«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi



Download 1.87 Mb.
Page19/371
Date15.05.2023
Size1.87 Mb.
#61343
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
V. Dars turi:
VI. Dars usuli:
VII. Darsning jihozi: jadval va chizmalar.
VIII.Darsning borishi:
IX.Darsning rejasi:
1. Qo’shma so’zlar haqida ma'lumot.
2. Qo’shma so’zlar imlosi.
Bu darsdan asosiy ko’zlangan maqsad qo’shma so’zlarning to’g'ri yozilishini o’rgatish orqali o’quvchilar savodxonligini o’stirishdir.
Qo’shimcha vazifa sifatida takrorlash uchun berilgan savollarga javob topish bilan qo’shma so’z haqidagi quyidagi o’zlashtirilgan bilimlar esga olinadi:
1. Qo’shma so’zlar ikki va undan ortiq o’zakdan iborat bo’ladi. Masalan: xontaxta, tezyurar.
2. Qo’shma so’zlar ko’pincha qo’shib yoziladi.
3. Qo’shib yoziladigan qo’shma so’zlar ajratib yozilsa, nafaqat imloviy xato bo’ladi, ba'zan ma'no ham o’zgarib ketadi. Masalan: Yangiyer (shahar) - yangi yer (yangi joy ma'nosida)\ balandparvoz (dabdabali) - baland parvoz (qushning baland parvozi).
Ba’zan qo’shma so’z uch o’zakdan ham iborat bo’lishi mumkin. Masalan: gultojixo’roz (gul nomi).
Mashqlarni bajarishda 10-darsda ta'kidlanganidek, ijtimoiy-siyosiy, ma naviy-axloqiy tushunchalarni ifodalovchi hozirjavob, mehmondo’st, xushmuomala kabi qo’shma so’zlar izohlanishi, hayotda, mamlakatimizda yoki chet elda yuz berayotgan voqea-hodisalar misolida sharhlanishi zarur. Bunda qo’shma so’zlar o’zlari bog'langan so’zlar bilan birga birikma holida olinsa, izohlash yanada osonlashadi: xalqaro ahvol, hozirjavob yoshlar, umumxalq saylovi, yurtboshimiz olg'a boshlar kabi. Shuningdek, matnlar, gaplarning mazmunidan kelib chiqib ham o’qituvchi ularni ijtimoiy yoki axloqiy jihatdan sharhlab ketishi zarur bo’ladi.
45-46 mashqlar mustaqil bajarilishi, ijodiy yondashuvning talab qilinganligi
nuqtai nazardan o’qituvchidan jiddiy e'tibor talab qiladi. So’zlarning to’g'ri shakllantirilishi, tanlanishi va yozilishini nazorat qilib turish zarur.

Download 1.87 Mb.

Share with your friends:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   371




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page