Kurs ishi mavzu zamonaviy trikotaj tikuv korxonalarida erkaklar kiyimini tikish jarayoni ketma-ketlik tahlili



Download 2.7 Mb.
Page9/13
Date20.06.2024
Size2.7 Mb.
#64419
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Kurs ishi madina opa
Betlik, Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti mate
Plyush to’qilishlar(1.7,b–rasm) gruntga uzun tortilgan petlyalarni hosil qiladigan qo’shimcha iplarni qo’shib to’qish yo’li bilan yaratiladi. Bunday tortilgan iplardan tuklar hosil qilinadi. Baxmal to’qilmali trikotaj (plyush) ko’ndalang va asos to’qimali bo’lishi mumkin. Gulli plyush uning yuzasida gul hosil qiladigan rangli petlyalardan tashkil topadi. Tuklari kesilgan va kesilmagan bo’lishi va polotning ikki tomonida joylanishi mumkin. Plyushli to’qilishlar yuqori issiq saqlash xususiyatiga ega va gulli tukli polotnolarni hamda trikotaj mo’ynalarni ishlab chiqishda qo’llaniladi.
Utochnыe to’qilishlar(1.7,v–rasm) petlyalar qobirg’asi va tortilgan petlyalar orasida ko’ndalang va asos to’qilmalar ustidan qo’shimcha o’rdak petlyalar to’qiladi. Grunt to’qilmalarda o’rdaksimon petlyalar turlicha mahkamlanishi mumkin: erkin, grunt petlyalarini o’rab olish bilan, petlyalar qobirg’asini o’rab olish bilan. To’qiladigan o’rdaksimon to’qish iplari asosto’qilmali trikotajda petlyali ustunchalarni biriktirish uchun bog’lovchi sifatida, tukli trikotajni hosil qilish uchun qistirma ip sifatida, trikotaj yuzasida gul tushirish uchun, hamda cho’ziluvchanligini kamaytirish, trikotaj polotnosini elastikligini oshirish uchun va b. qo’llanilishi mumkin. O’rdaksimon to’qimali trikotaj ayollar kotyumi, ko’ylagi, erkaklar ko’ylagi, xalatlar va b. ishlab chiqishda keng qo’llaniladi.

