Mavlono Sakkokiy devoni tavsifi har ikkala



Download 9.06 Kb.
Date23.04.2023
Size9.06 Kb.
#61189
Yaxshimurotova Zarnigor-WPS Office
Яхшимуродова Зарнигор Яшин кизи, Zarnigor, Livestock-CDE-Test-Bank-Answer-Key

Mavlono Sakkokiy devoni tavsifi( har ikkala
nusxasiga)


Sakkokiy devoni ham an'anaga muvofiq hamd va na't bilan boshlangan. Qasidalardan keyin g'azallar boshlangan. G'azallar "n" harfi radifli g'azallar bilan boshlangan. Undan keyin "a" harfi va "h" harfi bilan boshlangan radifli 14 g'azal bor bo'lib, 7685 nusxada bitta g'azalning 3 baytigina keltirilgan. Ushbu devonning hozirda 2 ta nusxasi mavjud bo'lib, bu nusxalardan biri Londonda, Britaniya muzeyida 2079 inventar raqami ostida saqlanadi. Uning taxminan XVI asr o ‘rtalarida ko‘chirilgan bir nusxasi va Toshkentda 0‘zRFAning Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar xazinasida 1937-yilda Shoislom kotib tomonidan qandaydir manba asosida ko‘chirilgan 7685 inventar raqami ostida saqlanuvchi nusxasi saqlanadi. Har ikkala nusxa ham nastaliq xatida, qora siyoh bilan, 2 ta ustun shaklida yozilgan.
"Sakkokiy devoni"ning Britaniya muzeyida saqlanuvchi nusxasi boshqa nusxalarga qaraganda ancha salmoqliroqdir. Ushbu nusxa 13 ta qasida, 57 ta g'azaldan iborat. She'rlarning umumiy hajmi 805 bayt, shundan 407 bayti qasidalargaa va 398 bayti g'azallarga tegishlidir. Ushbu nusxa 1b varoq bilan boshlanib, 31a varoq bilan tugaydi. Matn ichki qismi sariq va tashqi qismi moviy rangli jadval ichiga olingan. Nastaliq xatida yozilgan. Devosarlavhasi sariq va moviy rangli bezak bilan ziynatlangan va sariq rangli zamin ichida
ديوان مولانا سكاكى
deb boshlangan. Devon matnidan keyin jadvalda ortib qolgan joyga avval forscha:
اى انكه نشد غمزهء شاد ازتو
أنيس وفا مكر براحتاد ازتو

bayti undan keyin esa 6 baytlik forscha taxallusi berilmagan parcha joy olgan.
Toshkentda 0‘zRFAning Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida 7685 raqami ostida saqlanayotgan nusxasining Britaniya nusxasidan salmog'i sal kamroqdir. Ya'ni ushbu nusxada 13 ta qasida va 52 ta g'azal mavjud. Baytlar soni esa 767. Toshkent nusxasi 1b varoq bilan boshlanib 27a varoq bilan tugaydi. Ushbu nusxa ta'liq xatida yozilgan. Ushbu nusxa Shoislom kotib tomonidan 1937-yilda koʻchirilgan bo'lib buni 27a varoqdagi matn so'ngida berilgan quyidagi misralar orqali bilib olish mumkin:
وماه ايون سأل ٣٧ در سلك تحرير كايده شد كاتب شاه اسلام
Sakkokiy devoni hamd va na’t bilan boshlanadi. Keyin 10 qasida beriladi: bitta qasida - Xoja Muhammad Porsoga, bitta qasida - Xalil Sultonga, to‘rtta qasida-Mirzo Ulug‘bekka va to‘rtta qasida-Arslonxo‘ja Tarxonga bag'ishlanadi.


Yaxshimurotova Zarnigor
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik
2-kurs magistranti
Download 9.06 Kb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page