Milliy mehmonxonalar klassifikatsiyasi va mehmonxonalarga qo’yilgan talablar
* Kategoriyali
Nomer jihozlari: ichki telefon tizimi yoki personalni chaqirish tugmasi, shahar telefoni (qavatda 1 tadan kam bo’lmagan), sanuzellar 25 %dan kam bo’lmgan nomerlarda, sanuzelsiz nomerlarda umivalnik, ko’p xonali nomerlarda muzlatgich yoki bir qavatda, radiopriyemnik, bir kishilik yoki ikki kishilik krovat, kiyimlar uchun shkaf, stol, stullar (bir kishi uchun bittadan kam bo’lmagan), grafinlar, stakanlar, kuldonlar, umivalnik ustida oyna va xonada.
Ovqatlanish: ko’rib chiqilmagan
Xizmatlar: 24 soat mijozlar qabuli, taksi chaqirish, 12 soatdan kam bo’lmagan administrator ishi, har kunlik xona tozalash, mijozlarning so’roviga oid kir yuvish (sutka ichida bajarilishi), dazmollash yoki dazmol va dazmol stolining yetkazib berilishi, kiyimlarning kichik tuzatilishi, bagajning va administrator seyfidagi qimmatbaho narsalarning saqlanishi, har 5 kun ichida ko’rpa- to’shak belyosining almashtirilishi, xat-xabarlarning mijozlarga topshirilishi, pochta va telegrafalar xizmati, tibbiy aptechkadan foydalanish va tez yordamni chaqirish, turistik ma’lumotlar.
Umumiy foydalanish joylari: umumiy bo’lgan joylarga yaqin va qavatdagi (5 ta nomerdan kam bo’lmagan) xojatxonalar, yuvinish xonalari, dush ( 2 ta qavatda kam bo’lmagan), maishiy xizmatlar xonasi, joylashtirish xizmati, mehmonlarni qabul qilish uchun kerakli bo’lgan jihozlar, teleuzatishlarni kuzatuvchi joy.
** Kategoriyali
Nomerning jihozlanishi: 50 % dank am bo’lmagan nomerlarda sanuzellar, nomerda telefon apparatining mavjudligi, oldingi kategoriyadagi huddi o’shandek mebel, bundan tashqari dam olish uchun kreslo. Mehmonlarning xohishiga ko’ra bolalar uchun krovat olib kelinishi mumkin. Oldingi kategoriyadagi huddi o’sha jihozlar, telefon so’rovnomasi.
Ovqatlanish: restoran yoki kafening mavjudligi, variantdagi xohlagan taomlarning yetkazib berilishining mavjudligi (nonushta, ikki martalik, uch martalik ovqatlanish), 7-24 soat nomerda xizmat.
Xizmatlar: mehmonlarning 24 soat qabuli, taksi chaqirish, sutkasiga 12 soatdan kam bo’lmagan administrator xizmati, har kunlik nomerlarning tozalanishi, mehmonlarning xohishiga ko’ra kir yuvish (bir sutkada bajarilishi), dazmollash yoki dazmolning va dazmol stolining yetkazilishi, kiyimlarning kichik ta’mirlanishi, bagajning va qimmatli narsalarning administrator seyfida saqlanishi, pochta va telegraf xizmatlari, tibbiy aptechkadan foydalanish va tez yordamni chaqirish, turistik ma’lumotlar. Bundan tashqari mehmonlarning xohishiga binoan bagajlarni yetkazish, har 3 kun ichida ko’rpa- to’shak belyosining almashtirilishi, ximchistka (bir sutkada bajarilishi).
Share with your friends: |