Reja: Axloqiy tarbiyalashning nazariy asoslari



Download 337.61 Kb.
Date15.04.2024
Size337.61 Kb.
#64044
Axloqiy tarbiya
Kadrlar siyosatini

Mavzu:Axloqiy tarbiya
Reja:
1.Axloqiy tarbiyalashning nazariy asoslari
2.Axloqiy tarbiyaning vazifasi va tamoyillari
3.Bolalar bog’chasida axloqiy tarbiya vositalari
«Axloq» ijtimoiy tushunchalardan biri bо‘lib,uning moxiyati shaxs xatti-xarakatlari, yurish – turishi, turmush tarzi xayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi.Shuning uchun axloq ijtimoiy xodisa sifatida jamiyat ma’naviy ruxiy xayotida muxim axamiyat kasb etadi. «Axloq» tushunchasi oila fikri asosida tartibga solinuvchi faoliyat tarzida kishilik jamiyatining ilk boskichida shakllangan.Demak «axloq» tushunchasi qadim-qadimdan ijtimoiy falsafaiy, psixologik, pedagogik, tarixiybadiiy, etnografik va madaniyat-shunoslikka oid asarlarda ushbu tushuncha turli kо‘lamlarda ishlatib kelingan. Axloq (xulq -atvor demakdir) - ijtimoiy ong shakllaridan biri bо‘lib, ijtimoiy tartib qoida bо‘lib, bu tartib qoida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi. Axloqshaxstaraqqiyotiningyuqoribosqichibо‘lgan ma’naviy moyillikni asosini, poydevorini tashkil etadi. Axloqkishilarning xulq atvor meyorlari va qoidalarini, ularning о‘z- о‘ziga, boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga munosabati kabi axloqiy tushunchalarni о‘z ichiga oluvchi ijtimoiy ongning aloxida shaklidir. Axloq tarixiy xususiyatga ega, chunki u kishilik jamiyatida avlodlar tomonidan tо‘plangan axloqiy tajribalar va munosabatlarni aks ettiradi. Zero, axloqsiz, axloqiy talab hamda ularda ifoda etilgan g‘oyalarsiz shaxsning ruhan va jismonan yetukligining asosi bо‘lganma’naviy komillik shakllanadi. Demak, insonning barkamolligi, avvalo, uning ma’naviy jihatdan yetukligi bilan bog‘lanadi. Bizning nazarimizda, shaxs ma’naviyati uning ongida kechadigan ijobiy mazmunga ega uy fikrlari, niyatlar, g‘oyalar, nazariya va ta’limotlar mazmunining amaliy faoliyatidagi tarkibida namoyon bо‘luvchi ruhiy jarayondir. Shuni alohida ta’kidlash joizki shaxs ma’naviyati asosida ijobiy mazmunga egabо‘lgan о‘y fikrlar, niyatlar, g‘oyalar, nazariyaning va ta’limotlar mazmunini tushunib yetishishini e’tiborga olish lozim. Demak u Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sinolarning nazmiy va nazariyYusuf Xos, Hojibning «Qutadg‘ubilik», Ahmad Yugnakiyning «Hibbatul haqoyiq» (Haqiqat sovg‘alari), Imom Ismoil al- Buxoriyning«Aladab Al-Mufrat kabi jahonga mashhur asarlarida Alisher Navoiyning о‘lmas sheriyatida, Munis, Xorazmiyning kabi shoirlar asarlarida axloq - odob masalalari yoritilgan. Koshifiyning asarlaridagi talim - tarbiya, axloq masalalari kо‘pchilik uchun andoza, namuna, odob meyori sifatida qisqa asosli, lо‘nda qilib yozilgan. Koshifiyning fikricha, inson fazilati uning egallagan ta’lim - tarbiyasiga bog‘liq. Shundagina u odobli hisob-lanishi mumkin. «Odob - bu qalbni yomon sо‘zlardan va nojо‘ya xulqdan saqlay olish, о‘zini va о‘zgalarni xurmat qila bilishdir»,- deydi olim. Navoiy esa,«Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar ichida yoqimlirog‘idir» - deydi. Bu bilan esa u kishilarning insoniylik belgisi uning odobli, axloqli ekanligi bilan о‘lchanadi, deb ta’kidlaydi va barcha insonlarni yaxshi xulqli bо‘lishga chakiradi. Shuningdek Navoiyning «Mahbubul qulub» asarida odob, axloqqa oid g‘oyalar ilgari surilgan. Uning birdan - bir orzu-umidi, ideali insonga bо‘lgan mehr - muhabbat, samimiylik edi: «Donishmandlar aytadirlarkim, odobli inson barcha odamlarning yaxshiligi va barcha xalqlar uchun yoqimlidir. U mansabdor kishilardan gо‘zalroq va badavlat odamlardan hurmatliroqdir. Yoshlarni kо‘zga ulug‘ qilib kо‘rsatadigan narsa odobdir». Qoshg‘ariy: «Insonlarda oq kо‘ngillilik, bag‘ri kenglik,mehnat- sevarlik, sofdililik, rostguylik, saxiylik, vijdonlilik, irodalilik, kaiyatlilik

Download 337.61 Kb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page