Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Leksikologiya 2
1. Jamiyat a’zolari ishlatadigan so’zlardan ma’nosi maxsuslashtirilib qabul qilingan atamani tooping.
A) maxraj B) ega C) musbat D) kasr
2. O’zbek shevalarida hayvonga nisbatan qo’llanadigan so’zlarni aniqlang.
A) tana, inak, o’jak B) zangi, jo’rob, hazorsuvon C) g’o’z, dovuchcha, sachoq D) sapcha, ro’pak, zardoli
3. So’z eskiradi, tushuncha esa saqlanadi va u boshqa so’z bilan nomlanadi. Gap qanday so’zlar ustida boryapti?
A) arxaik so’zlar B) tarixiy so’zlar C) neologizmlar D) jargonlar
4. Qaysi gapning so’ngidagi so’zda ma’no kengayishi hodisasi ro’y bergan?
A) Eng yaxshi ko’rgan taomim – osh B) Sizdan ko’p narsa so’ramiyman: bor-yo’g’i bitta mashina
C) Daftarni cho’ntakka soldim-da, o’qishga otlandim D) Yigitning sazasi o’lguncha, shaytonning bo’yni sinsin.
5. O’sma o’simligining ham, shu o’simlikdan tayyorlanuvchi qoshga surtiladigan suyuqlikning ham bir xil nomlanishi ma’no ko’chishining qaysi turiga misol bo’la oladi? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
6. Bizni “homiy”lardan himoya qilg`il, - degan sharq halqida piching duo bor. So’z ma’nosi ko’chishining turini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya C) kinoya D) tag mano
Share with your friends: |