayratimizga yana hayrat qo'shadi. Bu mahorati uning fors va arab tillarini ham juda yaxshi darajada bilishini ham ko'rsatadi. Mavlono Sakkokiy mumtoz adabiyot tushunchasiga mos ravishda turkiy tilni o‘rganayotganlarga boshlovchilik vazifasini o‘z zimmasiga olganlardan biridir. Shu munosabat bilan A.S. Levend, "Ko'cha va bozorlarda forscha gapiriladigan bir zamonda , turkiy zabon shoirlar uni adabiy til sifatida turkchani ustun deb bilgan bir mamlakatda adabiy tilning forscha bilan raqobat qilishda qat'iyroq qilishni xohlashardi. Alisher Navoiy bu istagini amalga oshirishga harakat qilgan. Mavlono Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Muqimiy, Yaqiniy, Amiriy, Gadoiy, Lutfiy kabi shoirlar ham bu borada ko'p xizmat qilishgan, yetarlicha ishlov berib turkiy tilni qayta ishlab, uni yanada jonli, yetuk va hukmron adabiy tilga aylantirganlar."³⁸ Oʻrta Osiyo mumtoz turkiy adabiyotiga boshqa shoirlarning xizmatlari ham anchagina sermahsul bo'lgan desak aslo mubolag'a bo'lmaydi.
Share with your friends: |