Vertlyugning qo‘zg‘almas qismi teshigiga (gartaniga) egiluvchan shlang biriktiriladi, qaysiki u orqali yuvish eritmasi nasos orqali haydaladi. Yuvish eritmasi yetakchi quvurga va hamma burg‘ilash tizmasiga, burg‘iga uzatilib, uning teshigi orqali quduq tubiga yetkaziladi.
Vertlyugning yuqoridagi qo‘zg‘almas qismiga sharnirli shtrop mahkamlangan bo‘lib, u yordamida vertlyug ko‘taruvchi ilgakka osilgan. Ko‘taruvchi ilgak harakatlanuvchi tal bloki bilan bog‘langan. Burg‘ilash minorasining tepa qismiga kronblok o‘rnatilgan bo‘lib, u bir necha roliklardan tashkil topgan.
Burg‘ilash vaqtida quvurlar tizmasi ilgakka osiladi va chuqurlikka ketishiga qarab pastga tushirib boriladi.

Quduqni yer usti qismidan 30-600 metr oraliqlarda, loyiha asosida «konduktor» tushiriladi. Konduktor barqarorsiz jinslar yoki quduq ichiga suvlarni oqib kelishini berkitish va burg‘ilash tizmalarini tik ketishini ta’minlaydi. Konduktor tushirilib, quduq tashqi qismi sementlanadi, sement aralashmasi quvur ichi orqali haydaladi.
Sement aralashmasi quvur tashqi tepasiga ko‘tarilib to‘ldiradi. Sement aralashmasi qotgandan so‘ng, sifati aniqlanadi, mustahkamligi tekshirilib, dalolatnoma tuziladi.