. Gulli to’qilmalar grafiklari: a – futerlangan;b – baxmalli; v – o’rdaksimon; g


fileli; d – triko–sukno; ye – xanjir–sharme.
To’liq emas to’qilma – bu ayrim joylarda petlyali ustunchalar yoki aloxida petlyalar to’qilmasdan qoladigan to’qilmadir. SHuning natijasida polotno ustki yuzasida to’rsimon gul yaratiladi. Bunday to’qilma to’qish jaraenida ayrim ignalarni to’xtatib qo’yish yo’li bilan hosil qilinadi. To’liq emas to’qilmali trikotaj ham ko’ndalang to’qilmali, ham asosto’qilmali, ikki va bir qavatli bo’lishi mumkin.
To’rsimon (ajurniy) to’qimalar ayrim petlyalarni qo’shni petlyali ustunchalarga o’tkazish yo’li bilan hosil qilinadi, buning natijasida polotnoda ma’lum (belgilangan) tartibda turlixir gul–rasmlarni hosil qiluvchi teshikchalar paydo bo’ladi. To’qilmalarning bu turi ko’ndalangiga (kulirli) to’qiladigan trikotaj asosida yaratiladi.
Fileli to’qilmalar (1.7,g–rasm) ayrim ustunchalari orasi ulanmay qoladigan va buning natijasida to’rsimon gullar hosil bo’ladigan asosto’qilmalar negizida ishlab chiqiladi.
Pressli to’qilmalar iplar ignalarga uzluksiz uzatilib, eski petlyalar esa gulga qarab olib qo’yilganda hosil qilinadi. Bunday usulda to’qilish natijasida oddiy to’qilishdan bo’ychan hamda nabroskali pressli petlyalar hosil bo’ladi. Agar polotnoda hamma petlyalar pressli bo’lsa, polotno to’qilmasi fang deb nomlanadi; agar to’qilmada pressli petlyalarning petlyali ustunchalari tagdo’zining petlyali ustunchalari bilan navbatma–navbat joylashgan bo’lsa, yarimfang deb nomlanadi. Pressli to’qilmalar yordamida turli xil to’rsimon, rangli, ottenkali va relefli to’qilmalarni hosil qilish mumkin. Pressli to’qilmalar ustki kiyimlarni ishlab chiqishda keng qo’llaniladi.
Jakkard to’qilmalar barcha turdagi asosiy va ularning hosilalari bo’lgan to’qilmalar negizida yaratiladi. Jakkard to’qilmalarni to’qishda ignalar berilgan gulga ko’ra tanlangan tartibda ishga tushiriladi. Pressli to’qilmalardan farqli ularoq jakkard to’qilmalarni hosil qilishda ip faqat eski petlyasi olib tashlanadigan ignalarga uzatiladi. SHuning uchun tashlab ketilgan petlyalar o’rnida eski petlyalar orqasida iplar tortib (protyajka) qilib o’tkaziladi. Jakkard to’qilmalari gulsiz va rang–barang gulli qilib to’qilishi mumkin. Ikki qavatli ko’ndalangiga to’qilgan qistirmali jakkard ko’proq tarqalgan, uning asosiy xususiyati – ayrim–ayrim joylarida parallel ravishda rasmning konturi bo’yicha tutashgan ikki qavatli qismlari to’qilib boradi. Buning natijasida bo’rtib chiqqan gul hosil bo’ladi, va qavatlar orasidagi havo qatlamlari mavjudligi sababli yuqori darajada issiq saqlash xususiyatlariga ega bo’ladi.
Kombinatsiyalashgan to’qilmalar (1.7,e–rasm) turli xil to’qilmalarni birgalikda qo’llashdan hosil bo’ladi. Eng ko’p tarqalgan asosto’qilmali kam cho’ziluvchan to’qilmalarga zanjir–sukno, zanjir–sharme, triko–sukno va h. k. lari kiradi. Ustki trikotajni ishlab chiqarishda kombinatsiyalangan ko’ndalang to’qilgan to’qimalardan ko’proq pike turi qo’llanadi.
5) Laykra (Lykra) – Dupont kompaniyasi tomonidan yaratilgan va ishlab chiqariladigan mashhur sintetik tola(1.8 rasm). Laykra – bu segmentlashtirilgan poliuretanning o’zi. Uning tolasi qattiq tolalar bilan birga tutashtirib bog’langan egiluvchan “yumshoq” tolalardan iborat. Bunday segmentli tarkib ipni uzoq muddat davomida o’ta egiluvchanligini ta’minlaydi. Laykra mahsulotlarda xech qachon yakka o’zi qo’llanilmaydi, faqat tabiiy yoki sintetik tolalar bilan birgalikda. Laykra tolalarining boshqa materiallarga qo’shish ularda yangi xususiyatlarni paydo bo’lishi va ularni boyitilishiga olib keladi. Bunday xususiyatlarga burmalarni tiklanishi, kiyganda erkin harakat qilish imkoniyati, qulayligi, mahsulotning o’z shaklini saqlab qolish qobiliyati kiradi.
Elastiklik xususiyati sport kiyimi uchun eng muhimlaridan hisoblanadi, laykra bilan boytilgan material kiyimga havoni bemalol o’tkazish, harakatga to’sqinlik qilmaslik va tanaga yopishib turish imkonini beradi. Bundan tashqari laykra miqdori ko’p bo’lmagan kiyimlar g’ijimlanmaydi, bu esa sport kiyimlari uchun ayniqsa muhimdir.
Laykra tanaga yaxshi yopishib turadigan, qayta–qayta yuvilishlardan va aktiv harakatlardan so’ng ham shaklini o’zgartirmaydigan termoichki kiyimlarni tayerlashda foydalaniladi. Paypoqlarga laykra tolasini qo’shganda, mahsulotlar shaklni hosil qilishning barcha ko’rsatkichlariga ega bo’ladi – oyoqni yengil qoplashdan, mustahkam ushlab turishgacha.
Tarkibida laykra mavjud bo’lgan matolar har doim chiroyli bo’ladi va jun, shoyi, neylon yoki ipli matolar kabi asosiy matolarning xususiyatlarini yanada bo’rttirib ko’rsatadi.

Laykra


Download 2.7 Mb.

Share with your friends:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page